G’. M. Sayfullayev


Muammoli masalalar va topshiriqlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə126/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Muammoli masalalar va topshiriqlar


  1. Boshlang'ich sinflarda geografiya fanlarini o'qitishning muammoli masalalari haqida ma’lumot tayyorlang.

  2. 4-sinfda Geografiya kursining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini izohlab bering.

  3. 4-sinfda «Geografiya» dasturi va darsligini tahlil qiling.




    1. 4-sinflar «Geografiya» darsligi mazmunidagi jism va hodisalaming tuzilishi tarkibi va vazifalariga oid tushunchalar ro'yxatini tuzing.

    2. 4-sinf darsligidan olingan biror mavzuni (mavzu ixtiyoriy ravishda): a) matn,

b) sonli diktant, d) kalitlar bilan ishlash, e) didaktik rasmlar, f) tezis ko'rinishidagi topishmoqlardan foydalangan holda o‘rganish rejasini ishlab chiqing.

Bilimni tekshirish uchun savollar





  1. 3- va 4-sinflarda Geografiyani organishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?




  1. 3-sinfda tabiatda kuzatishlar o'tkazish metodikasi qanday?




  1. «Geografiya» darsligida kuzatishlarni murakkablashtirib borishni qanday izohlaysiz?

  2. 4-sinfda geografiyani o‘rganish xususiyatlari haqida nima deya olasiz?

5. 4-sinfda Geografiyani o'qitishda qaysi metodlardan foydalaniladi?


7. Geografiyani o'qitishda bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun qaysi metodlardan foydalanish samarali.
  1. Mavzu: Oz komplektlangan maktablarda o`quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o`ziga xosligi




Tayanch tushunchalar: vosita, metod, didaktika, tajriba, predmetli dars, intelektual, Sanitar, gigiena, sayohat. Oz komplektlangan.
    1. Oz komplektlangan maktablarda dars.


Dars - o`qituvchining sinf bilan olib boradigan ta`lim tarbiya ishlarini tashkil qilishning asosiy shaklidir. Dars butun ta`lim-tarbiya tizimida, o`qitishning metodlari, uslublar va vositalar kopleksi amalga oshadi.
Geografiya darslarida o`quvchilar dasturga muvofiq o`qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o`quv va ko`nikmalar oladilar. Materialni o`quvchilarga tushunarli bayon qilib xilma-xil qurollardan foydalanib, o`qituvchi zarur tushuntirishlar beradi, o`qish kitobi bilan mustaqil ishlash, o`z bilimlarini amalda foydalanish uquvlarini singdiradi.
Darslarning maqsadi va mazmuni har xil, ammo ularning barchasida umumiy maqsad - o`quvchilarning kompleks tarbiyasi va tushunarli bo`lgan bilimlarni bayon qilish, birlashtirishda o`qituvchi o`quvchilar ishini shunday tashkil qilishi kyerakki, ular darsda o`rganiladiganlarni ilgari o`tilganlar bilan bog`lanishini tushunsinlar matyerialni ongli o’zlashtirsinlar.
Dars o`tishda o`qituvchi o`quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishga, ulardan jonli qiziqish uyg’otishga intilishi kerak.
Darsda ko`rgazmali qurol va tajribalarni namoyish qilish bilan boradigan hikoya, suhbat, amaliy ish metodlari qo’llanilishi mumkin. Darslarda har xil metodlarning qo`llanilishi yangi mavzuni to`liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o`quvchilarni kamroq charchatadi, ular faolligini oshiradi.
Maqsadi va mazmuni jihatdan har xil bo`lgan darslar turlicha temada tuzilishi mumkin. Odatda dars quyidagicha temada tuziladi:

      1. Tashkiliy qism.

      2. Uy vazifalarining bajarilishini tekshirish.

      3. Yangi matyerialni o`rganish.

      4. Darsda o`rganilgan matyerialni tekshirish va mustahkamlash.

      5. Qiziqarli matyeriallardan foydalanish.

      6. Uyga vazifa berish.

Geografiya struktura qismlarining izchilligi bilan xilma-xil bo`lishi mumkin: bir xil darsda o`quvchilarning mustaqil ishlari yangi bilimlarni bayon qilishdan keyin o`tkaziladi, boshqalari undan oldin bo`ladi: uy vazifasini tekshirish
darsning boshida kelgusi bosqchichlarida olib borilishi: darsning qismlari almashinibgina qolmasdan, balki takrorlanishi ham mumkin. Chunonchi, yangi matyerialning bayon qilinishi mustaqil ishlar bilan navbatlashtirib, bir necha qismlarga ajratish mumkin. Ba`zi qismlar dars strukturasidan tushib qolishi mumkin. Masalan, hamma darslarda ham o`quvchilarning mustaqil ishlari tashkil qilina byermaydi. Dars strukturasi kurs mavzusi bo`yicha darslarning umumiy sistemasida uning qanday o`rin egallaganligiga bog`liq, ammo qanaqa bo`lishidan qat`iy nazar har bir dars tashkiliy, mantiqiy, psixologik jihatdan bir butun bo`lishi kerak. Metodik jihatdan to`g`ri tuzilgan darsda barcha tomonlar o`zaro bog’liqdir. har qanday dars tuzilishining to`g`ri bo`lishi uchun shu mavzu bo`yicha darslarning butun sistemasini va unda ayrim darsnning o`rnini tasavvur qilish kerak. Bu darsni rivojlantirishda, istiqbolda ko`rishga barcha darslarning mantiqiy bog`lanishiga yerishishga va shunga asoslanib, har bir darsning asosiy ta`limiy va tarbiyaviy vazifalari hamda didaktik maqsadini hal qilishga imkon beradi. Geografiya darsining didaktik maqsadini aniqlash-bu uning asosan nimaga yangi maqsadni o`rganishga uni mustahkamlashga, takrorlashga va sistemalashtirish yoki o`zlashtirishni tekshirish va hisobga olishga bag`ishlanishini belgilash demakdir.
Geografiya darsini didiktik maqsadga ko`ra turli tiplarga ajratish mumkin:

  • birlashtirilgan (aralash) dars;




  • yangi matyerial o`rganiladigan dars;




  • mustahamlash darsi;




  • predmetli dars;




  • o`quv uchsatkasidagi dars;




  • maktab jug`rafiya moydonchasida o`tkaziladigan dars;

  • takrorlovchi va umumlashtiruvchi dars.

Darsning qaysi tipi tanlanmasin, uning muvoffaqiyatli o`tkazilishi o`qituvchining sistemali va har tomonlama tayyorlanishiga bog`liqdir.


O`qituvchi yaxshi darsga butun umr tayyorlanadi. Kasbimizning ma`naviy hamda falsafiy asosiy va mehnatimizning texnologiyasi shunaqa: o`quvchilar oldida bilim chaqmoqlarini ochish uchun o`qituvchi inson donoligidan, bilimlar quyoshning abadiy yorituvchi nurlaridan bir daqiqa ham ketmasdan yorug`liq dengizini yoritishi kerak. Dars bu o`qituvchining umumiy va pedagogik madaniyatining ko`zgusi, intelektual boyligining o`lchovi, uning bilim doirasi, bilimdonligining ko`rsatgichidir.
Geografiya darslariga qo`yiladigan umumiy talablar qo`yidagi vazifalardan kelib chiqadi: o`quvchilarni tabiatdagi umumiy o`zgarishlar to`g`risida, o`z o`lkasining tabiati to`g`risida, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi to`g`risida, yerning shakli va rel`efi to`g`risida, odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to`g`risida bilimlar bilan qurollantirish; botanika, jo`g`rofiya, yuqori sinflarda anatomiya bo`yicha o`quv matyerialini o`zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o`quv va ko`nikmalarni shakllantirish; o`qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish; Geografiya o`rganishda qiziqishni shakllantirish.
Geografiya darslari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy birligini ta`minlaydi. Ayniqsa Geografiya darslari ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun boy matyerial beradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin