G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə109/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

psixologik talablar. Geografiya darsining reja va konspektini tuza turib, o'qituvchi har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini, ya’ni:

  • tafakkur tipini (ijodiylikni yoki yo'qimli);




  • xotira turini (ixtiyoriy yoki beixtiyoriy);




  • tanib olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash uquvini;




  • diqqatning mavjudligini (o'rganilayotgan narsaga fikrlarini jamlash qobiliyatini), xayolini (ijodiy qobiliyatini), irodasini (o‘z oldiga uzoq va yaqin maqsadlar qo‘ya olishi va ularga erisha bilishini), hissiy faolligini hisobga olishi kerak.

Shu bilan bir qatorda o'qituvchining psixologik holati darhol o'quvchilarga ta’sir ko'rsatishini ham hisobga olish kerak. Bunday psixologik holat ekskursiyalar, kuzatishlar, amaliy ishlar, o'qituvchining hayajonli hikoyalari vaqtida vujudga keladi. Shunga ko'ra o'quvchilar shaxsiga ta’sir ko‘rsatish, ularni bajargan ishlarida idrokiy xursandchilik va qanoatlanish beruvchi o‘quv faoliyatiga jalb qilish darsda
o'qituvchi faoliyatining zarur tomonidir. O'qituvchining kayfiyati, uning saranjomli, e’tiborli bo'lishi yoki aksincha serzarda, parishonxotir bo'lishi bolalarga ta’sir etadi. Shunga ko‘ra pedagogik odobga rioya qilish darsning pedagogik muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim talablardan biridir.

  1. gigiyenik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritis me’yoriga va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o‘qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning jismoniy va aqli jihatdan charchashining oldini olish uchun o'quv ishidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo‘lishidan ehtiyot bo'lish nazariy materialni har xil sezgi a’zolarini ishga jalb etish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak.

Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqlar ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallarni ishlatish, darslik bo’yich murakkab bo‘lmagan topshiriq va mashqlarni bajarish bilan almashinishi kerak. Shuningdek, amaliy topshiriqlarni bajarishda shaxsiy gigiyena masalalariga alohida e’tibor berish zarur.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin