Anzur, bosh piyoz, cho'chqaquloq, gul piyoz, inador (matur), nor piyoz, Oshanin piyozi, Pskom piyozi, qo‘shbarg piyoz, qum poiyoz, sarimsoq, Suvorov piyozi.
(Piyozdoshlar oilasi loludoshlar oilasidan ajratilgcm)
Bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat Avstraliyada uchramavdi.
Oila 32 turkumga mansub 750 tumi o‘z ichiga oladi. Ular ko'p yillik piyozboshli o‘simliklardan iborat. Barglari shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog‘i butun yoki qirqilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon. To‘pguli yoshligida qobiq bilan o‘ralgan. To‘pguli asosan sharsimon vayarim sharsimon, ko‘p gulli. Gullari ikki jinsli. Gulqo‘rg‘oni oddiy, to‘g‘ri gultojsimon. Gultojbarglari 6 ta, qo'shilmagan, ikki doirada joylashgan. Changchisi 6 ta, urug‘chisi 1 ta.
Quyida O`zbekistonda keng tarqalgan boshpiyoz (osh piyoz) bilan Tabiiy holda o‘sadigan turlari orasida iste’mol qilinadiganlari ham ko‘p. Bularga pskom piyozi,Oshaninpiyozi,madorpiyoz(matur),qumpiyoz,anzurpiyoz kiradi.
Bulardan tashqari tabiatda barglari va to‘pgullari nihoyatda chiroyli turlami ko‘plab uchratish mumkin. Gul piyoz, cho'chqaquloq piyoz, Suvorov piyozi, norpiyoz va qo‘shbargpiyozlar xushmanzara turlardan hisoblanadi.
Piyozlardan 10 tasi O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
BUG’DOYDOSHLAR (BOSHOQDOSHLAR) OILASI
Bu oilaga yer sharidagi quruqlikning deyarli hamma qismida tarqalgan 600 turkum va 10 000 ga yaqin turga mansub bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar, qisman (faqat tropik mintaqalarda) daraxtsimon o‘simliklar kiradi. O`zbekistonda bug'doydoshlargamansub, 91 turkumga kiruvchi 271 tur o‘simlik o‘sadi.
Bug'doydoshlarningildizi qo‘shimcha ildizlar yig‘indisidan tashkil topgan popuk ildiz. Poyasi silindrsimon, tik chiqqan yoki yonboshlab ko‘tarilgan, shoxlamaydigan (bambuklar bundan mustasno) bo‘g‘imlarga bolingan. 100- (150- 200). Bo‘g‘imi bo‘rtgan, ichi berk, bo‘g‘im oraliqlarining ichi esa bo‘sh. Shuning
uchun ham bug'doydoshlarga mansub o‘simliklar poyasi poxol yoki somon poya deb ataladi. Faqat ba’zi turlaridagina bo‘g‘im oralig‘i yumshoq to‘qimalar bilan to‘la bo‘ladi (masalan, makkajo‘xori, oq jo‘xori, savag‘ich).
Bug’doydoshlaming vakillari poyaning eng quyi qismida (yer ustida yoki ostida) hosil bo‘ladigan kurtaklar hamda ildiz poyalari orqali shoxlaydi. Ulaming barglari oddiy, ikki qator bo‘lib bo‘g‘imlarda ketma- ket o‘mashgan. Barg ikki qismdan: poyani o‘rab olgan ostki qismdan- barg qinidan va qayrilgan qayishsimon, nashtarsimon, tuxumsimon yoki bigizsimon shaklli bargyaprog‘idan iborat. Barg yaprog‘ining tagida yoki uning qindan ajralgan yerida kichkina, yupqa, pardasimon o‘simta bo‘ladi. U tilcha deb ataladi. Tilcha yomg‘ir paytida, barg qinining ichiga suv kirishidan saqlaydi.
Bug’doydoshlammg gullari asosan shamol yordamida changlanadi. Shamol yordamida changlanishga moslashganligi tufayli gulqo‘rg‘on barglari juda qisqargan yoki butunlay yo‘qolib ketgan, ko‘pchilik vakillarida changchilar soni ham kamaygan. Shuning uchun ham bug’doydoshlarningguli o‘ziga xos tuzilgan.
Gullari mayda, rangsiz, ko‘kimtir, gulqo‘rg’onsiz bo‘lib, qisqargan oddiy to‘pgulda-boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar esa 1-10 yoki undan ko‘p gulli bo‘ lib, o‘z navbatida boshoq, so‘ta, ro‘vak kabi murakkab to‘pgulga yig‘ilgan. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli. Necha gulli bo‘lishidan qat’i nazar, har bir boshoqcha eng ostidan ikkita (ostki va ustki) boshoqcha qipig‘i bilan o‘ralgan. Uning ichida ikki gul qipig‘i bilan o‘ralgan gulning asosiy qismi-changchilar va urug’chi o‘rnashgan. Gul qipig‘ining boshoqcha o‘qidan chiqqan etli va kattarog‘i ostkigulqipig'i,uning qarshisidagi gulbanddan chiqqan, kichikroq, nozik va mayini ustki gul qipig'i deyiladi. Changchilari ko‘pchiligida 3 ta, ba’zan 2 ta yoki 6ta. Urug’chisi bitta, 2-3 mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, ustunchasi qisqa, tumshuqchasi 2-3 ta bo‘lib patsimon shoxlangan. Tugunchasi ustki, bir xonalik va bir urug‘kurtakli. Mevasi quruq, chatnamaydigan, bir urug‘li don meva (don) dir.
Bug'doydoshlargamisol qilib, respublikamizda keng tarqalgan qilqon(quyon)arpani olish mumkin. Qilqon arpa turkumiga oid, bo‘yi 15-40 sm keladigan bir yillik o‘t. Uni ariqlar bo‘yida; yo‘l yoqalarida, adir va tog‘ etaklarida uchratish
mumkin. Qilqonarpamartningboshidayoq unib chiqadi. Uning poya va barglari juda silliq. Bargining eni 4 mm dan oshmaydi. U aprelningoxirida boshoq chiqaradi va mayoyida gullaydi. To‘pguli boshoq. Boshoqchalar to‘pgul o‘qidagi bo‘rtmalar ustida 3 tadan to‘planib joylashgan. iyundaqilqon arpaning mevasi pishib to‘kiladi. Boshoq chiqarguncha uni mollar yaxshi yeydi. Boshoq chiqarib gullab bo‘lgandan so‘ng, uni mol yemaydi, chunki qilqon arpaning qiltiqlari juda dag’allashib qoladi. Adirning yuqori va tog‘ning o‘rta qismida joylashgan yalangliklarda bo‘yi