G’. M. Sayfullayev


Globus. Xarita. Oy uning fazalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə17/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Globus. Xarita. Oy uning fazalari.


Globus Yer sharining modeli bo‘lib, unda Yerning sharsimonligi to‘g‘ri ifodalanadi. Globusda masshtab uning hamma qismida bir xil bo'ladi. Kartalarda esa tasvirlangan obyektning masshtabi kartaning turli qismida turlicha bo‘ladi. Kartadagi xatolar yerning do‘mboq yuzasini tekis qog‘ozda tasvirlashdan kelib chiqqandir. Kartadagi xatolarning xarakteri va katta-kichikligi ularning kartografik to‘riga bog‘liq. Globusda meridianlarning hammasi bir-biriga teng va parallellar bilan kesishganda to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Kartada esa meridianlar va parallellar orasidagi kartalarning shakli va hajmi bir xil bo‘lmaydi.
Binobarin, bu maydonlami kartada tasvirlashda ma’lum xatoga yo‘l qo‘yiladi, Globusda geografik obyektlar uning hamma qismida xatosiz beriladi. Lekin globusning sharsimon yuzasini tekislikda yoyilganda qat-qat bo‘lib, uzilib ochiq
qolgan joylarsiz ko‘rsatish mumkin emas.
Dunyoda ilmiy jihatdan aniq, puxta bo‘lgan globusni birinchi marta Martin Berxaymdan 500 yil ilgari 995-yili 0‘rta Osiyolik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ishlagan. Beruniy globusida gradus to‘rlari yaxshi ifodalanib, unda dengiz va okeanlar, materiklar hamda orollar, aholi yashaydigan joylar to‘g‘ri tushirilgan. Beruniy globusidan gradus to‘rlari yordamida ma’lum obyektlar orasidagi masofalamiva hatto ulaming geografik koordinatalarini bemalol aniqlash mumkin bo‘lgan.
Kartografik proyeksiyalar. Yer yuzasining obyektlarini kartada (tekislikda) aniq tasvirlash usullarini kartografik proyeksiyalar deyiladi. Demak, geografik karta yer yuzasining tekislikda muayyan kartografik proyeksiyada va masshtabda shartli belgilar bilan kichraytirilgan tasviridir.
Karta tuzish uchun bir necha xil proyeksiyalar ishlatiladi. Ba’zi proyeksiyalarda maydonning shakli (katta-kichikligi va chiziqlar uzunligi haqiqiy masshtabdan farq qiladi, lekin burchaklar chiziqlaming yo‘nalishi kartaga to‘g‘ri tushiriladi. Bunday proyeksiyalar teng burchakli proyeksiyalar deb aytiladi. Boshqa proyeksiyalarda esa burchaklar noto‘g‘ri ko‘rsatiladi, lekin maydonlaming katta- kichikligi birmuncha to‘g‘ri beriladi. Bunday proyeksiyalar teng maydonli proyeksiyalar deb yuritiladi. Uchinchi xil proyeksiyalarda esa chiziqlar, burchaklar va maydonlar noto‘g‘ri tasvirlanadi. Ammo bundagi xatolar teng burchakli vaqt eng maydonli proyeksiyalarga qaraganda kamroq bo‘ladi. Bunday proyeksiyalar ixtiyoriy proyeksiyalar deyiladi.
Kartalardagi xatoliklar - burchak, uzunlik, maydon va shakl kabi xatoliklardan iborat: burchakning kartadagi miqdori joyda o‘lchangan burchaktarga to‘g‘ri kelmaydi; kartaning turli qismlarida o‘lchangan masofalar (uzunlik) bir xil masshtabga (uzunlikka) ega emas; obyektlaming kartada tasvirlanish shakli va maydoni yer yuzasidagi haqiqiy obyektning shakli va maydoniga to‘g‘ri kelmaydi.
Globusning graduslar to‘rini kartaga o‘tkazishdagi xatoliklar eng avvalo uni yordamchi geometrik yuza (konussimon, silindrik sirtga va boshqa.) yordamida o‘tkazib (tushirib), so‘ngra tekis yoyilishidan kelib chiqadi, globusning graduslar
to‘rini kartaga geometrik sirt yordamida tushirib, so‘ngra tekis yoyishning bir necha usullari mavjud. Geografik obyektlami kartada (tekislikda) ko‘rsatishda yordamchi geometrik sirtlaming turlariga (tuzilishiga) qarab ulami quyidagi kartografik proyeksiyalarga ajratish mumkin: azimutal, silindrik, konussimon, shartli (M.D.Solovev) yoki egri perspektiv silindrik.
Neptun Quyoshdan uzoqda joylashib, uning atrofini 164 yil 280 sutkada aylanib chiqadi. U Quyoshdan kam enirgiya olinganligi sababli temperaturasi past bo‘lib, - 200°C. uning atmosferasida metan va vodorod borligi aniqlangan. Neptun sayyorasining ichki tuzilishi jihatidan Uranga o‘xshash deb taxmin qilinmoqda. Uning ikkita (Triton va nereyda) yo‘ldoshi bor.
Pluton yer osti qorong‘ulik xudosi nomi bilan ataladi. U 1960- yil kashf etilgan bo‘lsada, lekin Quyoshdan uzoq joylashganligi sababli hali o‘rganilgan emas. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra Pluton Quyoshdan 5929 min km uzoqda joylashib, o‘z o‘qi atrofida juda tez (6 sutka 9 soat 21 daqiqa 30 sekund ) aylanadi, aksincha Quyosh atrofini sekin, ya’ni 249,7 Yer sutkasida bir marta aylanib chiqadi.
Pluton atmosferasi va uning tuzilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning atmosferasi asosan geon gazidan tuzilgan bo‘lib, temperaturasi juda past 230°C ga teng.
Oy. Oy osmon jismlari ichida Yerga yaqin kosmik jismdir. Oy Yerning tabiiy yo‘ldoshi, uning diametrik yemikidan to‘rt marta, massasi 81 marta kichik. Oyning o‘rtacha zichligi 3, 3 bo'lib, yernikidan kamdir.
Oyning Yer atrofida aylanish davriga siderik oy yoki yulduz oyi deyiladi; u 27,3 sutkaga teng. Oyning Yer atrofida Quyoshga nisbatan aylanish davriga sinodik oy deyiladi va 29, 5 sutkaga teng. Sinodik oy-oyning bir xil fazalari orasidagi o‘tgan vaqtdir.
Oyda havo va suvning yo‘qligini so‘ngi vaqtlarda kuzatishlar tasdiqlamoqda. Oyda bulut, tuman, kamalak yo‘q. Shuningdek, oyda radiatsion mintaqalar yo‘q, lekin radioaktiv elementlar mavjud.
Oyda atmosferaning yo‘qligi kun bilan tunning uzoq vaqt davom etishi natijasida kun bilan tun temperaturasi keskin o‘zgaradi va bir biridan katta farq
qiladi. Oy ekvatorining Quyoshga qaragan tomonida temperatura + 110°C issiq bo‘lsa, tungi yarim shar tomonida - 179°C sovuq bo‘ladi.
Amerika astronavtlari Oyda 2,5 m chuqurlikkacha temperaturani kuzatdilar. Oyda temperatura l m chuqurfikdan boshlab pastga tomon ko‘tarila borishi aniqlandi. Bu esa oy ichki qismining o‘ta qizigan massa ekanligidan darak beradi. Oy Yer singari bir necha qismlarga - oy po'sti (55-65 km chuqurlikkacha ), mantiya ( 1000-1100 km) va yadroga bofiinadi. Oy yadrosi taxminan 1000-1100 km chuqurlikdan boshlab, elastik o‘ta qizigan jismlardan iborat. Uning temperaturasi + 1500°C ga yetadi.
“Lunaxod” stansiyasi va amerika astronavtlari keltirgan jinslar namunalari orasida hayot qoldiqlari topilmagan. Shuningdek, oyda erkin kislorod yo‘q.
Oy ko‘proq marganes, kremniy, kalsiy, titan, temir, bazalt, dala shpati kabi jinslardan tarkib topgan. 0‘sha jinslami ba’zilarining yoshi 4,2-4, 6 mlrd. yil ekanligi ham aniqlangan. Demak, oy bundan 4,6 mlrd burun vujudga kelgan.
Oy yuzasiga amerika astronavtlari tomonidan o'matilgan seysmograflaming ma’lumotiga ko‘ra, oy zilzilasi sodir bo‘lib turar ekan. Shuningdek ba’zi vulqon kraterlaridan gazlar ham chiqib turar ekan. Bular oyning ichki qismida tektonik jarayonlar natijasidir, Sovet avtomatik stansiyalari va “Apollon-15” kosmek kemasidagi astronavtlaming ma’lumotlari asosida oyning globusi tuzildi. Bu globusda Oy yuzasining relyefi yaxshi tasvirlangan. Globusdagi qora dog‘lar “ dengizlar “tekisliklami, yorug‘ joylar esa tog‘larni aks ettiradi. Oydagi tog‘laming balandliklari bir necha kelometrga yetib tekisliklami halqa kabi o‘rab olgan. Bu tog’ halqasining ichki qismidagi botiq joylami sirklar yoki kraterlar deb ataladi. Kraterlaming diametri bir necha kilometrdn 250 km gacha yetishi mumkin. Eng katta kraterlardan biri Klavdiy hisoblanib, diametri 234 km, marzasining balandligi 1600 m. Krateming eng past qismida hisoblaganda, marzasi balandligi 4900 m ga yetadi. Oy yuzasida kraterlar ko‘p bulardan eng muhimlari Tixo, Kopemik, Kepler, Prokl va boshqalar bo‘lib Yer Galley kometasi dumidan o‘tgan. Kometaning dumida is gazi ( karbon 2 oksidi) bor bo‘lib, u juda siyrak, Gazlar katta kometa boshida ham nihoyatda siyrak boladi. Yeming kometa nuqtasi bilan to‘qnashishi nihoyatda kam
bo'ladigan voqeadir. Agar Yer kometa yadrosi bilan to‘qnashgan taqdirda ham Yer uchun xavfli emas. Chunki yadrodagi muzlar havoda qizib bug‘lanib ketadi, ozod bo‘lgan qattiq zarrachalar - meteor jinslar esa uchar yulduzlar yoki meteorlar yomg‘irini vujudga keltirishi mumkin, xolos.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin