Bu oila dunyoning deyarli hamma qismidagi cho‘l, adir va tog’larda o'sadigan 250 turkum va 400 ga yaqin turga mansub ildizpoyali, tubi piyozli yoki tugunakli ko‘p yillik o'tlarni va qisman butasimon o‘simliklami o‘z ichiga oladi.
Bu oila vakillarining barglari oddiy, butun, tekis qirrali, parallel yoki yoysimon tomirli, ko'pchiligining shakli qalami nashtarsimon, tasmasimon yoki ellipssimon bo‘lib, ketma-ket o‘rnashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, ko‘pincha tojsimon bo‘lib, 6 ta erkin yoki bir-biriga qo'shilgan gulqo‘rg‘on bargchalaridan tashkil topgan. Changchilari ham 6 ta, 3 tasi tashqi, 3 tasi esa ichki halqada o‘rnashgan.
Urug‘chisi 3 ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo'lgan. Gul formulasi quyidagicha: OgwCh3+3U(3). Tugunchasi ustki. Mevasi ko'sakcha yoki rezavor meva. Bu oila vakillaridan yana biri lola turkumiga mansub Qizil loladir. U aprelningoxiri-mayningboshlarida adir va tog‘laming quyi qismidagi yonbag‘irlarda ochiladigan yirik gulli, ko'rkam o‘simIik. Bo‘yi 20-45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3- 4 dona, ustida to‘q binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg'ish- qizil, osti qora dog'li. Changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq, binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha, iyulda pishadi.
Qizillola urug'idan va piyozidan ko'payadi. Urug‘dano‘sganlola9-10yilda,piyozchasidano‘sganiesa4-5yildagullaburug‘beradi. Uning guli juda chiroyli. Ilgarilari qizillola g‘arq ochilganda adirlarda xuddi qizil gilam to'shalgandek manzara hosil bo‘lar edi. Keyingi paytlarda odamlaming shafqatsiz ravishda yulishi va piyozlarining kavlab olinishi natijasida uning soni juda kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda u muhofaza qilinadi va O`zbekistonning «Qizil kitobi» ga kiritilgan. Uni
yulish va piyozlarini kavlab olish qat’iy man qilingan.
O`zbekistonda lolalarning 25 ta turi uchraydi. Ular bir-birlaridati gulining rangi, katta-kichikligi, bargi, piyozi va mevasining shakli va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Bularning hammasi ham O`zbekistonning «Qizil kitobiga» kiritilgan.
Bahoming birinchi darakchilari sifatida martoyining boshlaridayoq, boychechaklar unib chiqadi. Bular bo‘yi 10-15 sm keladigan, ingichka poyali va ingichka bargli, tubida piyozchasi bor ko'p yillik o‘tlardir. Gullari sariq yoki och sariq. Guli va mevasining tuzilishi umuman lolanikiga o‘xshaydi. O`zbekistonda boychechak turkumining 30 ga yaqin turi o‘sadi. Bular bir-biridan asosan piyozchalari, barglari va mevalarining shakli bilan farq qiladi. Boychcchaklar asosan adirlarda va tog‘ etaklaridagi bo'z tuproqli yerlarda o‘sadi.
Shirachlar turkumiga qisqa ildizpoyali, ildizi yo‘g‘onlashgan, barmoqsimon va yulduzsimon bo'lib joylashgan, poyasi bargsiz, shoxlamaydigan; bo‘yi 1-3 m gacha yetadigan, uchi to‘pgul bilan tugaydigan juda chiroyli ko‘p yillik o‘tlar kiradi.
Ulaming barglari tarnovsimon, uch qirrall, faqat ildiz bo‘g‘izida joylashgan. Gullari oq, pushti, sariq, to‘q pushti bo'lib, poya uchidagi silindrsimon to'pgulga o‘mashgan. Gulqo‘rg‘oni erkin, 6 bargchali bo‘lib, quyi qismidan qo‘shilib o‘sgan. Changchilari 6 ta, urug‘chisi 3 ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Mevasi sharsimon ko‘sakcha. O`zbekistonda shirachning 20 turi uchraydi. Bulardan ko‘pchiligi adirlarda va tog' yonbag‘irlarida o‘sadi. Shirachlar apreldan boshlab gullaydi, lekin ularning gullash davri uzoq davom etadi. Buning sababi shundaki, oldin to‘pgulning eng ostidagi gul ochiladi, so‘ng yuqoridagi gullar birin-ketin ochila boshlaydi. Oldin ochilgan guldan hosil bo‘lgan meva iyul oyida pishadi. Shirachlarning ildizida yopishqoq modda bor. Sun’iy yelim ishlab chiqarilguncha, shirachlar ildizidan yelim tayyorlangan. Hozirgi vaqtda O`zbekistonda o‘sadigan shirachlarning 16 turi O`zbekistonning «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Loladoshlargayovvoyi holda o‘sadigan olg‘i va xolmonlar ham kiradi. Loladoshlarga. bir va ko‘p yillik o‘simliklar kiradi. Ulaming gulqo‘rg‘oni oddiy, tojbargsimon, changchisi 6 ta, urug'chisi 1 ta, mevasi ko‘sakcha. Manzarali o‘simlik. Loludoshlaroilasiga mansub turlardan 25 tasi O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ulardan 23
tasini lolalar tashkil etadi.