G’. M. Sayfullayev


mavzu. 2-sinf «Tabiiy fanlar» darsligi bilan tanishish va tahlil



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə121/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

mavzu. 2-sinf «Tabiiy fanlar» darsligi bilan tanishish va tahlil.


Tayanch tushunchalar: g‘oya, taqqoslash, muhandis, konstruktor, daraxt, buta, o‘t, tabiat.


    1. Ikkinchi sinfda geografiya materialini o‘rganish metodikasi


1- sinfda o‘quvchilar atrof olam bilan tanishish bo‘yicha dasturlarda tabiat bilan tanishishni davom ettiradilar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi shuni yodda tutishi kerakki, tabiat va jamiyat atrof olam bilan tanishtirish kursida ikki parallel yo‘l emas, balki bir yo'nalishdir, unda geografiya va ijtimoiy xarakterdagi masalalar o‘zaro bir- birlarini boyitib, uyg'unlashgan. Garchi ba’zi darslarda ko'proq geografiya, boshqalarida ijtimoiy masalalara qarab chiqilsa ham, asosiy g‘oya - inson, jamiyat, tabiat birligi, ajralmas butunligiga asoslangan. Bu g‘oya kursning asosini tashkil qiladi.
Ikkinchi yil o‘qitishning vazifasi birinchi sinfda belgilangan yo'nalishlarni yanada rivojlantirishdir. Har bir mavzuni ochib berishda bolalarning Vatan, jonajon tabiat, ijtimoiy hayot to'g'risidagi aniq tasavvurlari kengayadi. O‘quvchilarda uyda, maktabda va boshqa jamoat joylarida to‘g‘ri yurish-turish uquvlari hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, bolalar o'rtasida o‘rtoqlik munosabatlarini, kattalarga e’tiborni, mehnatga hurmatni tarbiyalashga, shuningdek, tabiatdagi muhim o'zaro aloqalarni aniqlashga, unga muhabbat va muruvvatli munosabatni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.

  1. va 2- sinf dasturlarini taqqoslash aytib o'tilgan har bir mavzuda qanday yangi masalalar ко'rib chiqilishini ko'rsatadi.

  2. sinfda ba’zi bolalar o'qishdan keyin uyga ketadilar. Shunga ko'ra ularni asosiy rejim momentlari, jumladan, kun rejimida mehnat taqsimoti bilan tanishtirish muhimdir. Bu mavzuda o'z uyiga, o'yin va sport maydonchalariga, hovlida yashil ekinzorlarni avaylash munosabatini tarbiyalash bilan bog'liq bo'lgan masalalar mavjud. «Maktab mulki - sizning mulkingiz» mavzusida darsda, tanaffus vaqtida, oshxonada, kutubxonada, ko'chada va hokazo joylarda yurish-turish qoidalari bo'yicha bilim va uquvlar mustahkamlanadi. Bolalarda faqat shaxsiy buyumlarinigina emas, balki maktab mulkini ham avaylab-asrash munosabatini tarbiyalash vazifasi qo'yiladi. Bolalar qoidalar bilan tanishadilar.

2- sinfda «Kuzda odamlar mehnati», «Ijtimoiy foydali mehnat» va «Ota-onalar kasbi» mavzulari bo'yicha o'quvchilar tanishadigan obyektlar doirasi kengayadi, ba’zi o'zaro aloqalar ular ongiga yetkaziladi, umumlashtirish shakllanadi. Chunonchi, bolalarni transportning yangi turlari bilan tanishtira turib, o'qituvchi yer usti, havo, suv transportlarining barcha turlari uchun nima umumiyligini, transportning qancha turlari borligini hikoya qiladi. Bolalar yo‘lovchi tashuvchi transportdagi yurish-turish qoidalarini bilib oladilar, ularni bajarishga o'rganadilar. Bu shu mavzuning boshqa masalalariga ham daxldordir: shaharning madaniy- oqartuv muassasalari, maishiy xizmat korxonalari va boshqa joylarga borish ularning vazifalarini aniqlash, shu muassasalarda ishlayotgan odamlar mehnati bilan, tanishtirish bilan bog‘lanadi. Bunda har safar jamoat joylaridagi yurish-turish qoidalari ishlanadi.
Dasturda «Jonajon Vatan» mavzusi 1- sinfdagiga qaraganda ancha to‘liqroq berilgan. Bu mavzu bo'yicha ish mamlakatimiz hayotida unutilmas, shonli voqealar, umumxalq bayramlari bilan bog'lanad O‘qitishning ikkinchi yilida o'qituvchi oldiga har bir bayramning mohiyati va ahamiyatini bolalarga tushuntirish, ularda tegishli bilimlarni shakllantirish, odamlar bayramlarga qanday tay yorlanayotganliklarini kuzatib borish vazifasi qo'yiladi. Shu vaqtning o‘zida bolalar bayramlarga tayyorlanishi va o'tkazishda baholi qudrat ishtirok etishlari ham kerak. Barcha ishlar shunga qaratilishi kerakki, toki bolalar o‘z mamlakatining fuqarolari ekanliklarini
chin dildan his qilsinlar.
Mavzulardan har birining materiali odamlarga insonparvarlik munosabatini, ular mehnatining natijalariga hurmatni, tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochib beradi.
Mashg'ulotlar davomida bolalarda sinf, maktab jamoasi hayotida faol qatnashishga, kattalarga baholi qudrat yordam berishg intilishni tarbiyalashga imkon beruvchi sharoitlarni yaratishi muhimdir.
Bolalarga turli kasbdagi kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalashga alohida o‘rin beriladi. Odamlar mehnati bilan hayot uchun zarur bo'lgan barcha narsalar yaratiladi: don yetishtiriladi yangi uylar, maktablar, kasalxonalar quriladi, kitoblar chop etiladi, deb ta’kidlaydi. Qishloq joylarida - g'allakorlar, paxtakorlar, chorvadorlar, agronomlar mehnati, shaharlarda - muhandis, konstruktor, ishchi va shu kabilarning mehnati qadrlidir Bolalarga aniq misollarda sanoat hamda qishloq xo'jaligining jadal rivojlanishi nimaning hisobiga ta’minlanayotganligini, turli kasb egalarining mehnatini mashinalar qanday yengillashtirayot ganligini, nima uchun ular (aloqa bo'limi, ferma, do'kon va shu kabilar) yordamida ishlar tez va yaxshiroq bajarilishini ko‘rsatmoq lozim.
O'qituvchining vazifalaridan biri - har bir kishining mehnati boshqa odamlarning mehnati bilan bog'liqligini tushuntirishdir. Hosirgi yig'ib-terib olish yoki uy qurilishini kuzatib, bolalar, shuningdek, odamlar mehnati xizmat qiluvchi transportning (kombaynlar, yuk mashinalari va shu kabilarning) batartib ishiga bog'liq ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Agar o'qituvchi o'z hikoyasini atrofdagi hayotdan misollar keltirish bilan birga olib borsa, ularni mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqealar bilan bog‘lasa, yanada yaxshi bo'ladi.
Eng muhim vazifalardan yana biri — bolalami tabiatning konkert obyektlari va hodisalari bilan tanishtirishni davom ettirishdir. O'simlik va hayvonlar to'g'risidagi, yil fasllarining asosiy belgilari haqidagi bilimlarsiz o'quvchilarda ekologik aloqalar, tabiatni muhofaza qilish zarurligi to'g'risida tasavvurlarni shakllantirish, tabiatga muruvvatli munosabatni tarbiyalash mumkin emas. Dasturda bolalar farq qila olishga o'rganishlari kerak bo'lgan daraxt, buta hamda xona o‘simliklarining
muxtasar ro'yxati ko'rsatilgan.
O'quvchilarning faqat o‘simlik va hayvonlarnig nomlarinigina bilishlari emas, balki ular (daraxt, buta, o‘t o'simliklari, darranda, qush, baliq, hasharotlar) ni guruhlashtira olishlari ham muhimdir. Masalan, o'quvchilarni xona o'simliklari bilan tanishtira turib, o'qituvchi o'quvchilardan qaysi o'simliklarning nomlarini bilishlarini so'raydi. Keyin 3-4 o'simlik nomini aytadi. Farq qiladigan belgilari yaxshi ifodalangan o'simliklarni tanlaydi.
Mashg'ulotlarni o'tkaza turib, o'qituvchi bolalarning tabiatdagi barcha o'zaro bog'lanishlarni tushunib olishlariga erishadi. Chunonchi, xona o'simliklari, o'simliklarni urug'dan rivojlantirish mashg'ulotlarida o'quvchilar o'simliklarga o'sib- unishi uchun suv, havo, issiqlik va yorug'lik kerakligiga ishonch hosil qiladilar. Har xil o'simliklar har xil yorug'lik talab qiladi: bir xillari quyoshda yaxshi o'sadilar, boshqalari yorug'ni sevadilar, lekin ular yorqin quyoshga chidamaydilar, uchinchilari soya joyda yaxshi o'sadilar. O'simliklar sinfga yoki jonli tabiat burchagiga shular hisobga olingan holda joylashtiriladi. Bu bilimlar o'quvchilarga
«Erta bahorda tabiat» mavzusida ekskursiya o'tkaziladigan vaqtda kerak bo'ladi. Erta gullaydigan o'simliklar bilan tanisha bo’lib, bolalar bu o'simliklarga ko'p yorug'lik kerakligini, chunki ular daraxt hamda butalarda soya hosil qiladigan barglar yozilgungacha gullashlarini bilib oladilar. Shuni ham aytish kerakki, erta gullaydigan o‘simlik himoyaga muhtojdirlar, ularni guldasta uchun hech qachon uzmaslik kerak.
Erta gullovchi o'simliklar oldida bolalar albatta hasharotlarni ko’radilar. O‘qituvchi bolalarning o'simliklar oldiga shirin nektar (gul shirasi) yig‘ish uchun uchib kelganliklarini, uni keyin asalga aylantirishlarini tushuntiradi. Odamlar o‘simliklarni yulib olganlarida ular faqat o‘simliklarni halok qilibgina qolmasdan balki hasharotlarga ham zarar keltiradilar. Bunday holda hashatorlar oziqdan mahrum bo'lib qoladilar. O‘qituvchi «Atrofda biz qanday hasharotlarni ko'ryapmiz? Nima uchun biz ularni qishda ko'rmaymiz? deb so‘rashi mumkin. Agar baqa yoki qurbaqa ko'rishni iloji bo'lsa, nima uchun bu jonivorlar uyqudan kech uyg‘onganliklarini so'rash kerak bo'ladi. Bolalar birinchi sabab - kunlar issiq bo‘lib
qolganligini aytadilar. Agar zarur bo'lganda o‘qituvchi baqa va qurbaqalarning hasharotlar bilan oziqlanishini eslatib o‘tishi kerak. Demak, bahorda hasharotlarning paydo bo’lishi baqa va qurbaqalar uyg‘onishining ikkinchi sababidir Negaki, ularning asosiy ovqati — iskabtopar va pashshalardir Baqalarni o‘ldirish — minglab zararkunanda hasharotlarni erkinlikka chiqarish demakdir.
Shunday qilib, bolalar o‘simlik va hayvonlar hayoti uchun zarur bo'lgan eng muhim sharoitlar haqida bilib oladilar, tirik mavjudotlar hayotidagi o‘zgarishlarni shu sharoitlarning o‘zgarishi bilan bog‘laydilar, o‘simlik va hayvonlaming har xil guruhlari o‘rtasidagi aloqalarni bilib oladilar. Bu ekologik aloqalarni bilish tabiatga muruvvatli, mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga yordam beradi
Tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqalarini ko'ra turib, tabiatning, amaliy ahamiyati ustida to‘xtash lozim. Chunonchi, shahar (qishloq) dagi qurilishlarga bag'ishlangan mashg‘ulotda har bir oila hayoti uchun uy-joy qurilishining ahamiyati to‘g‘risida, quruvchi kasbi, qurilish texnikasi to‘g‘risida, shuningdek, qurilish uchun material (qum, loy, ohak) ni odamlar tabiatdan olishi to‘g‘risidi hikoya qilish mumkin. Inson yerdan temir rudasi, ko‘mir, neft tabiiy gaz qazib oladi. Demak, tabiat, yer odamlarni boqadi va kiyintiradi. Tabiatning amaliy ahamiyatini qadriga yetmaslik mumkin emas. Barcha mehnat va kasb turlari (shaxtyor, metallurg, g‘allakor paxtakor va boshqalar) tabiat bilan chambarchas bog'liqdir.
Bu masalalarning hammasini birgalikda ko‘rib chiqish zarur. Biroq tabiatni faqat moddiy farovonlik manbai sifatida baholash mumkin emas. Bu o'quvchilarda iste’molchilik, nima bo'lsa ham qilaverish psixologiyasini tug'diradi. Faqat tabiatning «foydasi» to‘g‘risida gapirish va bunda ehtiyotkorlik munosabatini shakllantirishga umid qilish - xatodir. Bolalarni tabiat go‘zaIliklarini qadrlashga o‘rgatish zarur, insonning yaxshi dam olishi, xush kayfiyatda yurishi inson salomatligini saqlashda katta ahamiyatga ega ekanini tushuntirish lozim.
Наг xil misollarda tabiatning insonga doimo kashf qilish xursandchiligini hadya etishi, u o‘zining barcha ko‘rinishlari bo‘yicha ajoyib ekanligini ko‘rsatishi, bolalarni g‘alatilik va go‘zallikni odatdagidek va har kungidek ko‘rishga o'rgatish, bu g‘alatilik, go'zallik, ehtiyot qilinadigan boylik ekanligini isbotlashga o‘rgatish
kerak. Bu o'qituvchining qiyin, lekin maroqli va qiziqarli vazifasidir.
Tabiatning turli qadriyatlari bilan insonning tabiatni muhofaza qilish faoliyati chambarchas bogliqdir. Atrof olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida o'quvchilar tabiat muhofazasi bo‘yicha muayyan bilimlarni oladilar. Birinchi sinfdan ikkinchi sinfga o'tishda metod hamda tashkiliy ishlarda vorislik saqlanadi. Ilgarigidek katta e’tibor ekskursiyalarga, ma’noli-rolli o'yinlarga, muammoli vaziyatlarga, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilishga qaratiladi. Biroq 2- sinfda ko‘proq mustaqil amaliy ishlar o'tkazish, bolalarga muayyan bilim va taqqoslash, tahlil qilish, klassifikatsiyalash, o‘zaro bog'lanishlarni aniqlash, kuzatilgan faktlarni umumlashtirish uqumlarini talab qiladigan murakkabroq muammoli vaziyatlar taklif qilish mumkin.
2- sinf dasturida tabiatga mavsumiy: erta va kech kuzda, qishda va erta bahorda ekskursiyalar o‘tkazish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, imkoniyatga qarab o'qituvchi o‘quv sayrlardan foydalanadi, ular davomiyligining qisqaligi va odatda kuzatiladigan tabiat obyektlari va hodisalari sonining ozligi bilan farq qiladilar. Bolalar faqat tabiatgagina emas, balki har xil korxonalarga (fabrika, ferma, maishiy xizmat korxonalari va shu kabilarga) ekskursiyalar o'tkazadilar, kinoteatr, ko'rgazma, klublarga boradilar.

  1. sinf o'quvchilaridan farq qilib, o'qitishning ikkinchi yilida bolalarga ko'proq talablar qo'yiladi ular ekskursiya o'tkazuvchi bilan suhbatda faol qatnashishlari va o'qituvchi topshirig'i bo'yicha murakkab bo'lmagan mustaqil kuzatishlarni bajarishlari kerak.

  2. sinfda deyarli har bir mashg‘ulotda muammoli vaziyatlardan foydalansa bo‘ladi. Axloqiy vaziyatlar ko'pincha sujetli-roll o‘yinlarga kiritiladi. Masalan, «Biz shahar bo‘ylab boramiz («Transportda yurish-turish qoidalari» mavzusida) o‘yin tashkil qilinadi. Sinfda stullardan «avtobus» quriladi. Oldinda haydovchi uning qo'lida rul. U avtobusni haydab borayapti va to‘xtash joylarini «Zoopark», «Teatr»,

«Maktab»ni e’lon qiladi. To'xtash joyida yo'lovchilar chiqadilar va tushadilar, ular salonga kirib, o‘rinlar egallaydilar, bir-birlariga joy beradilar, chipta oladilar va hokazo Pedagog o'yinga rahbarlik qiladi, o‘yinga har xil muammoli vaziyatlar
kiritadi. Masalan, o‘qituvchi bolalarga shunday vaziyatni taklif qiladi: «Sen avtobusga chiqding va o‘z do‘stingni ko'rib qolding», «Sen avtobusda o‘tiribsan, to‘xtash joyida salonga keksa erkak kirdi», «Sen buvang bilan avtobusga chiqding, bo‘sh o‘rin esa bitta», «Sen kelgusi to‘xtash joyida tushasan, oldinda odamlar ko‘p»,
«Sen do'sting bilan baland ovozda gaplashayapsan yo‘lovchilardan biri tanbeh berdi». Bu vaziyatlarning qahramonini tasvirlab, bolalar u yoki bu holatda qanday yo‘l tutishlarini ko'rsatishlari kerak bo'ladi. Taklif qilingan yechim butun sinf bilan muhokama etiladi.
2- sinf o‘quvchilarini o'qitishda ijtimoiy foydali mehnatni tashkil qilish katta ahamiyat kasb etadi. Ular maktab oldi maydonchasida va sinfda o'simliklami, sharoit bo‘lganda esa jonli tabiat burchagida hayvonlarni parvarish qiladilar, qishlovchi qushlar uchun oziq tayyorlaydilar, qishda qushlarni boqadilar, daraxt va butalarni o'tqazishda, qushlarga uyalar tayyorlashda kattalarga yordam beradilar.
Boshlang'ich sinflarda bolalarni o'qitishning qulay sharoitlaridan foydalanib, predmetlararo bog'lanishni to‘liq darajada amalga oshirish zarur. Atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha mashg'ulotlarda shakllantiriladigan aniq tasavvurlar boshqa predmetlar bo'yicha vazifani hal qilishga yordam beradi va aksincha. Predmetlararo aloqa nutqni rivojlantirish kabi vazifalami hal qilishda amalga oshiriladi. «Atrof olam bilan tanishtirish» kursi o‘quv materialining o'zi, foydalaniladigan ish uslublari va metodlari bola nutqini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mashg'ulotlarda bolalar bir-birlari bilan bevosita muloqotda bo'ladilar, taassurotlari bilan o'rtoqlashadilar, o'zlarining qiziqishlari haqida hikoya qilib beradilar. Sujetli- rolli o'yinlarda bolalar improvizatsiya qilib, o'z qahramonlari uchun matn yaratadilar. Mehnat ta’limi, o'qish, atrof olam bilan tanishish kabi predmetlar bilan bog'lanish tabiatga va ishlab chiqarishga kompleks ekskursiyalar o'tkazishda amalga oshirilishi mumkin.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin