G’. M. Sayfullayev


Yerning o‘z oqi atrofida aylanishi va Quyosh atrofida aylanishi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə15/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Yerning o‘z oqi atrofida aylanishi va Quyosh atrofida aylanishi.


Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Yer shari o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon aylanadi. U o‘z o‘qi atrofini 23 soat 56 daqiqa 4 sekundda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Yeming yana shu o‘z o‘qi tevaragida aylanib chiqish vaqti sutka deb aytiladi. Sutka yaxlit qilib 24 soat deb olingan. Yer aylanishining burchak hisobidagi tezligi uning hamma qismida teng, u bir soat vaqt ichida 15° siljiydi (3600:240=15°), Lekin yer aylanishining masofa hisobidagi tezligi bir yil emas, turli parallellar uchun turlichadir. Agar ekvator atrofida u sekundiga 464 m tezlikda aylanib katta doira hosil qilsa, undan har ikkala qutbga borgan sari aylanish tezligi sustlashadi va kichik aylana yasaydi. Yer o‘qining uchida joylashgan ikki nuqta (shimoliy qutb va janubiy qutb) Yeming sutkalik harakati jarayonida bir joyda harakatsiz turadi, ya’ni Yeming boshqa nuqtalari singari aylana yasamaydi. Kishilar yer sharida yashasalar ham uning aylanishini sezmaydilar. Buning sababi shundaki, Yerdagi hamma narsa - havo ham, kishi ham, yer bilan birga bir xil tezlikda aylanadi. Lekin bizga go‘yoki osmon jismlari aylanayotgandek tuyuladi. Aslida esa osmon jismlari emas, balki Yer harakat qiladi. Natijada kecha va kunduz almashinib turadi,
ya’ni Yering quyoshga qaragan tomonida kunduzi, teskari qismida esa kechasi bo‘ladi. Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishining quyidagi isbotlari va undan kelib chiqadigan geografik oqibatlari mavjud.

  1. Fuko tajribasi. Frahsuz fizigi Fuko 1851-yili Yer sharining sutkalik harakatini birinchi bo‘lib tajribada isbotlagan. U Parijdagi eng baland bino - Panteonda quyidagicha tajriba o'tkazgan: binoning gumbaziga uzun, ingichka sim osib, simning uchiga og‘ir mis shar bog’lagan va bu mayatnikning tagiga doira yasab qum sepib qo'ygan. So‘ngra mayatnik uchini qumga tegizib, harakatga keltirgan. Biroz vaqt otgach, mayatnikning qumga tekkan uchi bir necha iz (chiziq) qoldirgan. Bunday bir-biridan burchak bilan farq qiluvchi chiziqlar (yo‘llar) hosil bolishiga sabab mexanikadan ma’lumki, erkin harakat qilayotgan jism (mayatnik) ga tashqaridan tazyiq bo‘lmasa o‘z yo'nalishini o‘zgartirmaydi. Demak, mayatnik yo‘nalishini o‘zgartirgan etnas, balki uning tagidagi tekislik g'arbdan sharqqa tomon aylanmoqda: natijada mayatnikning dastlabki izi bilan keyingi izlari orasida farq (burchak) hosil bo‘lgan. Mayatnik bir soatda 15°, 24 soatda esa 360° hosil qilgan. Chunki Yer shari 24 soatda o‘z o‘qi atrofmi bir marta aylanib chiqadi.

  2. Yer geoid shaklga ega, ya’ni qutblari siqiq, ekvator atrofi qabarib chiqqan. Bu - Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi orqasida bo‘ladigan markazdan qochirma kuch natijasida hosil bo‘lgandir. Ekvator ustida markazdan qochirma kuch katta, qutblarga borgan sari kamayadi, qutblarda esa nolga teng bo‘ladi;

  3. yuqoridan tashlangan jism yer yuziga tekkuncha sharqqa tomon bir oz og‘adi. Agar 158,5 mm sharqqa tomon buriladi. Yer shari harakat qilmaganda edi, bu jism to‘g‘ri tushgan bo'lur edi. Yuqoridan pastga tushayotgan jismning sharqqa og’ishiga sabab yuqorida pastroqdagiga nisbatan Yer aylanishi tezligining ortiq bo‘lishidir;

  4. Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli shamollar va oqimlar dastlabki yo‘nalishiga nisbatan shimoliy yarim sharda o‘ng tomoniga, janubiy yarim sharda esa chap tomonga buriladi;

  5. Akademik K.M.Ber qonuniga ko‘ra, daryolar qaysi tomonga oqishidan qatiy nazar shimoliy yarim sharda ko‘proq o‘ng qirg'og’ini, janubiy yarim sharda

esa chap qirg‘og‘ini yuvadi. Ber qonuni deb atalgan bu hodisaning sababi shundaki, yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan- sharqqa aylanadi;

  1. Yerning sutkalik aylanishi va Oyning tortish kuchi ta’sirida Yer elastik ravishda “deformatsiyalanib”, cho‘zinchoq tuxum shaklini oladi. Bu vaqtda Yerning Oyga qaragan va teskari tomonlardagi suv yuzasi ko‘tariladi. Yerning Oyga qaragan tomoni Oyning tortish kuchi ta’sirida ko‘tarilsa, teskari tomoni, aksincha, markazdan qochirma kuch sababli ko‘tariladi. Bu ikki ko‘tarilgan nuqtalar orasidagi suv yuzasi esa Yer - Oy chizig‘iga perpendikular holda pasayadi.

Oy sutkasi (24 soat 50 daqiqa) davomida dengiz suvi ikki marta ko'tariladi va ikki marta pasayadi. Demak, suv ko‘tarilishi va qaytishi orasidagi vaqt 6 soat-u 12 daqiqa, 30 sekundga teng. Yer oz o‘qi atrofida aylanishidan tashqari, yana sekundiga o'rtacha hisobga 29,76 km tezlikda Quyosh atrofida ham aylanadi. Yeming Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqish davri 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 sekundga teng. Yeming Quyosh atrofida to‘la bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt yil deb aytiladi. Yeming Quyosh atrofida aylanadigan yo‘li orbita deb yuritiladi va uning uzunligi 930 min. km ga teng. Yer orbitasining shakli ellipsga o‘xshaydi. O'sha ellips fokuslaridan birida Quyosh turadi. Yer 3-yanvarda Quyoshga eng yaqin keladi, bu holat perigeliy deb ataladi; perigeliyda Quyosh bilan Yer orasidagi masofa 147 min. km ga teng. Aksincha, 5-iyulda esa Yer quyoshdan eng uzoqda 152 min. km masofada bo‘ladi, bu holat afeliy deb ataladi.
Yeming Quyosh atrofida to‘la aylanib chiqishi uchun ketgan 365 kun 5 soat 48 daqiqa va 46 sekund vaqtni yaxlitlab 365 kun 6 soat deb hisoblaydilar (bunda har yili 11 daqiqa 14 sekund xato bo‘ladi). Lekin yilni oylarga bo‘lsa o‘sha 6 soat ancha noqulaylik keltirib chiqaadi. Shu noqulaylikdan qutilish uchun har to‘rt yilning uch yilini 365 kun, to'rtinchi yilini esa 366 kun deb qabul qilingan. Chunki to‘rt yilda yig‘ilgan soatlar (6x4-24) bir sutkani tashkil etadi va u to‘rtinchi yilga qo‘shiladi. Shu sababli o‘sha to‘rtinchi yilning fevral oyi 29 kun bo‘lib, kabisa yil deyiladi.
Yer Quyosh atrofida aylanayotganda o‘z orbita tekisligiga (66° 33’ 15”) og‘ishganligi o‘z navbatida yil fasllarini vujudga keltirib chiqaradi. Agar Yer o‘qi orbita tekisligiga perpendikular bo‘lganda edi, unda Yer yuzasining hamma joylari
doimo bir xil isitilgan va yoritilgan bo‘lur edi. Quyosh nuri esa ekvatorga doimo tik tushib, undan shimol va janubga tomon kamayib borar, kecha va kunduz doimo teng (12 soat) hamda doimo bir xil yil fasli hukmron bo'lur edi. Faqat Yerning Quyosh atrofida o‘z orbita tekisligiga og‘ishgan holda aylanishi tufayligina Quyosh nurining tushish burchagi o‘zgarib, yil fasllari almashinib turadi.
21-mart va 23-sentabrda Yer o‘qining og‘ishligi Quyoshga nisbatan neytraldir. Shu sababli Quyosh nuri ekvatorga tik tushib, shimoliy va janubiy yarim sharlami bir xilda yoritadi va isitadi hamda kun ham, tun ham 12 soatga teng bo‘ladi. Shu tufayli 21-martni bahorgi 23-sentabmi kuzgi kun-tun tengligi deb ataladi.

  1. iyunda Yer sharining shimoliy qutbi Quyoshga qaragan bo‘lib, shimoliy yarim shar janubiy yarim sharga nisbatan Quyoshdan ko‘proq yorug‘lik va issiqlik oladi. Bu kuni Quyosh nuri ekvatorga emas, balki 23° 30’shimoliy kenglikka tik tushadi.

Shu tufayli 21-iyunda kunduzi shimoliy yarim sharda eng uzun, janubiy yarim sharda eng qisqa bo‘ladi. Ekvatorda esa kun bilan tun teng bo‘ladi. Lekin bu vaqtda shimoliy yarim sharda yoz, janubiy yarim sharda esa qish fasli bo‘lib, 66° 30’shimoliy kenglikdan shimolda Quyosh uzoq vaqt yoritib turadi va qutb kunduzi bo‘ladi, aksincha 66°33 janubiy kenglikdan janubda esa uzoq vaqt Quyosh ko‘rinmasdan qutb tuni bo‘lib turadi.

  1. dekabrda esa Quyosh ko‘proq janubiy yarim shami isitadi va yoritadi. Shu tufayli bu kun Quyosh nuri 23° 30 Janubiy kenglikdagi yerlarga tik tushadi. Janubiy qutb doirasidan qutbgacha bo‘lgan joylarda Quyosh uzoq vaqt botmaydi, aksincha, shimoliy qutb atroflarida uzoq vaqt davomida quyosh ko‘rinmaydi. Bu paytda shimoliy yarim sharda qish bo‘lib, kun qisqa, tun esa uzun, aksincha janubiy yarim sharda yoz bo‘lib, kun uzun bo‘ladi.




    1. Yüklə 0,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin