G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə48/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Mingyaproq bo‘yimodoron (boshog‘riqo‘t) ni ko‘pchilik taniydi. U
bo‘yimodoron turkumiga mansub, o‘rmalovchi ildizpoyali ko‘p yillik o‘tdir.
Tog‘ yonbag‘irlarida va etaklarida, soylarda, yo‘l yoqalarida o‘sadi. Poyasi bir nechta. Barglari 3 karra patsimon qirqilgan, bolaklari juda ingichka ipsimon. Ildiz bo‘g‘izidagi va gulsiz poyasidagi barglari uzun bandli, gulli poyadagilari esa o‘troq. U iyundnn boshlab gullaydi. To‘pguli savatcha, lekin ular o‘z navbatida poya uchidagi qalqonga o‘mashib, murakkab to‘pgul hosil qiladi. Savatchalari mayda. O‘rama bargchalari bir necha qator o‘mashgan, chetlari hoshiyali, mayda.
Mingyaproq bo‘ymodaron gulining tuzilishi bilan tanishish uchun, to‘pguldan bir dona savatchani olib lupa ostiga qo‘yib ko‘riladi. Savatchaning chetidagi gullar soxta tilsimon gullar bo‘lib, soni 4-5 ta, rangi och sariq, och qizil
yoki qip-qizil. Savatcha o'rtasidagi gullar sariq, ikki jinsli, naysimon. Soxta tilsimon gul naysimon gulga qaraganda ancha yirik. Gulining o'ziga xos hidi bor. U hasharotlar yordamida changlanadi. Oldingi ochilgan gullardan iyulda meva hosil bo‘ladi. Bo'ymodaronning mevasi bir urug‘li doncha.
Mingyaproq bo'ymodaron dorivor o‘simlik. Uning bargi, to‘pguli va gullayotgan poyasining uchidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstraktlar ilmiy tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda hamda ichki va sirtqi qon ketishlami to‘xtatishda ishlatiladi.
O`zbekistonda bo'ymodaron turkumiga oid 5 ta tur o‘simlik o‘sadi. Bularning hammasi ham dorivor o‘simliklar hisoblanadi.
Turlarga boyligi jihatidan shuvoq turkumi oilachada alohida o‘rinda turadi.
Shuvoq turkumiga mansub o‘simliklar chorvachilikda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
O`zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik hamda ko‘p yillik o‘tlar va yarim butalardir.
Oq shuvoq turon shuvog'i (qora jusan), yovshan shuvoq kabi turlari O`zbekistonda keng tarqalgan. Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda
«yozgi tinim» davri boshlanadi. Kuz kelgach, shuvoqlar yana o‘sa boshlaydi. Sentabrning ikkinchi yarmida gullaydi. Shuvoq savatchalari ro‘vak xilidagi to‘pgulga o‘mashgan. Savatchalaming har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo'ladi. Mevasi oktabming oxiri yoki noyabrning boshida pishadi va to‘kiladi.
Cho‘l o‘tloqlaridagi shuvoqlar qorukol qo'yluri va toyalaming kuzgi hamda qishki asosiy ozig‘idir. Shuvoqlarni o‘rib qish uchun xashak g'amlanadi.
Shuvoqlar bebaho shifobaxsh o‘simlik hamdir. Bunga misol qilib, ermon shuvog'ini ko‘rsatsa bo‘ladi. Uning bargi, poyasi va to'pgulidan tayyorlangan dorilar ilmiy tabobatda kasalliklami davolashda ishlatiladi.
Qoqio'tdoshlarga mansub madaniy o‘simliklardan biri moyli kungaboqardir. Uning to‘pguli kun chiqqandan toki botgunga qadar quyoshga qarab buriladi, shuning chun ham u kungaboqar nomini olgan. Tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simliklarga bo'ymodaron, boznoch turkumining vakillari kiradi.
Gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo'lib ochilib turadigan qashqargui, xrizantema, qo‘qo‘ngul, kartoshkagul va dastargullar ham qoqio'tdoshlarga mansub madaniy-manzarali o'simliklardan hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur oilaning 13 turkumga mansub 50 turi O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ulardan 30 tasi karrak turkumiga mansub.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin