Yuksak o‘simliklar (Cormobionta) butun tanalarining murakkab to‘zilganligi hamda ildiz, poya va barg kabi organlarga ajralganligi bilan tuban yoki tallomli o‘simliklardan farq, qiladi. Yuksak o‘simliklar o‘zoq, davom etgan evolyustiey tarakqiyot natijasida asta-sekin kuruqushkka moslasha bordi. Oqibatda ularning organlari (ildiz, poya va barg) murakkablashdi. Qolaversa, ichki anatomik tuzilishida ham ko‘pgina ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar bo‘ldi. Shuning uchun yuksak o‘simliklar, rivojlanish tarixiy taraqqiyot davrida eng birinchi quruklikka moslashgan yosh o‘simliklar guruhiga kiradi. Aynan hozirgi davrda bu o‘simliklarning kelib chiqishi haqida bir qancha nazariya fikrlar bor. Yuksak o‘simliklar shubhasiz, suv o`tlardan kelib chiqqan. Lekin qaysi suv o`tlaridan kelib chiqqanligi aniq. tasdiqlangan emas. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, yuksak o‘simliklar boshlangich avlodi yo‘q bo‘lib ketgan ko‘ngir suv o‘tlariga tegishlidir. Shu bilan bir qatorda ilmiy adabiyotlarda, yuksak o‘simliklar qizil suv o‘tlardan kelib chiqqan, degan mulohazalar ham bor.
Suv o‘tlari quruqlikka moslashgandan keyin tamomila boshqa muhitga tushib qolgan. Ularning tana tuzilishi murakkab o‘zgarishlarga uchragan. Buning oqibatida ularning quruqlikdagi turlarining qiyofasi ham keskin o‘zgargan. Shunday qilib, uzoq, vaqt davom etgan evolyustion rivojlanish jarayonida xilma-xil hamda tarkibi jihatidan boy quruqlik o‘simliklari guruhi paydo bo‘lgan.
Quruqlikdagi yuksak o‘simliklarning yashil organlari orqali fotosintez hodisasi sodir bo‘lgan. O‘simlik ildiz sistemasi orqali tuproqda mustahkam bog’lanib turgan
va shu bilan birgalikda kerakli suv va oziq bilan ta’minlangan. Yuksak yoki barg poyali o‘simliklar yaqin vaqtgacha ikki guruhga:
Arxegoniyli (Archegoniatae) yoki sporali o‘simliklarga ajratilgan. Bundan tashqari yuksak o‘simliklarga urug’li (Gyniceatae) yoki yopik urug’li o‘simliklar (Angiospyermae) ham kiradi. Arxegoniyli o‘simliklarning o‘ziga xos urg’ochi jinsiy organlari bo‘ladi. Bu jinsiy organlar ko‘p hujarali bo‘lib, arxegoniy deb ataladi. Arxegoniyada esa tuxum hujara rivojlanadi.
Arxegoniy jinsiy organining tashqi tuzilishi ko‘zasimon yoki shishasimon shaklda bo‘lib, bo‘yincha va qorincha qismdan tuzilgan. Bo‘yinchaga tushgan sperma yoki ypyg’ hujaraga borib qo‘shiladi. Natijada jinsiy ko‘payish sodir bo‘ladi. Arxegoniyli o‘simliklar ba’zan bir uyli, ayrim jinsli, ba’zan ayrim uyli bo‘lishi mumkin. Arxegoniyli o‘simliklarning yerkaklik jinsiy organiga anteridiy deyiladi. Anteridiy stilindrsimon ko‘p hujarali bo‘lib, unda harakatchan spermatazoidlar etishadi. Bu spermatazoidlar suvli muxitda yoki kuchli shudringda tuxum hujara bilan qo‘shilib, zigota hosil bo‘ladi. Zigota diploid organizm bo‘lib, undan sporofit organi o‘sib chiqadi.