Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o‘quvchilaming har xil topshiriqlar va geografiyaning boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek, tabiat jismlari hamda hodisalarining o‘zaro bog'lanishini ochib beruvchi ishlar markaziy o'rinni egallaydi. Bu darslaming tuzilishi quyidagicha bo'ladi: 1) oldinda turgan ishlaming maqsadini, taklif qilingan topshiriqlami bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko‘nikmalarni esga olish 2) o‘quvchilaming topshirilgan ishlarni bajarishlari; 3)
o'qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi; 4) uyga vazifa berish.
Bilim, uquv va ko‘nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish shuningdek, yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o‘quv-tajriba maydonidagi ishlar (ko‘p yillik gulli — manzarali o'simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo'lish yo‘li bilan ko‘paytirish rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xon o‘simliklarini o‘tqazish va ko'paytirish, qulupnay ko‘chatlarini o'tqazish, tuproqni yumshatish va hokazolar) yoki tabiatdagi
o'simlik zararkunandalari bilan tanishish.
Bu tipdagi darslarda ekskursiyalar yoki tabiiy obyektlar ustida uzoq kuzatishlar jarayonida o'zlashtirilgan bilimlarni qayta tiklash maqsadida ilgari o'quvchilar tayyorlagan albomlardan, surat sxema, diafilmlardan foydalanish mumkin.
Оquv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarninigina emas, balki aniq uquv va ko'nikmalar egallashda ham o'quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi O'quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o‘rganishga, o‘simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo'jaligi ish qurollari bilan ishlashga o'rgatish imkoniyatini beradi. Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo'yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilishs elementlari — tashkiliy qism, o'qituvchining yo‘l-yo‘riq berish o'quvchilarning mustaqil ishlashidir.
sinf o'quvchilari o‘quv-tajriba maydonchasidagi darslar mehnat ta’limi bilan bog'liq holda, 3- 4- sinflar - geografiya kursini o‘rganish bilan bog'liq holda o‘tkazadilar. Boshlang'ich sinflarning o'quvchilari о‘quv-tajriba maydonchasida sabzavot va manzarali o'simliklar bilan ish olib boradilar. Tajribalar va ular bilan bog'liq bo‘lgan kuzatishlar, ekskursiyalar agrotexnik va texnik-texnologik ma’lumotlar, shuningdek, o‘quvchilar olishi kerak bo‘lgan zarur o‘quv va ko‘nikmalar dasturda ko‘rsatilgan. Tajribalarni o‘tkazish rejasi geografiya darsligida aks ettirilgan, shunga ko’ra o‘quv-tajriba maydonchasidagi darslarning eng muhim xususiyatlarini belgilab o'tamiz.
Bu tipdagi darslar boshqa har qanday dars kabi puxta o‘ylanga reja asosida aniq belgilangan mazmunda o‘quvchilaming o‘quv materialini qabul qilib olishni va o‘zlashtirishni ta’minlovchi xilma xil metod va uslublar qo'llanishi bilan olib boriladi, ammo ular har doim suhbat bilan boshlanadi, shu asnoda o'qituvchi dars mazmuni va vazifasini tushuntiradi. Keyin amaliy ish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan material (urug‘lar, ko‘chatIar) o‘rganiladi va shu darsda kerak bo'ladigan ilgari o'tilgan bilimlar takrorlanadi.
Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi metodik talablarga muvofiq olib boriladi. O‘rganiladigan material (urug‘lar, ko‘chatlar, o‘simliklar) tabiiy holda
ko'riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilan bog'liq yo‘l-yo‘riqlar beriladi, so‘ngra o‘quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar.
Maktab oldi maydonchasidagi mashg'ulot rejasini keltiramiz:
dars o‘tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo'yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o‘qituvchining tushuntirishi, o'qituvchining ish uslublarini ko‘rsatishi, suhbat, ko'rsatilgan uslublarni o‘quvchilar tomonidan takrorlanishi, sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o‘simliklarni parvarish qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish);
yakuniy suhbat.
Dars boshlanishidagidek tashkiliy ravishda tugallanishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga barcha ish qurollarini to‘plashni, ularni tozalab, ko‘rsatilgan joyga qo'yishni taklif qiladi. Vaqtning bir qismi o‘quvchilarning o‘zlarini tartibga keltirib olishlari ust va oyoq kiyimlarini tozalashlari, qo'llarini sovun bilan yuvishlari va hokazolar uchun qoldiriladi.
Darsni muvaffaqiyatli o'tishi va qat’iy intizomga erishish uchun o‘qituvchi yana ish boshlangungacha har bir o'quvchiga mehnat qiladigan maydonchani ko‘rsatadi, shuningdek, kerakli individual ish qurollarini va ekish materialini beradi. Har bir o'quvchi ish bilan band bo‘lishi lozim, ish natijalari dars oxirida tekshirilishi va baholanishi kerak.
Maktab geografiya maydonchasida o‘tkaziladigan dars. Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko‘p qismini maktab oldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o'tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntirishi va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan murakkab mavzular o‘rganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktaboldi maydonidagidek bo'ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga «Tabiatda suv» mavzusidagi dars misol bo’lishi mumkin.
Buning uchun maydonchaga suv keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo'liga har xil to'siqlar qo‘yilsa, qirg'oqlarning yuvilish orollarning hosil bo’lish, daryoning oqimi, irmog'i va quyilish manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o‘quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko‘ringani uchun, yotiq va tik yonbag‘irliklarini qarab chiqadilar, keyin o'zlari qumda tepalik modelini tayyorlaydilar.
Shuningdek, soyni uning yaxshi ko’rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o‘ng va chap qirg'oqlari bilai modellashtirish mumkin.
Bunda o'quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligin aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o'lchashga ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o‘rganadilar tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o'quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo'yicha aniqlash quruqlik yuzasining shakllari, tog'lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog‘liqdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi dars odatda mavzi o'rganilgandan keyin o‘tkaziladi. Uning didaktik maqsadi ilgari o'tilgan qator darslar mazmunini bir- biriga bog‘lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va umuman, mavzu bo‘yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlarini: yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagan ko’rgazmali qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim.
O‘qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi (o‘rganilgan mavzu bo'yicha savollar ro'yxatin tuzish, umumlashtiruvchi jadval o‘ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlaming o'zlashtirilganligini chuqurroq tekshirishi uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan shuningdek, o‘quvchilar tomonidan avval tayyorlangan albomdan foydalanishi mumkin. O‘quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o'yin elementlari bor.
Dostları ilə paylaş: |