Qora mingdevona, shaytonkosa yoki moxovkosa mingdevona turkumiga oid ikki yillik o‘tdir. Bargi patsimon qirqilgan, ildiz bo‘g‘ziga yaqinlari uzun bandli, poyadagilari esa deyarli o‘troq. Gullari xira sariq, novdalari uchidagi to‘pgulda o‘rnashgan. Mevasi kungurali ko‘zachaga o‘xshash kosacha ichida joylashgan va uchidagi qopqoq bilan ochiladigan ikki uyali ko‘sak. Bangidevona esa bangidevona turkumiga oid bir yillik o‘t. Barglari tuxumsimon, cheti esa yirik tishli. Guli yirik, oq, voronka shaklida, barg qo‘ltig‘ida bittadan o'rnashgan.
Bularning har ikkalasi ham qo‘lansa hidli, o‘ta zaharli, shu bilan bir qatorda dorivor o‘simlik hamdir. Ularning barglari aralashgan pichanni yoki urug’lariaralashganyemniyegan mollar zaharlanadi. O‘zbekistonda mingdevona turkumiga oid 5 tur, bangidevona turkumiga oid esa 4 ta tur o‘simlik o‘sadi.
Ituzumdoshlarning O‘zbekistonda ko‘p ekiladigan vakillaridan yana biri pomidordir. Ituzumdoshlarningkartoshka, garmdori (qalampir), chilim tamakisi va maxorka tamakisi ham kiradi.
Tamaki turkumining ruscha nomi «tabak». Karib dengizidagi Tobago orolining nomidan olingan. O‘zbekcha nomi «tamaki» esa «tabak» so‘zining buzib
aytilishidan kelib chiqqan. Tamakini Yevropaga XVI asrda Nikot nomli fransuz olimi olib kelgan. Turkumning ilmiy nomi «nikotiana» shu olimning nomi bilan bog‘liq. Tamaki barglari maxorka, papiros, sigar, zararli hasharotlarni nobud qiluvchi preparatlar va dorilar tayyorlash uchun ishlatiladi. Barglari tarkibida kishining asab va qon tomir sistemasiga zararli ta’sir qiluvchi zaharli modda-nikotin bor.
Ituzumdoshlarga oid o‘simliklarning deyarli hammasi o‘tlardan iborat. Bular orasida qishloq xo‘jaligida ko‘p ekiladigan sabzavot o‘simliklari, zaharli va begona o‘tlar mavjud. Oila vakillarining gulqo‘rg‘oni murakkab, kosachabarglari qo‘shilgan, tojbarglari 5 ta, yarmigacha qo‘shilgan, changchisi 5 ta, tojbarglarda o‘rnashgan, urug‘chisi bitta bo‘ladi. Mevasi rezavor yoki ko‘sakcha.
Ituzumdoshlar oilasidan faqat bitta tur-Oloy xiyoli O‘zbekiston Respublikasi
«Qizil kitob»iga kiritilgan. U Shohimardon va So‘x daryolari vohalarida o‘sadi.