mavzu. Geografiyadan o`quv ishlarini tashkil etish shakllari.
Tayanch tushunchalar: pedagogik texnologiya, didaktika,
kombinatsiyalashgan, Predmetli darslar.
Dars o`quv ishlari tashkil etishning asosiy shakli.
Maktabda o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish o‘quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. O‘qitishning shakli tarbiyaviy ta’lim jarayonida o'qituvchi tomonidan foydalaniladigan o‘quvchilaming o‘quv, idrok qilish faoliyatini o‘tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.
Maktablarda o'rganiladigan barcha predmetlar uchun o‘quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma’lum darajada darslikda belgilangan o‘quv materiali o‘qitiladi. Darslarga qatnashish o‘quvchilarga majburiydir.
Dars deganda ma’lum fanlardan, ma’lum hajmdagi bilimlaming ma’lum yoshdagi o‘quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko‘tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog‘lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyani qo‘llab dars o‘tish o'quvchilaming geografiyadan olgan bilimlarini e’tirof etish o‘quvchilarda geografiyadan bilimlami o‘zlashtirishga yanada qiziqish uyg'otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Darsni quyidagi tuzilis qismlariga ajratish mumkin:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
Yangi materialni bayon qilish.
O‘quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarr mustahkamlash, ularning o‘zlashtirilishini tekshirish.
Dars materialini umumlashtirish.
Uyga vazifa berish.
Baholarni sharhlash.
Dars tuzilishi kurs mavzusi bo‘yicha darslaming umumi tizimida uning qanday o‘rin egallaganligiga bog’liq, ammo qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar har bir dars
tashkiliy, mantiqiy, psixologi jihatdan yaxlit bo‘lishi kerak. Metodik jihatdan to‘g’ri tuzilgan darsda barcha tomonlar o‘zaro bog’liqdir.
Geografiya darsining didaktik maqsadini aniqlash uning asosan nimaga yangi maqsadni o'rganishga, uni mustahkamlashga takrorlashga va ketma-ketligini ta’minlash yoki o‘zlashtirishr tekshirish hamda hisobga olihshga bag‘ishlanishini belgilash demakdir.
Geografiya darsi bir nechta didaktik maqsadga ega bo'lishi mumkin, shunga qarab uning tuzilishi, binobarin, darslarning tiplari ham har xil bo‘ladi. Didaktik maqsadlariga qarab, darslar quyidagi tiplarga ajratiladi:
birlashtirilgan (kombinatsiyalashgan) dars;
yangi material o'rganiladigan dars;
predmetli dars; predmetli darslardan keyin o'qitish;
o‘quv-tajriba maydonchalaridagi dars;
maktab geografiya maydonchasida o'tkaziladigan dars;
takrorlovchi-umumlashtiruvchi dars;
Darsning qaysi tipi tanlanmasin, uning muvaffaqiyatli o'tkazilishi o‘qituvchining muntazam va har tomonlama tayyorlanishiga bog'liqdir.
Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz:
Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars geografiya darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o'tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarini) tekshirish, ya’ni bilimlarni o‘rganish va mustahkamlash kabilar kiradi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal
qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o‘tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o'qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko'rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko'rish, maqolalar o'qish, ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar yozish va rasmlar chizish qollaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o'tishda keng tarqalgan xato - barcha ishlarni ko’rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi geografiya faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o'qish va aytib berishdan iborat qilib qo’yishdir. Geografiya o'qituvchisi tabiat to‘g‘risidagi bilimlaming asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mustahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |