G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə105/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o‘quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari haqida muayyan aniq bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni ko'rib chiqadilar va taqqoslaydilar, ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o‘rganish keng tarzda yoki guruhlar bo'yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriyada ishlash malakasini egallaydilar, chunki darsda o'tkaziladigan ish tadqiqiy xarakterda bo‘lishi kerak unda bolalar o‘rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bo‘lmagan tajribalarni o‘tkazadilar Predmetli darslarda mustaqil ishlarning sanog‘i salmoqli bo'lishi kerak.
Predmetli darslami o'tishga o'qituvchi puxta tayyorlanishi lozim Tarqatma materiallar o'quvchilar soniga to‘g‘ri kelishi zarur. Shi maqsadda ekskursiyada yig‘ilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to'kilgan barglari, meva va urug'lari kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar) dan foydalanish mumkin.
Foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti bahorgi va yozgi ta’til kunlaridir. Bu davrda bolalarg geografiya xonasi uchun tabiiy material yig‘ib kelish topshiriladi, bu imkoniyatlardan foydalanmoq lozim. Biroq bunda o'quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o‘simlik hamda hayvonlarg ehtiyotlik bilan
munosabatda bo‘lish zarurligini esda tutishlai kerak.

    1. sinf dasturida predmetli darslar mo'ljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi o‘simliklarda ildiz, poya, barg gul, meva va urug'larni taniy olishga o‘iganadilar, qishda o'simliklar hayotini, o‘simliklarning urug'lardan rivojlanishini (ilgarigi tajribalar asosida) kuzatadilar. 3- sinfda bolalar foydali qazilmalar dala ekinlari to‘g‘risida boshlang'ich ma’lumotlar oladilar.

Garchi 3- sinf o'quvchilari 2- sinfda hosil qilingan predmetl darsdagi ba’zi ish tajribasiga ega bo'lsalar ham ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqidagi maxsus yo‘l - yo‘riqlarga ehtiyoj sezadilar.
Predmetli darsning rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • dars mavzusi va maqsadini bildirish;




  • ish rejasini doska va daftarlarga yozish;




  • tarqatma material bilan mustaqil ishlash;




  • ish mazmuni bo‘yicha suhbat (o'rganilayotgan obyek xususiyatlarini ta’riflash, uni ilgari o'rganilganlar bilan taqqoslash qo‘shimcha ko‘rgazmali material bilan ishlash);

  • daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish;




  • bilimlami mustahkamlash va baholash.



Predmetli darslardan keyin o‘qish. O‘quvchilami tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlaming tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o'qituvchi shu jismlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o‘quvchilar bilan geografiya darslaridan: 2- sinfda «Termometr», 3- sinfda «Foydali qazilmalar», 4- sinfda «Kompas bo'yicha oriyentirlash» va shu kabi mavzu- maqolalarni o'qiydi. Suhbat jarayonida o'qituvchi predmetli darslarda o'rganilgan va darslikda ta’riflangan obyektlaming xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.
Yangi material о’rganiladigan dars. Darsning bu tipi nomlanganidek, sof ko‘rinishda uchramaydi. Biroq o‘quv materialining o'ziga xosligi va o'quvchilar
diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o'rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o'tkazilishi mumkin. Bu ishga vaqtning ko‘p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo'ysunadi. Yangi materialni o'tishda ilgari o‘rganilgan materiallar bilan vorislik o‘matish va yangi materialni ilgari o'zlashtirilgan materiallar ketma-ketligiga kiritish uchun bolalami yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi topshiriq va savollami takrorlaydilar. Bunday darsda o‘rganiladigan material birlamchi mustahkamlanadi.
Bu tipdagi dars tuzilishi quyidagicha: 1) yangi bilimlar ongli o'zlashtirilishi uchun zarur bo'lgan materialni takrorlash va kuzatishlar kundaligi bilan ishlash; 2) dars mavzusi va maqsadini bildirish; 3) yangi materialni o‘rganish (kirish suhbati, amaliy ish, o'qituvchi hikoyasi); 4) amaliy ish mazmuni bo‘yicha suhbat;

  1. o‘quvchilaming mustaqil ishlashi (daftarlar, darslik, qiziqarli — idrokiy material, kontur va tabiiy xaritalar, dasturlashtirilgan kartochkalar va shu kabilar bilan); 6) o'quvchilaming o'rganilgan materialni tushunganliklarini tekshirish; 7) dars yakunini chiqarish; 8) uyga vazifa berish (qo‘yilgan maqsadga qarab, darsning xohlagan vaqtida berilishi mumkin).


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin