G’. M. Sayfullayev


Xiyobon, bog’ o‘tloq va dala qushlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə72/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Xiyobon, bog’ o‘tloq va dala qushlari


Xiyobon, bog’ o‘tloq va dalalarda uchraydigan qushlar madaniy landshaft qushlari hisoblanadi. Ular boshqa qushlarga qaragan ko‘proq uchraydi. Bu qushlarning ko‘pchiligi o‘rmonlarda ham yashaydi, o‘tloq, poliz va dalalardagi zararli hasharotlarni qiradi. Ularning ko‘plari sayroqi qush hisoblanadi.
Madaniy landshaftdagi qushlarning asosiy qismini chumchuqsimonlar turkumining vakillari tashkil etadi. Ularga qushlar sinfidagi hamma turlarning yarmidan ko‘pi kiradi. Chumchuqsimonlarning tashqi qiyofasi va katta-kichikligi juda xilma-xildir. Ularning oyoqlarida to‘rttadan barmoqlar bo‘lib, uchtasi oldinga, birtasi esa orqaga qaragan bo‘ladi. Chumchuqsimonlar uchun uya qurish uncha xarakterli emas. Qaldirg’och chittak, to‘rg’ay, jibilajibon, chug’urchiq, qarg’a,
zag’cha, zarg’aldoq va boshqa juda ko‘p qushlar shu turkumga kiradi. Qaldirg’ochlar qanoti uzun va uchli bo‘lganligi tufayli epchil va yengil uchadi, hasharotlarni kun bo‘yi tinimsiz ovlaydi. Ular hatto suv yuzasiga yaqin ucha turib, ochiq tumshug’i bilab suv icha oladi. Og’iz kesigining juda keng bo‘lishi va kichik yassi tumshug’i o‘ljani tutishga yordam beradi. Qaldirg’ochning oyoqlari kalta, shuning uchun beo‘xshov yuradi va Yerga kamdan-kam qo‘nadi. To‘rgaylar ham hasharotlar bilan oziqlanadi, lekin ular qaldirg’ochlardan farq qilib, oziqni Yer yuzidan terib yeydi. Masalan, dala to‘rg’ayining yerta bahorda dalalar ustida ucha turib jarangdor chirillab sayrashi eshitiladi. Chunki dalalarda qor yeriy boshlanishi bilanoq to‘rg’aylar uchib keladi. Ularni o‘tloqlarda, ishlov berilgan Yerlarda uchratish mumkin. Dala to‘rg’ayi kul rang-qo‘ng’ir, qanotlari esa qorachipor tusda bo‘ladi. Ular Yerda yo‘rg’alab yuradi. Ko‘katlar o‘sib chiqqach, ular orasiga uya quradi va tuxum qo‘yadi.

O‘rmon qushlari


O‘rmonda yashovchi qushlar ancha xilma-xil. Ularning ba’zilari bog’ va xiyobonlarda ham uchraydi. O‘rmon qushlarining ko‘plari qizilishtonsimonlar hamda tovuqsimonlar turkumining vakillaridir. Qizilishtonlar daraxtlarda chirmashib yuruvchi qushlar bo‘lib, tumshug’i iskanaga o‘xshaydi, oyoqlari qisqa lekin kuchli, ikki barmog’i oldinga, qolgan ikki barmog’i orqaga qargan, qanotlari keng bo‘lib, to‘mtoqroq, dumlari odatda qattiq qayishqoq va uchli bo‘ladi. Qizilishton daraxt tanasi bo‘ylab, chirmashib harakat qilganda dumiga tayanadi. Qizilishton hayvon hamda o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi ular hasharot va ularning lichinkalarini daraxt po‘stlog’i oralaridan kuchli tumshuqlari va uzun, yopishqoq, qirrasida o‘tkir tishlari bo‘lgan tili yordamida oladi. Qizilishton bir kunda hasharot va ularning lichinkalarini juda ko‘p miqdorda qiradi. Bunda qizilishton faqat daraxt po‘stlog’ining hasharotlar zararlantirgan joylarini teshadi, sog’lom Yerlariga tegmaydi. Qishda qizilishtonlar ninabargli daraxtlarning urug’lari bilan oziqlanadi. Qizilishton monogam qush hisoblanadi. Bahorda ko‘payish davri boshlanadi. Bunda ular daraxtning kovaklariga uya quradi. Kovaklarni ko‘pincha daraxtning chirigan joyida o‘zlari ochadilar. U Yerlarga 3-7 ta tuxum qo‘yib, ularni
har ikkala jinsi bosib yotadi Tovuqsimonlar turkumi Yer yuzasida hamda darxtlarda yashaydigan, har xil kattalikda bo‘lgan (bedanadan tortib yovvoyi kurkagacha) qush turlarinini birlashtiradi. Ularning tanasi zich, bo‘yni nisbatan kalta, oyog’i to‘rt barmoqli va o‘rtacha o‘zunlikda bo‘ladi. Oyoq panjalari baquvvat, barmoqlarida yo‘g’on va uzun oz egilgan tirnoqlari bor. Bu to‘proqni yumashatish uchun xizmat qiladi. Yerkaklari urg’ochilaridan bir muncha yirikligi, patlarining rang-barangligi bilan farq qiladi. Tovuqsimonlar gala bo‘lib hayot kechiradi, ko‘p vaqtlarini Yerda o‘tkazadi, yaxshi yuguradi va yuradi. Istar-istamas pastlab uchadi. Ko‘pchilik turlari poligam. Modalari nasl uchun qayg’uradi. Jo‘ja ochadi. Xonaki va tovuqlar, tustovuqlar, qirg’ovullar, qurlar, kaklik va qarqurlar singari qushlar tovuqsimonlar turkumining vakillari hisoblanadi

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin