Tajribalaro‘tkazishuchunjihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to‘garagida) maxsus jihozlar: o'lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar,
yordamchi asboblar kerak. O‘lchov asboblariga har xil suyuqliklarning muayyan hajmini o'lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlarni ko‘rgazmali qurollar do'konlaridan sotib olish mumkin. Ayrim asboblarni o‘quvchilarning o‘zlari tayyorlashadi. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbestlangan to‘r, probirka qo‘yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek, idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar), oq shisha pufakchalari, idishlar to'plami, choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar
Geografiya xonasining jihozlanishi va tuzilishini bayon eting
Geografiya darslarini jihozlashda ko'rgazmali vositalardai kompleks foydalanish yo‘llarini tahlil qiling.
Bilimni tekshirish uchun savollar
Geografiya darslarida o‘quv qurollarining qanday turlaridan foydalaniladi?
Tabiiy ko'rgazmali qurollarga nimalar kiradi?
Geografiyani o'qitishda tabiiy ko'rgazmali qurollarning ahamiyati nimada?
Geografiya darslarida xaritalarning qaysi tiplaridan foydalaniladi?
Qanday apparatlar proyeksion apparatlar deyiladi?
Geografiyani O‘qitishda proyeksion apparatlarning qanday ahamiyati bor?
Qaysi jihozlar tajribalar va laboratoriya mashg'ulotlari jihozlari sirasiga kiradi?