Tabiiyko‘rgazmaliqurollar. Tabiiy ko’rgazmali qurollar jismlardir. Ular o'rganilayotgan material to‘g‘risida ancha to‘g‘ri haqiqatga yaqin tasavvurlar berib, bolalarda bevosita qabul qilish asosida geografiya tushunchalari hosil bolishiga imkon yaratadi. Shunga ko‘ra sinfda yoki geografiya xonasida jonli tabiatni o'rganish uchun har xil xona o'simliklari, shuningdek turar joylardagi daraxtlarga xos bo'lgan shoxchalar, barglar, gullar meva va urug'lar bo'lishi zarur. Geografiya darslarida jonli tabiat burchagida o'stirilayotgan o'simliklardan, gerbariy va ekskursiyalardan olib kelingan o'simliklardan foydalaniladi. Tabiat qo'ynida o'tkaziladigan darslarda va ekskursiyalarda tabiiy sharoitlardagi jonli tabiat obyektlaridan foydalaniladi.
Shuningdek, tabiiy obyektlardan hayvonlarni o‘rganishda ham foydalanish ma’qul. Garchi ko'pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko'rsatish mumkin bo’lsa har ekskursiyalar uyushtirishga e’tibor berish kerak bo'ladi, chunki bunda o'quvchilar faqat ularning tashqi ko'rinishinigina emas balki xarakterli harakatlari va xulq-atvorlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega
bo'ladilar. Tirik hayvonlar bo'lmaganda ularning chuchelalari (tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari va rasmlaridan foydalanish mumkin. Biroq tirik hayvonlarni tabiiy sharoitlarda ko’rsatuvchi kinofilmlar o'quvchilarga ancha haqiqiy tasavvurlar beradi.
Jonsiz tabiatni o‘rganishda ham tabiiy tarqatma materiallar, har xil rangdagi granit, sluda, kvars, dala shpati, loy, qum, kalsiy (bo’r, marmar, ohaktosh), tuz (o‘g‘itlash uchun), tosh tuzi va kaliy tuzi, toshko‘mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda qotishmalar (temir, cho'yan, po‘lat, alyuminiy ), tuproq namunalari va boshqalar bo'lishi kerak.
Bolalarda bevosita qabul qilish mumkin bo'lmagan tabiat jismlari va hodisalari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri tasavvurlar hosil qilish uchun ko'rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Geografiya kursi o'rganish uchun zamin bo'lgan ko'plab ko'rsatuv jihozlari maxsus do'konlarda sotiladi. Chunonchi 3-4- sinflarda geografiyani o'rganish uchun «Jonajon o'lka tabiati» turkumidagi jadvallar chop etilgan. Geografiya bo‘yicha devoriy o‘lkashunoslik suratlaridan, shuningdek, zoologiya bo‘yicha ham jadvallardan foydalanish mumkin, ular tabiatning o'lkashunoslik obyektlari to'g'risida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
O‘quvchilar 4- sinfda xarita va globus to‘g‘risida dastlabki tasavvurlarni oladilar, shuning uchun sinfda O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo'lishi kerak. Shuningdek, atrof joyning shartli belgilariga ega bo'lgan yirik masshtabli plani va o‘quvchilar yashayotgan hamda o'qiyotgan shahar yoki qishloqning planidan ham foydalaniladi. O’quvchilarning sinfda va uyda individual ishlashlariga mo'ljallangan
«Bizning vatanimiz» atlasi, shuningdek, 4- sinf uchun kontur kartalar to'plami keng qo'llaniladi. Sinfdagi ishda diametri 42,5 sm li globusdan, indiviudal ishda esa diametri 15 sm li globusdan foydalaniladi