G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə44/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

QOVOQDOSHLAR OILASI


Yer yuzida bu oilaga mansub 800 ga yaqin, O‘zbekistonda esa 18 tur o‘simlik o‘sadi.
Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki barg qo‘ltig‘idan chiqadigan jingalaklar bilan ilashib o‘sadi. Barglari oddiy, ketma-ket o‘rnashgan, yaproqlari panjasimon bo‘lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari to‘g‘ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo‘rg‘oni murakkab. Kosachasi 5 ta kosachabargning, toji ham 5 ta tojbargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo‘lib qo‘shilgan, 1 tasi erkin. Ba’zi vakillarida hamma changchilarining iplari o‘zaro qo‘shilgan. Urug‘chilari 3 ta, lekin ularning tuguncha va ustunchalari ham bir-biri bilan qo‘shilgan. Tugunchasi ostki.
Qovoqdoshlarga mansub o‘simliklarning gullari ayrim jinsli bo‘lganligi uchun ularning changchi va urug‘chi gullariga alohida-alohida formula va diagrammalar beriladi. Qovoqdoshlarning mevasi-etdor, sersuv, soxta rezavor meva.
O‘zbekistonda Ko‘plab ekiladigan bu oilaga mansub o‘simliklardan biri oshqovoqdir. Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik sabzavot o‘simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o‘rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o‘sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog'i 5- 7 ga bo‘lingan. Oshqovoq bir yillik o‘simlik. Sariq rangli changchi va urug‘chi gullari bitta tupda yetishadi. Changchi gullari nisbatan yirik bo‘lib, urug‘chi gullardan oldinroq ochiladi, changchilari 5 ta, lekin ularning iplari bir-biri bilan qo‘shilib bitta o‘q hosil qiladi, changdonlari esa o‘qni atrofidan o‘rab turadi. Urug‘chi gullari nisbatan kichikroq. Ularda 3 ta tumshuqchali bitta urug'chi bordek ko‘rinadi. Aslida bu guldagi 3 ta urug‘chi tugunchalarining va ustunchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan urug‘chidir. Bunga qo‘shilmay qolgan 3 ta tumshuqcha dalildir. Oshqovoqning
mevasi yirik, soxta rezavor meva. Mevaning tashqi qavati qattiq, ichki qavati esa shirador va etdor. Ovqatga ishlatiladi. Urug‘ida 50 % gacha ovqatga ishlatiladigan yog‘lar bor. Qovoqdoshlar oilasiga mansub it qovun ekinlar orasida begona o‘simlik sifatida uchraydi. O‘zbekistonda qovoq turkumiga oid 3 ta tur o‘simlik ekiladi. Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan handalak, qovun-tarvuzlar hamda bodring, turli shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuvg’ichlar ham qovoqdoshlilar oilasiga kiradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin