Birinchi (suttikandoshchalar) oilachaga to‘pguli asosan tilsimon gultojbarglardan tashkil topgan turlar kiradi. Unga O`zbekistonda keng tarqalgan qoqio't
Birinchi (suttikandoshchalar) oilachaga to‘pguli asosan tilsimon gultojbarglardan tashkil topgan turlar kiradi. Unga O`zbekistonda keng tarqalgan qoqio't,karrak,sachratqi,qarg'atirnoq,takasoqol,maxsar,kakra kabi turkumlaming turlari kiradi.
Dorivor qoqio‘t turkumiga ko‘ra ko‘p yillik o‘tdir. Uni vohalardagi o‘simlik o‘sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin. Dorivor qoqining poyasi juda kalta bo‘lganligi uchun patsimon qirqilgan to‘pbarglari xuddi ildizning o‘zidan chiqqanday tiyuladi. Barglar orasidan chiqqan uzun gulbandlaming har biri uchida
bittadan o‘rama va oltin rangli gullar yig‘indisidan tashkil topgan savatcha- to‘pgulda o‘rnashadi. Savatchasidagi hamma gullar ikki jinsli, tilsimon gullardir.
O`zbekistonda qoqi turkumiga mansub 26 tur o‘simlik o‘sadi. Qoqilaming mevasi doncha. Donchaning uchida shamolda uchishga moslashgan popukchasibor. Dorivor qoqini uzganingizda undan oq sutga o‘xshash shira ajraladi. Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng unga barmog‘ingizni tegizsangiz cho‘zilib chiqadi. Bu esa unda kauchuk (rezina) borligini ko‘rsatadi.
Yozning o‘rtalaridan boshlab vohalardagi ekinlar orasida, yo‘l yoqalari va ariqlar bo‘yida mazkur oilacha vakillaridan biri zangori sachratqi gullaydi. U sachratqi turkumining O`zbekistonda o‘sadigan yagona turi hisoblanadi. Sachratqining savatchasidagi hamma gullar zangori rangli, ikki jinsli, tilsimon bo‘ladi.
Sachratqi dorivor o‘simlik. Uning ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilasi to‘pgulining aksariyat qismini naychasimon gullar tashkil etadi. Faqat ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta tilchasimon yoki voronkasimon gullar bo‘ladi. Bu oilachaga O`zbekistonda keng tarqalgan shuvoq,tirnoqgul,kungaboqar,bo'znoch,andiz,bo‘yimodoron kabi
turkumlaming turlari kiradi.