Ma’lumki, geografiya fanining rivojlanishi o‘zining uzoq o'tmishiga ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo‘lmay turib, o‘simlikshunoslik va chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish
mumkin emas. Geografiya fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon tabiat fanlarining o‘rni beqiyosdir.
Inson g‘or va chaylalarda yashab, o‘zining kundalik ehtiyojlari uchun yovvoyi hayvonlarni ovlab, tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq tabiiyot (ya’ni tabiat) fanining ilk kurtaklari vujudga kelgan va har xil ifodali tasvirlarga ega bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib ov manzaralari, ovlanadi- gan hayvonlar va o‘simliklar shakllari har xil toshlarga o‘yib yozilgan va mulk sifatida avlodlardan-avlodlarga myeros qilib qoldirilgan.
Inson hayot kechirishining zaruriy omili bo‘lib hunarmandchilik yuzaga kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog‘ochlar bilan hayvonlar ovlangan, tirikchilik qilingan, ularning mahsulotlaridan zarur buyumlar yasagan, bu o‘z navbatida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib kelgan.
Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida oromiy yozuvi, so‘ng sug‘d, baqtriya va urxun-yenisey yozuvlari vujudga keldi. Keyinchalik yozuvlar muttasil o‘zgarib, takomillashib bordi. Shu bilan birga tabiat, borliq, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya va chuqurlasha bordi, tabiiyot fanlari, u o‘rganayotgan jarayonlar hamda hodisalar haqidagi tushunchalar ham takomillashdi.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Farobiy, Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarimizning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu mutafakkirlarning asarlari astronomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, musiqa, metrologiya, topografiya, harbiy fanlar, axloq, siyosat bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik, ov san’ati, tibbiyot va tabiiyot kabi fanlarning rivojlanishiga ilmiy asos bo'ldi.