G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə61/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Evolutsiyaning paleontologik dalillari ko‘p ming yillar davomida odamlar barcha hayvonlaming birdaniga to‘satdan yaratilganligi va ulaming o‘zgarmasligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishgan. Faqat XIX asrga kelib, qadimgi hayvonlaming toshga aylangan suyaklari va toshdagi izlari topila boshlagandan so‘ng qadimgi davrda Yer yuzida hozirgi turlarga o‘xshamagan hayvonlar yashaganligi ma’lum bo‘ldi. Qadimgi hayvonlar qoldig‘ini o‘rganuvchi paleontologiya (yunoncha
«paleo» - «qadimgi») fani Yer yuzida hayvonlar tobora o‘zgarib, murakkablashib borganligi, qadimda hozirgiga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan organizmlar yashaganligi to‘g‘risida juda ko‘p dalillarga ega. Hozirgi hayvonlar bilan qadimgi hayvonlaming qarindosh ekanligiga «oraliq formalar» deb ataladigan hayvonlaming qazilma qoldiqlarining topilishi ham dalil bo‘ladi. Oraliq formalar tuban va yuksak tuzilgan hayvonlaming belgilariga ega bo‘ladi. Masalan, yirtqich tishli kaltakesaklar sudralib yuruvchilar bilan sutemizuvchilar, arxeopteriyasi esa sudralib yuruvchilar bilan qushlar o‘rtasidagi oraliq formalar hisoblanadi.
Paleontologiya dalillar yordamida evolutsion o‘zgarishlar sababini ham tushuntirib berishi mumkin. Otlar evolutsiyasi bunga misol bo‘la oladi. Hozirgi otlar bundan 60-70 mln yil oldin yashagan, yirikligi tulkidek keladigan besh barmoqli yirtqich hayvonlardan kelib chiqqan. Iqlimning quruqlashuvi, orrmonlaming qisqarib, cho‘llaming kengayishi ta’sirida ular yangi sharoitga moslashib borgan: tanasi yiriklashgan, barmoqlari soni kamaygan.
Bosh suyagi va tishlari o‘zgarib, o‘txo‘r hayvonlarga xos belgilar rivojlangan. Oyoqlaming uzayishi, tuyoqlaming rivojlanishi va tananing rivojlanishi oziq qidirib topish va dushmanlaridan qochib qutilishga yaxshi imkon beradi.
Evolutsiyaning solishtirma anatomik dalillari Hayvonlaming o‘zaro qarindoshligini ular tuzilishini taqqoslash orqali ham aniqlash mumkin. Masalan, qushlar oyoqlaridagi tangachalaming shakli va tuzilishi kaltakesaklamikiga, suvda ham quruqlikda yashovchilar itbalig‘ining tuzilishi baliqlarga o‘xshaydi. Quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar skeleti va ichki tuzilishida juda ko‘p o‘xshashliklar mavjud.
Solishtirma anatomik tekshirishlar natijasida hozirgi tuban va yuksak tuzilgan hayvonlar orasida ham «oraliq formalar» mavjud ekanligi aniqlandi. Masalan, panjaqanotli baliqlami baliqlar bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar o‘rtasidagi oraliq formalar deyish mumkin. 0‘rdakburun tuxum qo‘yishi va kloakasining bo‘lishi bilan sudralib yuruvchilarga, bolasini sut bilan boqishi va junining bo'lishi bilan sutemizuvchilarga o‘xshaydi. Hozirgi davrda yashab kelayotgan oraliq formalar va qadimdan saqlanib qolgan hayvonlar «tirik qazil- malar» deyiladi.
Umurtqali hayvonlar, masalan, kit, delfin, yerqazar, ko‘rshapalak, timsoh, qushlar oldingi oyog‘i suyaklarini odam qo‘li suyaklari bilan solishtirib ko‘rilganida, vazifasidan qat’i nazar, ular tuzilishining o'zaro o‘xshashligini ko‘rsatish mumkin Bu hol umurtqalilar oldingi oyoqlari kelib chiqishidagi umumiylikni ko'rsatadi.
Hayvonlar o‘rtasidagi qarindoshlikka ayrim hayvonlarda saqlanib qolgan, lekin ishlamaydigan organlaming bo‘lishi ham guvohlik beradi. Masalan, kitlar tanasida
oyoqlar rudimenti bo‘lishi ular ajdodlarining quruqlikda yashaganligiga guvohlik beradi. Kitlar dum suzgichlari yordamida suzadi. Shuning uchun evolutsiya davomida ulaming orqa oyoqlari yo‘qolib ketgan.
Evolutsiyaning embriologik dalillari Hayvonlaming embriotogik rivojlanishini o‘rganadigan embriologiya (yunoncha «embrio» - «murtak») fani dalillari ham ulaming o‘zaro qarindoshligini isbotlaydi. Chunki hamma hayvonlaming rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanadi. Наг xil sistematik guruhlarga mansub hayvonlar embrional rivojlanishining dastlabki davrlari o‘xsash bo‘ladi.
Masalan, xordalilar tipiga mansub suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar embrioni rivojlanishining dastlabki davrlarida baliqlar singari halqum devorida jabra yoriqlari bo‘ladi. Embrion, ya’ni murtakning tuzilishi rivojlanish davomida tobora mukammallashib boradi; uning sodda tuzilgan organizmlar uchun xos bo‘lgan organlari yo‘qola borib, o'z guruhiga xos bo‘lgan organlar paydo bo‘la boradi. Masalan, itbaliq dastlab baliqqa juda o'xshash bo‘ladi (jabrasi, dum suzgichi, yon chizig‘i. ikki kamerali yuragi, qon aylanish sistemasining bitta doiradan iboratligi). Shunday qilib, hayvonlar individual rivojlanishi davomida o‘z turining kelib chiqishidagi asosiy davrlarini takrorlaydi. Hayvonot dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o‘zgarib, xilma- xilligining ortib borishi evolutsiya deyiladi. Hayvonlar evolutsiyasiga paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiya va boshqa fanlar ma’lumotlari dalil bo‘ladi. Paleontologiya fani qadimgi davrlarda yer yuzida hozirgiga o‘xshamagan, birmuncha sodda tuzilgan hayvonlar yashaganligini aniqladi. Solishtirma anatomiya hayvonlaming turli sistematik guruhlari tuzilishidagi o‘xshashliklarga asoslanib ular o‘rtasida qarindoshlik borligini ko‘rsatadi. Embriologiya hamma hayvonlaming rivojlanishi bitta hujayradan boshlanishidan va barcha xordalilaming embrional rivojlanishi o‘rtasida umumiylik borligidan dalolat beradi.
Hayvonot dunyosi evolutsiyasining asosiy bosqichlari

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin