«Qizil kitob»iga kiritilgan.
O‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga havotiy shakl deyiladi. Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarim buta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.
Daraxtlar-tanasi yog‘ochlashgan, asosan, bitta yo‘g‘on tanasi, baquvvat ildizi va keng shox-shabbasi bo‘lgan baland bo‘yli ko‘p yillik o‘simliklardir. Bular guli, mevasi, to‘pguli, poyasining eni, bo‘yi, shox- shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, olma, o‘rik, yong‘oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag‘ay, terakniki g‘uj va tik, sadaqayrag‘ochniki sharsimon bo‘ladi.
Daraxtlar oz yoki ko‘p yil yashashiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Masalan, Afrikada o‘sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa, sarv 3000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, qarag‘ay 500-600 yil, o‘rik, yong‘oq 70-100 yil yashashi mumkin.
Daraxtlarning bo‘yi 5-7 m dan 140-150 m gacha (Avstraliya evkalipti va Kaliforniya mamont daraxti), yo‘g onligi esa 10-12 m (baobab daraxti) bo'ladi. Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir- biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo'lgan va tog 'larning shimoliy yonbag’rida о ‘sadigan daraxtlar shox-shabbasining kо'pligi, kengligi va balandligi bilan janubiy yonbag‘rida о ‘sadigan daraxtlardan farq qiladi. Tog‘larning o‘rta qismidagi archa bo'ydor bo‘lib o‘ssa, eng baland qismidagisi esa yerdan 0,5-1 m ko‘tariladi, xolos. Bu hol о‘simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovug’idan saqlaydi.
Manzarali daraxtlar: albitsiya, boyalich, qarag‘ay, qayrag‘och, sarv, shumtol, oq qayin, archa, baliqko‘z, chinor, eman, lipa, kashtan, ko‘kterak, lola daraxti, magnoliya, oq akatsiya, saksovul, shoyi akatsiya, terak, gledichiya (tikan daraxt), tuxumak, yapon soforasi, zarang daraxtlari.
Butalar-poyasi yog‘ochlashgan, bo‘yi 2-3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko‘p yillik o‘simlik. Bularga, ayniqsa, tog’lar yonbag’rida keng tarqalgan irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, tobulg'i;
Madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, malina (oddiy maymunjoli), jasmin, ligustrum, nastarin kabi o'simliklarni misol qilish mumkin.
Yarim butalar-novdasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan yem-xashak o‘simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan, buyurg’un, sho‘ra va shuvoq kabilar shular jumlasidandir.
Manzarali butalar: atirgul, farzitsiya, buldeya, buldenej, gortenziya, nastarin, sallagul, shamshod, tobulg‘i, suriya gibiskusi, tuya (sharq sauri), yapon noki.
Ko‘p yillik o‘tlar-yer usti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ustida va ostida qishlaydigan o‘simliklar. Beda, ajriq, g'umay, sachratqi, kuchala, pskom piyozi; qoraqobiq, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, shashir, gulsafsar, boychechak, dorivor gulxayri, javdar, piyozli arpa, qo‘ng'irbosh, sebarga, sutlama, tak-tak, tog‘ arpa, toron, xarduma. Ko‘p yillik o‘tlar tog‘larda keng tarqalgan.
Manzarali ko‘p yillik o‘tlar: sallagul, sarsabil, dastorgul, chinnigul, gibiskus, kartoshkagul, xrizantema.
Ikki yillik o'tlar-urug'dan ko‘karib chiqib, birinchi yili yer yuzida asosan barg (to‘pbarg) hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan o‘simliklar. Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, piyoz, sabzi, sholg‘om, rediska, karam, sigirquyruq, yoysimon surepka va boshqalar kiradi.
Bir yillik o‘tlar nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir yil ichida o‘sadi, gullaydi va meva (urug‘) tugib, o‘z hayotini tugatadi.
О 'zbekistonda uchraydigan о 'simliklarning yarmidan kо ‘prog ‘ini bir yillik о ‘simliklar tashkil etadi. Ular tashqi ko‘rinishi, o‘sish sharoiti va mohiyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Ularning ayrimlari bir- ikki hafta yashasa, boshqalari erta bahordan to kech kuzgacha o‘sib turadi. Bularga oq sho‘ra, yaltirbosh, baliqko‘z, qizil sho‘ra, buzoqbosh, qorabargo't, ituzum kabi suvsiz va haddan tashqari issiq sharoitda о‘sadigan, tanasida kо ‘p miqdorda sho‘r suv saqlovchi seret о simliklar kiradi. Bir yillik o‘tlarga bangidevona, jag‘-jag‘, machin, qilqon arpa, qora ituzum, quyon arpa, turkiston ismalog‘i, karnaygul ham kiradi.
Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklarning juda ko‘pchiligi bir yillik o‘simliklardir. Bularga g‘o‘za, bug’doy, arpa, zig’ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon, oshqovoq manzarali gul va boshqalar kiradi. Bir yillik o‘tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko‘tarilib 0‘sadigan momaqaldirmoq, qo‘ytikan kabilarni, bo‘yi 1 m gayetadigan va hatto undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo‘xori va kanopni ham ko‘plab uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |