Geografiya darslariga qo`yiladigan didaktik talablarga darsga ajratilgan vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi maqsadi va vazifalarini to`g`ri qo`yish bilan ta`minlanadi. Dars vazifalarini belgilash, o`qituvchi uning muvofiqroq strukturasini tanlashga kirishadi, yani so`rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o`zlashtirilganliklarini nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishlarini qanday izchilikda o`tkazish kerakligani, so`rashning qaysi turidan yakka yoki frontal so`rashdan foydalanilishini o`ylab chiqadi.
Psixologik talablar.Geografiya darsining plan va konspektini tuza turib, o`qituvchi har bir o`quvchining psixologik xusussiyatlarini: uning tipini; tanib
olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash diqqatning mavjudligini, xayolini, irodasini, hissiy faolligini hisobga olishi kerak.
Sanitar-gigieniktalablar. Sinfda tegishli harorat tartibini, yoritish normasiga va boshqa gigienik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o`qituvchi ularga rioya qilishini kuzatib borishi bolalarning va jismoniy va aqliy jihatdan charchab qolmasliklariga yerishishi kerak. Aqliy jihatdan charchashni oldini olish uchun o`quv ichidagi bir hillikdan. Bayonni bir ohangda bo`lishidan ehtiyot bo`lish, nazari matyerialni bir hil sezgi organlarini ishga jalb qilish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borish kerak.Geografiya bo`yicha yo`lga qo`yilgan sinfdan tashqari ish o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan. Bolalar bilan maktablarda darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg`ulotlar o`tkazadi: Masalan, ekskursiyalar, to`garak ishlari, yertaliklar, sinfdan tashqari o`qishlar, klub ishlari va boshqa ishlar. Bu ishlar o`qituvchilarning rahbarligida o`quvchilarning qiziqishlarini o`rgatish va maktab dasturini kengaytirish, to`ldirish maqsadida olib boriladi. Geografiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish va konkretlashtirish. Tabiatni o`rganishga qiziqish uyg`otish, o`quvchilar faolligi va mustahkamligini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuni bilan bir qatorda sinfdan tashqari Geografiya ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunonchi u o`quvchilarning xulq-atvoriga ta`sir ko`rsatadi. Moddiy dunyo qarashini va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilimga qiziqishi bilan mustaqil kuzatish ko`nikmalarini rivojlantiradi jamoaga va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi.Tajribalar o`tkazish gerbariy va kolleksiyalar uchun matyerial yig`ish, model, maket va boshqa ko`rgazmali qurollar yasash, jonli tabiat burchagi va o`quv tajriba maydonchasidagi ishlar, sinfdan tashqari ishlar tabiatni o`rganishni hayot bilan bog`laydi.