Ekvatorial radiusi yoki katta yarim o‘q .6372,2 km Qutbiy radiusi yoki kichik yarim o‘q 6356,8 km Ekvatorial radiusi bilan qutbiy radiusi orasidagi tafovut yoki qutbiy siqiqlik 21,4 km Ekvatorial siqiqlik 213 m. Meridian aylanasining
uzunligi 40008,5 km. Ekvator aylanasining uzunligi 40075,7 km Yer yuzining umumiy maydoni 510X106 km2 Yeming hajmi 1,083x1012 km3 Yeming massasi .5976xl021 kg
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli uning shimoliy va janubiy qismida o‘z holatini o‘zgartiradigan ikki nuqta - qutblar vujudga kelgan. 0’sha ikki qutbni birlashtiruvchi chiziqlar meridianlar deyiladi. Yer sharidagi o‘sha ikki qutbdan baravar masofada turadigan doira otkaziladi va bu doira ekvator deyiladi. Bu chiziq Yer sharini ikki yarim sharga - shimoliy va janubiy yarim sharlarga ajratib turadi.
Karta va globusda ekvatoming ikki tomonida unga parallel bo‘lgan xayoliy doiralar chiziladi. Bu doiralar parallellar deyiladi. Har bir parallel ekvator chizig‘idan qancha masofada turishiga qarab graduslar bilan ko’rsatiladi. Ekvatorga 0°, qutblarga 90° deb yozib qo‘yiladi. Bu esa Yer aylanasi chorak qismini tashkil etadi, Yer sharsimonligi tufayli parallellar aylana shakliga ega bo‘lib, ekvatordan qutblar tomon u kichrayib (qisqarib) boradi. Agar ekvatorda 10 parallel yoyining uzunligi 11,3 km ga teng bolsa, 40° parallelda 85,1 km ga, 80° parallelda 19,4 km ga teng bo‘lib qoladi. Aksincha, meridianlaming hammasida ham 1° yoyining globus va kartalarda o‘tkazilgan meridian va parallellar bir-biri bilan kesishib, bir necha kataklardan tashkil topgan to‘rni hosil qiladi va uni geografik to‘r yoki gradus to‘ri deb yuritiladi. Yer sharini xayolan meridian va parallellarga bo‘lib, koordinatalar sistemasini vujudga keltirishning ahamiyati juda katta. Chunki keng- lik va uzunliklardan foydalanib, Yer sharidagi istagan nuqtani topish va aniqlash mumkin. Ekvatorda bir gradus 111,3 km ga, bir daqiqa 1,8 km ga, 1 sekund 30 m ga teng.
Yeming o‘z o'qi atrofida aylanishi tufayli vaqt birligi - sutka vujudga kelgan. Bir sutkada, ya’ni 24 soat ichida Yer sharidagi meridianlaming hammasi birin-ketin Quyosh oldidan bir marta o‘tadi. Quyoshga qarab turgan meridianda tush bo‘lsa, unga teskari turgan meridianda yarim kecha bo‘ladi,
8) Bunday jarayormi Yeming sutkali ritmikligi deyiladi. yeming sutkali ritmikligi uning Quyosh nuri bilan yoritilib turgan kunduzgi qismining о 4a isib ketishidan, aksincha, tungi qismining sovib ketishidan saqlaydi. Yeming sutkalik
harakati tufayli turli meridianlarda bir daqiqaning o‘zida sutka vaqtlari har xil bo‘ladi. Lekin bir meridianning boshidan oxirigacha hamma joyida vaqt bir xildir.
Demak, har bir meridianning o‘z mahalliy vaqti mavjud. Chunki har bir 15° geografik uzunlik bir soatga (360:24 soat=15°), 1° geografik uzunlik esa 4 daqiqaga (60°: 15°=4 daqiqa) teng.
Gradus to‘ri. Yer shari parallel va meridianlarga ajratilganda ular bir-biri bilan kesishib, qator katakchalar (yacheykalar) hosil qiladi. Buni gradus to‘ri yoki geografik to‘r deyiladi. Geografik to‘r deyilishining sababi shundaki, parallel va meridianlar yordamida Yer yuzasidagi xohlagan obyektning (tog’, daryo, kol’, orol, qo‘ltiq, shahar, qishloq va boshqa) geografik o‘rnini (qaysi kenglik va uzunlikda joylashganligini) tezda aniqlab olish mumkin. Gradus to‘ri parallel, meridian, qutb, ekvator kabi elementlarda tashkil topgan.
Yer yuzasining har bir nuqtasidan bitta parallel va bitta meridian o‘tkazish mumkin. Binobarin, Yer yuzasini xohlagancha parallel va meridianga ajratsa bo‘ladi. Lekin qulay bolsin uzun globus va kartalarda parallel va meridianlar har 10°, 20° kabi yirik sonlardan o‘kaziladi.
Parallellar ichida eng kattasi, bu Yer sharining qoq o‘rtasidan o‘tgan aylana - ekvator hisoblanadi. Ekvatordan qutblar tomon parallellar aylanasi kichiklashib boraveradi. Aksincha, meridianlaming hammasining uzunligi bir xildir.
Ma’lumki, globus va kartalar masshtabi bir xil bo‘lmaganligi sababli parallel va meridianlar oralig’idagi niasofa ham o‘sha globus va karta masshtabiga bog’liq holda har xildir. Hatto bir xil masshtabli kartaning o‘zini ham hamma qismida masofa turlichadir. Bu noqulaylik tufayli globus va kartalarda ma’lum geografik obyekt oralig’dagi masofani uzunlik o‘lchovida o‘lchab hisoblash noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Binobarin, shunday o‘lchov birligini qo‘llash kerakki, oqibatda xohlagan globus va kartalar parallel va meridianlari yordamida geografik obyektlar orasidagi masofani aniq hisoblab chiqilsin. Shunday o‘lchov birligi bu gradus o‘lchovidir.
Gradus o‘lchovida gradus to‘ri chiziqlari (parallel va meridianlar) yordamida qiziqtirgan obyekt yer yuzasining qaysi kenglik va uzunligida joylashganligini tezda topib, hisoblab chiqiladi.
Kenglik va uzunlik geografik koordinatani tashkil etib, u yer yuzasida ma’lum obyektning joylashgan o‘rnini aniq ko‘rsatuvchi gradus o‘lchovining ifodasidir.
Geografik kenglik - biron obyektning ekvatordan qanchalik uzoqda joylashganligini ko‘rsatuvchi miqdor hisoblanib, u meridian bo‘ylab ekvatorriing har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi.
Ekvatordan shimoliy qutbga tomon ketgan va gradus bilan ifodalangan masofa shimoliy kenglik, janubiy qutbga tomon ketgan masofa esa janubiy kenglik deb aytiladi. Odatda, kenglik o‘miga qisqacha “φ” (yunoncha “fi” harfi) qo‘yiladi. Agar janubiy kenglik bo‘lsa o‘sha. “φ” harfi oldiga - (minus) belgisi, shimoliy kenglik bo‘lsa + (plyus) belgisi qo‘yiladi. Masalan, Toshkent + φ = 41°21\
Geogmfik uzunlik bu muayyan joyning boshIang‘ich meridiandan qanchalik uzoqligini ko‘rsatuvchi miqdor. U boshlang’ich meridiandan har ikki tomonga qarab 0° dan 180° gacha hisoblanadi. 0° li meridian chizig’i meridian chizig‘i Grinvich observatoriyasi (London shahri) ustidan o‘tkazilgan va u boshlang’ich meridian deb aytiladi. 0‘sha 0° meridiandan sharq tomondagi (gradus hisobidagi) masofani sharqiy uzunlik, g‘arb tomondagisini g’arbiy uzunlik deyiladi va 180° gacha davom etadi. Odatda uzunlik o‘rniiga “φ’’harfi oldiga + (plyus), g‘arbda bo‘lsa - (minus) belgisi qo‘yiladi.