mavzu. Geografiyani o’qitishda zamonaviy pedagogik (didaktik o’yinli, hamkorlikda o’qitish, muammoli, modelli ta’lim) va
axborottexnologiyalaridanfoydalanish Tayanchtushunchalar:Dasturlashtirilgan o'qitish, Grafik topshiriqlar, Klastyer, texnologiya.
19.1 Geografiyani o`qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish
Atrofimizdagi olam bilan tanishish darslarida dasturlashtirilgan o'qitish, ya'ni amaliy ishlardan, qiziqarli topshiriqlardan foydalanish muammosi o'ta dolzarbdir. Hozirgi paytda o'quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularning atrof-olam bilan tanishtirish darslarida olgan bilimlarini tekshirish maqsadida har bir o'quvchining o'quv jarayonida mustaqilligini ta'minlovchi va o'quv matyerialini o'zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi qo'llanilmoqda. Dasturlashtirilgan o'qitish bosqichma-bosqich bilim olishni kuzatishga imkon yaratadi, o'quv jarayoniga qanday o'zgartirishlar kiritilishi kerakligini ko'rsatadi.
Dasturlashtirilgan o'qitish uchun quyidagilar kerak:
— o'quv matyerialining puxta tahlili, uning qat'iy tanlanish va mantiqiy ketma-ketlik bo'yicha bo'linishi;
— o'quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi rahbarlik.
Dasturlashtirilgan o'qitishda o'quvchilarning o'quv matyerialini qo'llashda faolligi va mustaqilligi ortadi, o'qitish jarayonini individuallashtirish imkoni paydo bo'ladi, texnik vositali o'qitish keng qo'llaniladi, o'qitish va o'quvchi mehnatini oqilona tashkil etishga yerishiladi. Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili o'quvchilarning og'zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda almashishdir. Ularning afzal jihati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o'quvchining o'tilgan mavzuni o'zlashtirish darajasini aniqlay oladi.
Tajriba atrof olam bilan tanish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o'qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko'rsatadi. Afzalligi shundaki, o'quv matyerialini o'zlashtirish darajasini o'quvchilarning o'zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2- sinfda dasturlashtirilgan o'qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlar, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Grafik topshiriqlarini bajarayotganda o'quvchilarga « —» noto'g'ri javob, «l»
to'g'ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O'qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo'lishi kerak. Masalan:
21- mart — Navro'z bayrami.
1- sentabr — Ustozlar va murabbiylar kuni. 1- oktabr — Mustaqillik bayrami.
8- dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.