2021- yildan boshlab, 1- sinf o‘quvchilari yangi o‘quv predmeti - «Tabiiy fanlar» ni o‘rgana boshladilar. Bu o‘quvchilar bilan ilk mashg‘ulotlardan boshlab, ya’ni savod o'rgatishning alifbe davridayoq o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini o‘z joyidagi tabiat obyektlarini o‘lkashunoslik yo‘nalishida kuzatishlariga qaratadi. Kuzatishlar ikkinchi yarim yillikdao‘qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi. To‘g‘ri tashkil etilgan kuzatishlar 1- sinf o‘quvchilarida tabiat to‘g‘risida
tasavvurlar shakllantirishga, unga muhabbatni va ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga yordam beradi. Yana shu holatni hisobga olish kerakki, 1- sinfga kelgan bolalar muayyan ko'nikmalarga ega bo'ladilar, kuzatishlar jarayonida ularni rivojlantirish zarur.
Bolalarning individual kuzatishlar, shuningdek, ekskursiya, predmetli darslar davomida olgan atrof tabiat jismlar va hodisalari to‘g‘risidagi tasavvurlarini o'qish va nutqni rivojlantirish darslarida umumlashtirish va rivojlantirish kerak, bu geografiyaga oid bilimlarni kengaytirishga va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qish uchun berilgan matndan foydalanib, geografiyaga oid bilimlarni to‘plash maqsadida o‘qituvchi bolalarning kuzatishlarini izohli o‘qish bilan almashtirmasligi kerak. Faqat kuzatishlar vaqtida olingan tasavvurlarni umumlashtirishda ularga ko‘maklashish, ular e’tiborini kuzatishlar jarayonida payqamagan hodisalarga qaratmoq lozim.
1- sinfda shakllantirilishi kerak bo‘lgan asosiy tushunchalar — «tabiat», «jonli va jonsiz tabiat», «erta gullaydigan o‘simliklar», «darrandalar», «qushlar»,
«baliqlar», «hasharotlar» tushunchalaridir. Bu tushunchalar mazmun jihatidan murakkabdir shunga ko‘ra 1- sinf o‘quvchisida tabiatdagi kuzatishlar asosida ular to‘g‘risida faqat oddiy tasavvurlarni shakllantirish kifoyadii Masalan, bolalar hasharotlar to‘g‘risida ularning tanasi, bosh ko'krak va qorin qismlar haqida, ularning uch juftdan oyoqlari borligi to‘g‘risida tasavvur olishi kerak. Materialni oson o‘zlashtirib olishlari uchun o'quvchilar uncha katta bo‘lmagan guruhlarga bo'linib, ular bilan dastur bo'yicha muntazam kuzatishlar o'tkazilishi zarur.
Kuzatishlar bilan bog'liq bo'lgan birinchi mashg'ulotni maktab o‘quv-tajriba maydonida o'tkazish mumkin. Mashg'ulot maqsadi - tabiat ustidan tashkiliy kuzatishlarni boshlash, atrof tabiat obyektlari to‘g‘risida oddiy tushunchalar berishdir. Birinchimashg‘ulotni qiziqarli hikoya bilan boshlash lozim, undan bolalar tabiat nima ekanligi to‘g‘risida dastlabki tasavvurni olishlari odamning tabiatda yashashligi, unda hayot uchun zarur bo'lgan barcha sharoitlar borligi, ko‘p ming yillar davomida odam tabiat ne’matlari hisobiga yashab kelganligi va faqat yaqindagina tabiatda bo'lmagan narsalar (paravoz, paraxod, kosmik yo'ldosh, raketa
va hokazolar) ni ishlab chiqara boshlaganliklarini bilib oladilar.
Inson tabiatni qanday o‘rgangan? U safarlar vaqtida hamda kundalik hayotda ko‘p kuzatgan, o‘ziga kerakli narsani yasashga foydali o'simlikni o‘stirishga uringan, tajribalar o‘tkazgan O‘qituvchi o'quvchilarga odam tabiatni qanday o‘rganganligi uning to‘g‘risidagi bilimlardan qanday foydalanganligiga misolla keltirishni taklif qiladi. Bolalarga tabiatda boradigan o‘zgarishlar xususan, ob- havoning o'zgarishi to‘g‘risida hikoya qilishi, ular e’tiborini osmonning holatiga, quyoshning qanday yoritishiga bulutlarning bor-yo‘qligiga, shamol esishiga qaratmog'i, shundan keyin ob-havo holatini umumlashtirmog‘i lozim. So‘ngra hayvonot dunyosiga o'tiladi. Bolalarga chumolini ko'rsatib, qanaqa jonivorni ko'rayotganliklarini, ular nima bilan oziqlanishlarini foydali ekanliklarini aytib berishni taklif qilishi mumkin.
Shu mashg'ulotda bolalarga ularning sinfi uchun ajratilgar paykalni ko‘rsatish, unda bolalar qanday mehnat qilishlarini, o`simlik qoldiqlari, to'kilgan barg va shoxchalarni yig’ib, olib tashlash, erta bahorda xushbo’y no’xat, tirnoqgul urug‘larini ekish va urug‘dan yangi o'simliklaming o‘sib chiqishini kuzatish kabi ishlarni bajarishlarini tushuntirish kerak.
O‘qituvchi bolalarga maktab oldida o‘sayotgan o‘t - o‘lanni kuzatish va ular bahorda qanday ko'rinishda bo’lganliklarini eslashni taklif qiladi. O‘t-o‘lanlaming nima uchun sarg‘ayganligini, qishda ular qay holda bo'lishini so'raydi. O‘qituvchi O‘zbekistonda yog‘in kamligini, gohida butun yoz bo‘yi yomg‘ir bo‘lmasligini, o‘t-o‘lanlaming doimo yashil bo‘lishi va o'sishi uchun suv kerakligini aytadi.
Maktab oldi maydonchasi bo'ylab sayrni davom ettirib, o'qituvchi 1- sinf o'quvchilari e’tiborini chinorga qaratadi. Daraxtning shoxlari, barglari va boshqa qismlarini qarab chiqishni taklif qiladi va barglarining tomirlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Keyin bolalar tut, tol, terak daraxtlarini ко‘rib chiqadilar, bu daraxtlaming shox va barglari bir-biridan qanday farqlanishini aniqlaydilar. Shu mashg'ulotning o‘zida bolalar butalar (na’matak, ligustrum) va o‘t (ariq bo‘yida o'sadigan yalpiz, pechak, shuvoq) o‘simliklari bilan tanishadilar.
Bu mashg'ulot o'qitishning birinchi haftasida o'tkazilayotganligi hisobga
olinganda, u qisqa bo'lishi kerak. Uning vazifasi tabiat alifbosini o‘rgana boshlash, bolalami tevarak-atrofni kuzatishga qiziqtirish, tabiat to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni shakllantirishdir.
Bola jism va hodisalami tushunish orqali bilim doirasini kengaytiradi. Qabul qilish, tushunish jarayonini tashkil qilishga qanchalik ko’p urinish bo'lsa, atrof olamni idrok qilish jarayoni shunchalik muvaffaqiyatli boradi. Shunga ko’ra o‘qituvchining asosiy vazifasi - bolalarning tabiatga qiziqishini pedagogik oqimga yo‘naltirish, u yoki bu kuzatishlarning baholi qudratligi hamda zarurligini aniqlash, ularni geografiya tasavvuri va tushunchalariga aylantirishdir. Bu vazifani o‘qituvchi o‘qitish jarayonining tarkibiy qismi bo'lgan kuzatishlarsiz bajara olmaydi.
1- sinf o'quvchilari maktabga kelgan paytlarida, odatda terak, chinor, tol, shumtol, tut kabi daraxtlaming nomlari bilan tanish bo‘ladilar, lekin daraxtlar to‘g‘risida ko'pincha tasavvurga ega bo‘lmaydilar, ular daraxtlarning bir navini boshqasidan farqlay olmaydilar. Bu bolalarning daraxtlarni taqqoslamaganliklari, har bir daraxtning tanish shoxlari, po‘stlog‘i rangi, barglarining shakli va katta- kichikligini qarab chiqmaganliklari, ya’ni ularda kuzatuvchanlik rivojlanmaganligi bilan izohlanadi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ekskursiyalar katta ahamiyatga ega. Bahor oylarida o'quvchilar chinor, shumtol, qayrag'och, tut, terak shoxlarida kurtaklarning yozilishini kuzatadilar. O‘qituvchi o'quvchilarning kuzatishlariga rahbarlik qilib, ularning diqqatini barcha daraxtlarda kurtaklar katta-kichik bo'lishi (terak va chinorda kurtaklar yirik, qayrag'ochda - ancha mayda, akatsiyada - po‘stlog‘idan zo‘rg‘a ko'rinib turadi) va shakl jihatidan (terakda ular cho‘ziq, qayrag‘ochda sharsimon, nastarinda tuxumsimon) bir-biridan farq qilishiga qaratadi. Kuzatishlar natijasida o'quvchilar daraxtlarning barglari bo‘lmasa ham kurtaklariga qarab farq qilish mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Kurtaklarning rivojlanishi, ularda barglarning paydo bo'lishini kuzatish uchun fevral oyi oxirlarida novdalar kesib olinadi va ularning bir qismi iliq suvli idishga, bir qismi - sovuq suvli idishga joylashtiriladi. O‘quvchilar 1-2 hafta davomida ularni kuzatib, qaysi idishdagi novdalarda barglar ertaroq chiqishini aniqlaydilar.
O‘quv yilining ikkinchi yarmida o‘quvchilar bilan gulidovid, no'xatgul, tirnoqgullarni o'stirish bo'yicha ishlar olib boriladi, bu o'simliklar xona sharoitida yaxshi o‘sadilar va rivojlanadilar, ikki oydan keyin gullaydilar va meva beradilar. 1
sinf o'quvchilari o'qituvchi bilan birgalikda urug‘lar sepadilar va yashil maysaning paydo bo‘lishini hamda o'sishini kuzatadilar, ularni daftar yoki albomga gerbariy tarzida yig‘ib boradilar.
Gerbariy quyidagicha tayyorlanadi: albom muqovasiga kuzatilayotgan o'simlikning nomi yozilib, rasmi chiziladi, birinchi varag'iga uning urug‘lari yopishtiriladi, ikkinchisiga maysalar, qolganlariga izchillik bilan dastlabki ikki bargli, ildizli o‘simlik bilan, to‘rt bargli kichkina g'unchali o‘simlik, g'unchasiz ochilayotgan o'simlik, gullari va boshqa qism, shuningdek, yetilgan mevalari bo'lgan o'simliklar birkitiladi. Har bir varaq ostida o'simlikning rivojlanish davri, kuni ko'rsatiladi.
Kuz davrida o‘quvchilar e’tiborini qushlar ham tortadi. O‘qituvchi maktaboldi maydonida va tabiat qo‘ynida qushlami kuzatish, ularning nomlarini aniqlashga urinish, qushlarning uchishlarini aytib berish, qushlar uchun nima - sovuqmi yoki ochlik qo‘rqinchli ekanligini tushuntirish to‘g‘risida topshiriq beradi. O‘qituvchi bolalarga qushlar uchib ketishga tayyorlanib, galaga to‘planishini ko‘rsatadi, nima uchun ko‘pincha O‘zbekistonda pushtirangli maynalarning katta galalari va uchib ketayotgan turnalarni ko'rish mumkinligini tushuntiradi. Kuzatishlarda e’tibomi chittakni topishga, uning tez harakatiga qaratishni taklif qiladi. Kuzatishlar o‘tkazish uchun qushlarni tanlashda o'qituvchi bu kuzatishlarning oson-qiyinligini esda tutishi lozim, ya’ni kuzatiladigan qushlar odamlaming turaijoylari atrofida yashashlari kerak. Oktabrgacha kuzatishlar jarayonida o‘quvchilar qushlarning qayerlarga uya qurishi va nimalar bilan oziqlanishini aniqlashlari kerak.
Mustaqil kuzatishlar o‘tkazish oldidan o‘quvchilami maqsadga yo'nalgan kuzatish va taqqoslash yo‘li bilan qushlarni bir-biridan farq qilishga o'rgatish kerak. Keyin predmetli dars o'tish, unga «O‘lkamiz qushlari» jadvallarini, shuningdek, zag‘cha va chumchuq tulumini tayyorlash kerak. O‘qituvchi qushlarni diqqat bilan qarab chiqishni, ularning katta- kichikligiga e’tibor berishni, tumshuqlari, patlari,
oyoqlarini taqqoslashni taklif qiladi. Shundan keyin o‘qituvchi har xil tipdagi qush uyalari (so‘pito‘rg‘ay, zag‘cha, hakka, qaldirg'och, chittak)ni ko‘rsatadi, darsda o‘rganilayotgan qushlar uyasini alohida namoyish qiladi va bu uyalarning boshqa qushlar uyalariga o'xshashligi va farqlarini ta’kidlaydi.
Chumchuq va zag‘chani diqqat bilan kuzatish va ularning tashqi ko'rinishlarini taqqoslashdan keyin o'quvchilarga quyidagi savollarga javob berish taklif qilinadi.
Zag‘chani chumchuqdan qanday ajratish mumkin?
Zag'chaning tumshug'i qanaqa? Chumchuqniki-chi?
Zag'cha patlarining rangi qanaqa? Chumchuqniki-chi?
Zag‘cha va chumchuqlaming tana o‘lchami (katta-kichikligi) qanday? Ular nima bilan farqlanadilar?
Puxta tayyorgarlikdan so'ng o‘qituvchi qushlar ustida kuzatish o‘tkazish metodlarini tushuntiradi va o'quvchilarning oldindan tuzilgan rejaga muvofiq kuzatishlar olib borayotganliklarini har kuni nazorat qilib boradi.
Kuzatishlar jarayonida o‘quvchilar to‘plagan faktlardan atrof-olam bilan tanishish, nutqni rivojlantirish bo‘yicha darslarda foydalaniladi. Darsda o‘qituvchi mavjud bilimlarni kengaytiradi va rivojlantiradi. U O‘zbekistonga zag’chalarning kuzda uchib kelishlarini, ularni ko‘pincha maktaboldi maydonida ko‘rish mumkinligini, bu yerda ular hasharot va hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanishlarini, har xil o‘t-o’lanlarning urug‘larini to‘plashlarini belgilaydi. Zag‘chalar respublikamizda qishlaydilar. Bahorda biz tomonlarga jiblajibonlar uchib keladilar. Ularni suv havzalari, ariq va soylar (daryochalar) yaqinida ko‘rish mumkin.
O‘quvchilar o‘zlarining zag‘cha va chumchuqlar ustida olib borgan kuzatishlari (ular qanaqa uyalarni ko‘rganliklari, uyalar nimadan qurilganligi, qayerda joylashganligi, qushlarning qanday oziqlanishlari, qishda qayerda yashashlari) haqida hikoya qiladilar.
Bahorda 1- sinf o‘quvchilari tabiat va jonli tabiat burchagida qush va hasharotlami kuzatishni davom ettiradilar. Running ilishi, yosh barg va
g‘unchalaming paydo bo‘lishi bilan qishlagan g‘umbakdan chiqqan hasharotlarning uchishlarini kuzata boshlaydilar. O‘qituvchi ba’zi hasharotlarning o‘simliklarga zarar, ba’zilarining foyda keltirishlarini tushuntiradi, zararli qo‘ng‘izlar hamda g‘umbaklami yo‘qotishda qushlarning o‘rni kattaligini ta’kidlaydi. O‘quvchilar g‘umbak va qo‘ng‘izlar o‘simliklarga keltirgan zararlarini kuzatish, tasdiqlash uchun hasharotlar kemirgan o‘simliklar bargi va o‘simliklarni yig‘ish topshirig‘ini oladilar.
Bu davrda bolalarning kelib-ketuvchi qushlar to‘g‘risidagi tasavvurlari kengayadi va aniqlashadi: bahorda issiq mamlakatlardan pushti maynalar, uzunqanotlar uchib keladilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida janubdan uchib keladigan turna, g‘oz, o‘rdaklarni kuzatadilar. Tashqi ko'rinishi va xulq-atvoriga qarab kelib-ketadigan qushlarning farqiga borishga, qushlar shovqini orasida pushti mayna, chumchuq, musicha va boshqa qushlarning ovozlarini tanib olishga o‘rganadilar. O‘simlik va hayvonlar ustida kuzatishlami doimiy ravishda geografiyaga oid maqolalar o'qish bilan mustahkamlab borish lozim. O‘quv yili oxirida umumlashtiruvchi ish o‘tkazish zarur. Bunda butun yil davomida to‘plangan materialdan foydalanish kerak. Bilimlarni baholashda o‘quvchilarga avvalgi kuzatishlardan tanish bo‘lgan ma’lumotlarni hisobga olish zarur. Gerbariylarni baholashda materialni o‘simlikning rivojlanish davrlari bo'yicha joylanishining izchilligi hisobga olinadi. Masalan, daraxt gerbariysining birinchi varag'ida bo‘rtgan kurtaklari bo‘lgan shoxcha, ikkinchisida mayda barglari bo‘lgan shoxcha, qolganlarida izchillik bilan yirik bargli, gulli, mevali iloji bo'lsa, sarg'aygan bargli shoxlar bo'ladi.
Agar o‘quvchilar o'simlikda avval gul, keyin barg rivojlanganligini kuzatgan bo'lsalar, gerbariyda materialni shu o‘simlik rivojlanishining izchilligi tartibida joylashtirishlari kerak. Ish baholanganidan keyin to‘plangan materiallardan jonli tabiat burchagida foydalaniladi. Bunday ish bolalarni oddiy umumlash tirishga olib keladi, kuzatiladigan tabiat obyekti to‘g‘risida elementar tushunchalami shakllantiradi.