Infuzoriyalarning xilma-xilligi. Info‘zoriyalarning 7000 dan ko‘proq turi ma’lum. Ko‘pchilik turlari chuchuk suv va dengizlarda, ayrim turlari tuproqda yashaydi. Turib qolgan, o‘simlik qoldiqlari bilan ifloslangan ko‘lmak suvlarda tufelka bilan birga stilonixiyalar, suvoykalar va karnaycha info‘zoriyasini uchratish mumkin. Info‘zoriyalardan bir qancha turlari parazit yashashga moslashgan. Karpsimon va losossimon baliqlarning suzgich qanotlari va jabralarida ixtioftirius va trixodina info‘zoriyalari parazitlik qiladi. Ular ayniqsa yosh baliqchalarga katta ziyon etkazib, ularning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin.Odam va ayrim hayvonlar yo‘g’on ichagida ahyon-ahyonda balantidiy info‘zoriyasi uchrab turadi. Info‘zoriya ichak bo‘shlig’ida yashaganida katta ziyon keltirmaydi; lekin ba’zan ichak devorini jarohatlab, qonli ichburug’ paydo qilishi mumkin. Balantidiy ayniqsa cho‘chqa ichagida ko‘p uchraydi va cho‘chqa bolalariga katta ziyon keltiradi. Parazit iflos qo‘l orqali odamga yuqadi. Kashv qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida endodiniomorfadegan info‘zoriyalar simbiozyashaydi. Ular oshqozonda kletchatkaning hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Hayvonot olamida sinf, tur, va avlod.
Hayvonlar haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avval 4-5 asrlarga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Zoologiyaga oid ilk ilmiy asarlarni miloddan avval 4-asrda yashagan Aristotel yaratgan. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayoti, tarqalishini tushuntirgan; ularni qonsizlar va qonlilar guruhiga ajratgan. Bu guruhlar hozirgi umurtqasizlar va umurtqalilarga yaqin keladi. U hayvonlarni 8ta kichik guruhlar: to‘rtoyoqlilar, tuxum qo‘yuvchi ikki oyoqlilar, tuxum qo‘yuvchi to‘rt oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va boshqa guruhlarga ajratdi.
Qadimgi Rim Tabiyyotshunoslaridan Gay Pliniy 37 kitobdan iborat “Tabiat tarixi” asarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan barcha hayvonlarga tavsif bergan. Xurofot hukm surgan O‘rta asrlarda esa barcha fanlarning rivojlanishi to‘xtab qoladi. O‘yg’onish davrida Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyohlarning dengizlar osha sarguzashtlari tufayli noma’lum bo‘lgan hayvonlar kashf etildi. Ana shu davrda shveystariyalik K.GesnYerning 17 jildlik “Hayvonlar tarixi” (16-asr) ensiklopedik asari paydo bo‘ldi.
Zoologiyaning rivojlanishida 17 asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Golland olimi A.Levenguk “Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari” asarida ko‘z ilg’amas hayvonlar dunyosini kashf etdi. Italiya olimi M.Malpigi umurtqali hayvonlarning qon aylanish va ayirish organlari, terisining tuzilishini; angliyalik U.Garvey odamning qon aylanish sistemasini tushuntirib beradi. Shved olimi K.Linney ishlab chiqqan hayvonot olami sistemasi ham zoologiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Olim o‘zining “Tabiyyot sistemasi” asarida tur, urug’, tartib, sinf kabi sistematik guruhlarni asoslab beradi. K.Linney turni ikki nom, ya’ni urug’ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura) ni taklif etdi: hayvonlarni sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, hasharotlar, chuvalchanglar sinflariga ajratdi.
Fransuz olimi J.Kyuve 19-asr boshlarida hayvonlar qazilma qoldiqlarini o‘rganib, organizmning bir butunligi va organlarning o‘zaro bog’liqligi to‘g’risidagi ta’limotni yaratadi. Kyuve fanga “tip” tushunchasini kiritadi. U hayvonlarni 4 tip: umurtqalilar, yumshoq tanlilar, bo‘g’imlilar, nurlilar va 19 sinfga ajratadi. Zoologiyaning rivojlanishida T.Shvan va M.Shleyden tomonidan hujayra
nazariyasining yaratilishi hamda turlarning o‘zgarishi to‘g’risidagi J.B.Lamark ta’limoti ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. J.B.Lamark K.Linney sistemasini yana ham takomillashtirib, hayvonlarni 14 sinfga ajratdi. U turlarning o‘zgarishi to‘g’risidagi dastlabki evolyustion nazariyasini ishlab chiqishga urindi.
Zoologiyaning rivojlanishida Ch.Darvinning qo‘shgan hissasi katta bo‘ldi. Uning “Bigl” kemasidagi sayohatlarga bag’ishlangan “Izlanishlar kundaligi” (1839) asarida Janubiy Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va boshqa hayvonlar to‘g’risida ilk bor ma’lumot beriladi. Ayniqsa Ch.Darvin rahbarligida tayyorlangan “Zoologiya” asari, uning “Mo‘ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar” monografiyasi, korall orollarining kelib chiqishi to‘g’risidagi ta’limoti (1851-54) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Zoologiyaga oid ma’lumotlar Ch.Darvin evolyustion ta’limotining asosini tashkil etadi. Zoologiyada evolyustion g’oyalar Ch.Darvinning “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi” asari (1859) nashr etilgandan so‘ng o‘z aksini topdi. Evolyustion ta’limotning yaratilishi hayvonlarni o‘rganishga qiziqishni yanada kuchaytirib yubordi. Evolyustion ta’limot asosida solishtirma anatomiya, embriologiya, paleontologiya, sistematika, zoogeografiya fanlari tez rivojlana boshladi; ekologiya, gidrobiologiya, parazitologiya va boshqa fanlarga asos solindi. Evolyustion g’oyalar asosida nemis olimi E.Gekkel biogenetik qonunni kashf etdi.
20 asrning birinchi yarmida quruqlik, dengiz va okeanlar faunasini o‘rganish jadal sur’atlar bilan davom etdi. Buning natijasida fanga ma’lum bo‘lgan turlar soni 2,5 mln. ga etdi (K.Linney davrida 4208 tur ma’lum edi); hayvonlarning yangi tipi Pogonoforalar, mollyuskalarning tuban to‘zilgan vakillaridan neoplina, qadimgi panja qanotli baliq latimeriya kashf etildi; 20 asrda solishtirma anatomik va embriologik tadqiqotlar asosida hayvonlar sistematikasi qayta ishlab chiqildi. Agar J.Kyuve sistemasida hayvonot dunyosi 4 tipga bo‘lingan bo‘lsa, hozir tiplar soni 20 dan ortadi.20 asrning o‘rtalaridan boshlab hayvonlar sistematikasini ishlab chiqishda an’anaviy solishtirma anatomik, paleontologik, embriologik va boshqa metodlar bilan bir qatorda biokimyoviy, molekulyar genetik metodlar ham qo‘llanila boshlandi. Hozirgi davrda hayvonlar sistematikasi va filogeniyasini tadqiq
qilishda DNK (dezoksiribonuklein kislota) dagi nukleotidlar tarkibini o‘rganishga katta e’tibor berilmoqda. 20 asr o‘rtalariga kelib eksperimental embriologiyaning genetika bilan uyg’unlashuvi yuzaga keldi. Hozirgi davrda rivojlanayotgan embrion qismlarining ixtisoslashuvi ontogenezda har xil genlarning ketma-ket ta’siri bilan tushuntiriladi.
Zamonaviy zoologiyada organizmlarning bir-biri va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan ekologik tadqiqotlarga tobora ko‘proq e’tibor berilmoqda. Populyastiyaning shakllanishi, tarkibi va dinamikasini o‘rganish ekologik tadqiqotlarning vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu muammo esa o‘z navbatida tur hosil bo‘lishi va tur strukturasi masalasi bilan bevosita bog’langan. Biostenozlar va ularning barqarorligini o‘rganish ham ekologiyaning eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Hozirgi davrda zoologiya sohasidagi eng asosiy muammolar hayvonot dunyosi biologik xilma-xilligini hamda endemik, noyob va soni kamayib borayotgan turlarni saqlab qolish va ko‘paytirish bilan bog’liq.
O‘zbekistonda ilk zoologik tadqiqotlar 11 asrda yashab o‘tgan Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bog’liq. Abu Rayxon Beruniy 101 hayvon turi va ulardan olinadigan dori-darmonlar to‘g’risida yozib qoldirgan. Uning “Hindiston” asarida bu o‘lka hayvonlari to‘g’risida ma’lumot beriladi. Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” asarida odam parazit gelmintlari to‘g’risida Yozilgan. Bu asardagi ayrim gelmintlar (qovoqsimon qurt, mitti qurt) nomi hozirgi sistematikada ham saqlanib qolgan.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hayvonot dunyosini o‘rganish bo‘yicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Rus olimi N.A.SevYerstov ilk bor Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir, Tyanshan hayvonlarini; A.P.Fedchenko Oloy va Zarafshon vodiysi hayvonlarini o‘rganishgan. V.F.Oparin “Turkiston yarim qattiq qanotlilari faunasi” asarida 700 dan ortiq hasharotlar turi to‘g’risida ma’lumot bergan. Uning tashabbusi bilan 1876 yilda Toshkentda tabiat muzeyi ochiladi. O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganish 20 asrda jadal sur’atlar bilan olib borildi. 20 va 30-yillarda parazit va kasallik tarqatuvchi hayvonlarni o‘rganishga asosiy e’tibor berildi. Ana shu maqsadda bir
qancha ekspedistiyalar tashkil etildi; L.M.Isaev va N.I.Xodo‘qin bezgak chivini va rishtaning rivojlanishini batafsil o‘rganishdi; bir qancha xududlarda bezgakka qarshi stanstiyalar, Samarqand shahrida Tropik kasalliklar (hozirgi Tibbiyot parazitologiya) instituti tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20 asrning o‘rtalarida O‘rta OsiYoda bezgak kasalligi va rishta batamom tugatildi.
Zoologiya sohasida tadqiqotlar 1920 yilda Turkiston davlat univyersiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy univYersiteti) tashkil etilgandan so‘ng ayniqsa keng miqyosda olib borila boshladi. A.L.Brodskiy bir hujayrali hayvonlarni o‘rganib, Qizilqum quduqlarida uchraydigan foraminifyeralar Qizilqum o‘rnida mavjud bo‘lgan qadimgi dengiz faunasi qoldig’i nishonasi ekanligini ko‘rsatdi. D.N.Kashkarov ekologik tekshirishlarni boshlab beradi va bu sohada birinchi darslik yaratdi. T.Z.Zohidov Qizilqum hayvonlarini o‘rgandi va 4 tomlik “Zoologiya ensiklopediyasi”ni yozdi. V.V.Yaxontov hasharotlarni o‘rganib, bu sohada bir necha yirik qo‘llanmalar yaratdi. A.M.Muhammadiev suv hayvonlarini o‘rgandi va umurtqasizlar zoologiyasidan o‘zbek tilidagi dastlabki o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. S.N.Alimuhamedov va R.O.Olimjonov zararkunanda hasharotlarni o‘rganish va ularga qarshi ko‘rash choralarini ishlab chiqish borasida bir qancha muhim tadqiqotlarni amalga oshirishdi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari parazit nematodalarini o‘rganishda va ularga qarshi ko‘rash tadbirlarini ishlab chiqishda A.T.To‘laganov va uning shogirdlarining xizmatlari katta bo‘ldi. Xonaki va yovvoyi hayvonlar gelmintlarini o‘rganish borasida tadqiqotlar J.A.Azimov, M.A.Sultanov, I.X.Yergashyov nomi bilan bog’liq.
O‘zbekistonda ekologik parazitologiya sohasidagi tadqiqotlar J.A.Azimov va uning shogirdlari tomonidan keng miqyosda olib borilmoqda. Zoologiya sohasidagi tadqiqotlar ayni kunda zoologiya, zibbiyot parazitologiyasi, chorvachilik, veterinariya, qorako‘lchilik, o‘simliklarni himoya qilish, ipakchilik, sabzavot- polizchilik va boshqa ilmiy tadqiqot institutlarida, deyarli barcha universitetlar qoshidagi kafedralarida olib borilmoqda.