G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə74/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Sut emizuvchilar sinfi.


Sut emizuvchi hayvon (quyon) ning tanasi bosh, bo‘yin, tana dum va ikki juft oyokdan iborat. Boshida bir juft quloq bor. Tashki suprasi ovozni tutish uchun xizmat qiladi. Tashqi quloqning bo‘lishi ham sut emizuvchilar uchun xosdir. Sut emizuvchilarning ko‘zi yaxshi rivojlangan. Ular tepa va pastki qovoq va kipriklar bilan ta’minlangan. Burni harakatchan bo‘lib, ichki yuzasi yalangoch, shilimshiq bo‘ladi. Unda bir juft burun teshigi bor. Ogiz teshigi yumshoq va harakatchan lablar bilan uralgan bo‘lib, oziqni tutish, ushlash uchun xizmat qiladi. Lablarning bo‘lishi sut emizuvchilar uchun xosdir. Lablar bilan tishlar o‘rtasida ogiz oldi bo‘shlig’i - hosil bo‘lgan, ba’zi turlarda og’izning ikki yonida bu bo‘shliq lunj kopchiklarinn hosil qiladi. Og’izda oziqni ushlash, aylantirish va chaynashga yordam beradigan harakatchan til bo‘ladi. Deyarli barcha sut emizuvchilar ozybni ushlash va maydalashga xizmat qiladigan tishlarga ega. Sut emizuvchilarning buyni, garchi uncha uzun bo‘lmasa ham yaxshi rivojlangan. Oyoqlari besh panjali. Tanasi yunglar bilan qoplangap, bosh, ogiz va ko‘z atrofida uzun killar - yunglar bo‘lib, sezish vazifasini bajaradi. Sut emizuvchilarning ko‘pchilik turlarida hayvonning tashqi ko‘rinishiga qarab jinsini aniqlasa bo‘ladi. yerkaklarining etuklarida
urug’don tana bo‘shligi tashqarisida maxsus kopchikda joylashgan bo‘ladi, u tananiig oxirida orqa oyoqlar orasida ko‘zga yaqqol tashlanadi. yerkaklarining jinsiy siydik teshigi anal teshigidan ancha uzoqlashgan bo‘ladi.
Urg’ochilarida uchala teshikning (ayirish, jinsiy va anal teshigining) har biri mustaqil ochilib, bir-biriga yaqin turadi. Bundan tashqari urg’ochilarida ko‘pincha (ayniqsa homilador sut emizuvchilarda) sut bezlarining so‘rg’ichlari ko‘rinib turadi. Ishning bajarilishi. Sut emizuvchi hayvonning tashqi tuzilishini tirik quyonda ko‘zdan kechirilgani ma’qul. Unda avval hayvonning tashqi ko‘rinishi, harakati, atrof-muhitga reaktsiyasi ko‘zatiladi. Keyin tana qismlari (bosh, bo‘yin, tana, dum va oyoqlar) va ularda joylashgan organlar ko‘zdan kechiriladi. Quyonning yung qoplamiga e’tibor beriladi. Yunglar ikki xilligini - qil, kaltasi - momik, ekanligi aniqlanadi.Quyonning boshi ko‘zdan kechirilganda uning miya qutisi va yuz bo‘limlaridan iborat ekanligi qayd etiladi. Boshda tog’ayli quloq suprasi, qovoqli ko‘z, muskulli lab va juft teshikli xarakatchan burun borligi aniqlanadi. Yuqori labda kesik borligiga e’tibor beriladi. Bu belgi kemiruvchilar uchun xosdir labdagi muylovlar ham kuzatiladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin