G’. M. Sayfullayev


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə14/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


1 .Galaktika nima va megagalaktikadan qanday farqlanadi?
2.Nima uchun koinotni cheksiz deymiz va u qanday jismlardan tashkil topgan? 3.Sayyoralar qanday belgilari bilan yulduzlardan farq qiladi?

  1. Sayyoralar deb nimaga aytiladi?

  2. Quyosh sistemasi nimalardan tashkil topgan? 6.Quyoshning tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?

7. Sayyoralar qanday vujudga kelgan? 8.Oyning tuzilishi haqida nimalarni bilasiz?


  1. MAVZU: YER, UNING SHAKLI VA HARAKATI.


Tayanch tushunchalar: atmosfera, relief, Quyosh, kosmos, sayyora, geosfera, meridian, xarita, globus.
    1. Yer. Yerning shakli.


Yerning o‘z o‘qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi. Kun va tun almashishi.
Yil fasllarining almashishi.
Yer Quyosh sistemasidagi organik hayot mavjud bolgan yagona sayyoradir. U Quyoshdan o‘rta hisobda 149,6 mln.km. uzoqda joylashgan sharsimon jismdir. Yer shari uzoq davom etgan evolutsion jarayon natijasida shakllangan bo‘lib, uning geosferalari vujudga kelgan. Bu geosferalarga uning havo qatlami - atmosfera, suv qatlami - gidrosfera, qattiq qatlami - litosfera kiradi.Yer sharining bu sferalari bir- biridan ajralgan holda emas, balki o‘zaro uzviy aloqada va bir-biriga ta’sir etgan holda rivojlanib, taraqqiy etgan. Oqibatda geografik qobiq (biosfera) yoki hayot qobig’i vujudga kelgan.Yer yuzasining hozirgi qiyofasini vujudga kelishida o‘sha geosferalaming o‘zaro modda va energiya almashinuvidan tashqari у ana Yer bilan kosmos o‘rtasidagi aloqaning ham ahamiyati katta. Yer Quyosh atrofida aylanayotganda yo‘lida uchragan mayda zarrachalami ilashtirib oladi, so‘ngra ular Yerga cho‘kadi, natijada Yer massasi orta boradi. Yer shari vujudga kelgan davrdan buyon kosmosdan tushgan zarrachalar Yer po‘sti massasining 1/500 qismini tashkil etdi. Agar kosmosdan tushgan moddalar Yer yuzasidagi jismlar bilan aralashib ketmaganda edi, Yer yuzasidagi qalinligi 2-3 sm li qatlam hosil bo‘lar edi. Yer geosferalarida modda va energiya almashinuvida ayniqsa, geografik qobiq taraqqiyotida Quyosh energiyasining ahamiyati juda katta. Quyoshdan kelayotgan energiya tufayli geosferalardan modda almashinuvi sodir bo‘lib, suv parlanib, atmosferaga ko‘tariladi. Atmosferadagi suv yong‘in tariqasida yana Yer yuzasiga tushadi va uning bir qismi Yer po'stiga singib ketsa, bir qismi organizm tomonidan o‘zlashtiriladi, Quyoshning nuri ta’sirida va suvning ishtirokida yashil o‘simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi, oqibatda atmosferadagi gaz balansini tartibga solib turadi. Bu jarayonlar tufayli Yer po‘stini nuraydi, yemiriladi, natijada Yer yuzasining ustki qismi (relyefi) o‘zgaradi.
Yer yuzasining geografik qobig‘ida sodir bo‘ladigan tabiiy geografik jarayonlar yana uning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishi oqibatida ham sodir bo‘ladi. Har bir jismning, xususan Yerning harakati uning shakli va ko‘lamiga bog’liq. Shu sababli Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishidan oldin uning shakli, ko‘lami va Yer yuzasi holatini bilish kerak. Agar yer yuzasiga nazar tashlasak, u tekis, bir xil bo‘lmasdan, juda murakkab tuzilib, okean, dengizlardan, pastlik, tekislik, botiq, qir, adir, yassi tog’ va tog‘lardan tashkil topgan materiyadan iborat. Shu sababli, Yer yuzasining o‘sha murakkab tuzilgan xususiyatlarini aniq hisobga olib, uning shaklini aniq belgilash juda qiyin shu tufayli Yer shakli haqida fikr yuritilganda uning yuzasini, murakkab tuzilishini hisobga olib, umumlashtirib, sharsimon deb tushunish shu sohada erishishgan birinchi qadamdir.
Yerning shakli va kattaligi. Bundan 2500 yil ilgari yunon olimlari Pifagor va Aristotel (Arastu) Yer yassi emas, aksincha dumaloq, shar shaklida degan fikmi bildirgan. Endilikda Yerning shar shaklida ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Yerning shar shaklida ekanligini isbotlovchi dalillar ko‘p:
Quyosh chiqayotganda eng avvalo Yer yuzasining baland joylarini, chunonchi, tog’larni, tepaliklarni, daraxtlaming uchlarini, so‘ngra past yerlami yoritadi. Quyosh botayotganda ham uning so‘nggi nurlari baland yerlami yoritib turadi
Kema qirg‘oqdan uzoqlashib ketayotganda dengiz yuzasining dumaloqligi tufayli kemaning tanasi va oxirida machtalarning uchlari ko‘zdan g’oyib bo‘ladi

  1. uzoqdan kelayotgan teplovozning avval tutuni, so‘ngra o‘zi ko'rinadi;

  2. yuqoriga ko'tarilgan sari gorizont chizig‘ining kengayib borishi ham Yerning shar shaklida ekanligi oqibatidir. Masalan, tekis yerda turgan kuzatuvchi 4- 5 km masofadagi narsalami ko‘ra oladi. Agar u 20 m ko‘tarilsa -16 km, 100 m ko‘tarilsa - 36 km, 10 000 m ko‘tarilsa - 357 km masofadagi narsalami ko‘ra olishi mumkin;

  3. Oyning tutilishi ham Yerning shar shaklida ekanligini isbotlaydi. Oy bilan Quyosh orasiga Yer kirib qolsa, uning soyasi Oy yuzasini doira shaklida qoplab oladi va natijada Oy tutiladi. Oy yuzasida paydo bo‘ladigan Yer soyasi planetamizning shar shaklida ekanligini isbotlaydi;

  4. dunyo aylana o‘tkazilgan sayohatlar ham Yerning shar shaklida ekanligini isbotlab bergan. Agar Yer shar shaklida bo‘lmaganda edi, sayyohlar yana o‘z joyiga qaytib kelmagan bo‘lur edi;

  5. nihoyat, Yeming shar shaklidaligini kosmik raketalar va kosmonavtlaming parvozi uzil-kesil isbotlab berdi. Kosmonavtlar Yer atrofidan aylanib parvoz qilar ekanlar, planetamizning sharsimonligini o‘z ко'zlari bilan ko‘rdilar. Kosmonavtlaming kosmosdan olgan fotosuratlari Yeming sharsimonligini ochiq- oydin ko'rsatib berdi.

Yer shaming ko‘lami haqidagi dastlabki ma’lumotlami qadimgi yunon, arab va O‘rta Osiyolik olimlaming asarlarida uchratish mumkin. Miloddan oldingi П asrda yashagan yunon olimi Erotosfen hisobiga ko'ra, Yer aylanasining uzunligi 39 000 km.ga teng. U Misrning Siyena (hozirgi Asvon) shahri bilan Iskandariya shaharlarida 22-iyunda Quyosh nurining tushish burchagini o'lchadi. Siyena shahrida 22-iyun tush vaqtida Quyosh 90° burchak hosil qilib tik tushsa, shu vaqtda undan 5 000 stadiya shimolda joylashgan Iskandariyada 82° 48’burchak bilan tutashgan, oraliqdagi farq 7° 12’ ga teng edi. Eratosfen bu ikki shahar orasidagi masofani 7° 12’ ga taqsimlab, uni 360° ga ko'paytiradi, bu esa Yer shari aylanasining uzunligini ko‘rsatar edi: 5000 X 360° -250000 stadiya (ya’ni 39000-yoki 46000 km) 0‘rta asrlarda Yeming ko‘lamida Muso Xorazmiy va Beruniy ham hisoblab chiqargan. Abu Rayhon Beruniy tekis yer ustida qad ko‘targan tog‘ tepasidan turib astrolyabiya asbobi bilan gorizontning pasayish burchagini o‘lchagan. Shunday qilib, u tog‘balandligini va gorizontning pasayish burchagi asosida l° yoyining uzunligini va Yer radiusini hisoblab chiqargan. Beruniy hisobiga ko‘ra, 1° meridian yoyining uzunligi 56,6 arab miliga teng (hozirgi hisobda esa 111,6 km). Demak, Beruniy hisobicha, Yer meridian aylanasining uzunligi 40183 km, bu esa hozirgi hisobdan (40 008,5 km) juda kam farq qiladi. Yeming shakli ikki o‘qli ellipsoid emas, balki uch o‘qli ellipsoid ekan. Chunki yer sharining faqat ikki qutbining siqiqligidan tashqari, uning ekvatori ham to‘g‘ri aylana emas, balki ellips shaklida
bo‘lib, ekvatorial siqiqligi 213 m ga teng.
Yeming sharsimonligi va aylanishi tufayli Quyosh nuri uning hamma joyiga bir xil tushmasligi hamda isitmasligi oqibatida geografik qobiqda tabiat komponentlarining zonallik hodisasi vujudga kelgan. Yer sharsimonligi tufayli gravitatsion energiya quvvati (dunyo tortilish kuchi) uning hamma qismida bir xil emas. Agar markazdan qochish qutblarda 0 bo‘lsa, ekvatorda u maksimumga yetadi, aksincha og‘irlik kuchi ekvatordan qutblar tomon ortib, qutblarda maksimumga yetadi. Demak, markazdan qochish kuchi bilan tortish kuchining super holati og'irlik kuchini vujudga keltiradi. Og'irlik kuchining Yeming turli qismlarida har xil bolishi esa yer sharida sodir bo‘ladigan barcha tabiiy hodisa va jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Yeming tortish kuchi tufayli uning havo va suv qatlami mavjud bo‘lib, u navbatida geografik qobiqda modda va energiya almashinuvini vujudga keltiradi. Yer sferoiddan farq qilib geoid shakldaligi, yuzasining materik va okeanlardan, tog‘ va tekisliklardan iboratligi geografik qobiqdagi zonallikning ba’zan buzilishiga sabab bo‘luvchi muhim omillardan biridir.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin