G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə117/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

«To'xtab o'qish» usuli. O'qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha marta to'xtab, o'quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan matnga tegishli bo'lishi zarur. Yoki o'quvchi matn o'qish jarayonida to'xtatilib, nima haqida o'qiganligi so'raladi. Bu usul orqali o'quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash ko'nikmalari shakllanadi.
«Zanjir» usuli. Bu usulni she'r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda qo'llash maqsadga mu-vofiqdir. O'quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she'r misrasi yoki topishmoq qatorini aytadilar. Bu usul qo'llanganda o'quvchi uyalib qolmasligi uchun berilgan she'r, maqol, topishmoqni yod olishga majbur bo'ladi.
«Rasmli rebus» o'yini. Sinf o'quvchilari uch guruhga bo'linadilar. Har bir guruhga rasmlar tar qatadi. Berilgan rasmlar nomining bosh harflaridan luiyvon yoki qushlar nomi kelib chiqishi kerak. Masalan, it, laylak, ohu, ninachi — non, anor, rediska, chinni gul, arpa — archa.
«Kim tez bajaradi» o'yini. O'quvchilar uch guruhga bo'linadilar. Har bir guruhga 5 tadan hayvonlar yoki qushlar rasmlari teskari qilib beriladi. Belgilangan vaqt ichida (1—2 daqiqada) o'quvchilar hayvon yoki qushlarni yovvoyi yoki uy hayvonlari ruhlariga ajratadilar. Topishmoqni birinchi bo'lib xatosiz bajargan guruh g'olib hisoblanadi.

BBB (bilardim, bildim, bilmoqchiman) o'yini.


Bu o'yinni «Suv - hayot manbayi», «Gigiyena ozodalik» kabi mavzularni o'tgandan so'ng o'ynash mumkin. O'quvchilar uch guruhga bo’linadilar. Uchta guruhga ham jadval beriladi. Uch ustundan iborat bo'lgan jadvalning birinchi ustuniga mustaqil tarzda suv haqida bilganlarini yozish tavsiya etiladi. Ikkinchi ustunga dars davomida hamda darslikdan bllib olgan bilimlarini yozadilar.
Uchinchi ustunga esa imkon qadar bugungi kun tulabi, muammolar, bilishi zarur bilimlar haqida yozadilar.
Masalan:



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin