G’. M. Sayfullayev


Yulduz, asteroid va meteoritlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Yulduz, asteroid va meteoritlar


Yulduz, asteroid va meteoritlar yuldyzlar tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. Yulduzlar bizga mitti bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ularning har biri juda ulkan. Yulduz bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir. Yulduzlarning bizdan qanday uzoqlikda ekanligini tasavvur qilib ko‘raylik. Ulardan tarqalayotgan nurlar 1 sekundda 300 000 km masofani bosib
o‘tadi. Nurning tezligi shunday katta bo‘lsa ham, eng yaqin yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Ko‘rinib turgan ba’zi yulduzlar nuri bizga yetib kelishi uchun esa 100 yildan ortiq vaqt ketadi. Agar diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz, yulduzlar rangbarangdir. Ayrim yulduzlar oqish yoki ko‘kimtir. Ular eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi. Bunday yulduzlar sirtidagi harorat +10 000°C dan +100 000°C gachadir. Yulduzlar orasida sarg‘ishlari ham bor. Ular sirtidagi harorat +3 000°C dan +10 000°C gacha bo‘ladi. 8 Ayrim yulduzlar qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bunday yulduzlar sirtidagi harorat +2 000°C dan +3 000°C gacha bo‘ladi. Bulutsiz tunda 3 000 taga yaqin yulduzni ko‘ra olishimiz mumkin. Ko‘rinadigan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud. Olimlar azaldan yulduzlarni o‘rganishga qiziqqanlar. Jumladan, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus inshoot – rasadxona qurdirgan. Rasadxonadagi asboblar yordamida tekshirishlar natijalari asosida yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan. Yulduzlarni o‘rganish natijalarini to‘plab, alohida kitob yozib qoldirgan. Mirzo Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yulduz haqida yozilgan. Kitobda keltirilgan yulduzlar haqidagi ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega.
«Meteorit» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib «havoga ko‘tarilgan» tarjimasini beradi. Yer atmosferasiga kirgach, meteoroid harorati bir necha ming darajagacha ko‘tariladi, bu holat o‘z navbatida, fazo jismining maydalanib parchalanishiga olib kelishi mumkin. Sayyoramizning atmosferasi meteoroidning tezligini keskin pasaytiradi, ammo shunga qaramasdan meteorit yer qobig‘ida yirik krater va jarliklar hosil qilishga muvaffaq bo‘ladi. Butun yer shari bo‘ylab har xil vaqtda diametri 200 metrdan 100 km.gacha bo‘lgan kraterlar aniqlangan.
Olimlar ayrim meteoritlarni «vatanini» aniqlash imkoniga ega. Masalan, Yerda kelib chiqishi Marsga va Oyga daxldor bo‘lgan meteoritlar aniqlangan. Katta ehtimolga ko‘ra ayrim meteoritlar nafaqat Quyosh tizimi, balki boshqa koinot tizimidagi sayyoralarning bo‘lagi parchasi bo‘lishi mumkin, ammo bu ilmiy nazariya o‘z ilmiy isbotini topmagan. Shuningdek, meteoritlarni nafaqat Yer yuzasida, balki atmosferasi mavjud boshqa sayyoralarda ham aniqlash mumkin.
Astronomlar meteoritlarni kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir necha turga ajratishadi. Birinchi tur – temirli. Ular 85% temirdan va 12% nikeldan tashkil topgan. Bu turdagi meteoritlarning hissasi Yer yuzida topilgan meteoritlar ichida 5,7% ni tashkil etadi, ularning yuzasi regmagliptlar – o‘ziga xos chuqurchalar bilan qoplangan bo‘ladi.
Ikkinchi tur – temirtoshli, temir va toshli meteoritlarning o‘timlisi hisoblanadi. Ularning tarkibida nikel temiri va silikat deyarli teng miqdorda mavjud. Umumiy meteoritlar topilmalari massasi ichida ularning hissasi 1,5% ni tashkil etadi.
Uchinchi tur meteoritlar – toshli, ular sayyoramizda topilgan meteoritlar ichida mutlaqo ko‘p sonni tashkil qiladi, 92,8%. Bu meteoritlar kremniy, magniy, kalsiy, temir, alyumin va boshqa kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. 90% dan ortiq toshli meteoritlarning tarkibida xondr – deb ataluvchi millimetrli yumaloq silikatli donachalar mavjud. Tarkibida xondr mavjud bo‘lgan meteoritlarni xondrit – deb atashadi, tarkibida xondr aniqlanmaganlarini esa, axondrit – deb atashadi.
Meteorlar meteor oqimlar deb nomlanuvchi guruhlarga guruhlanishlari mumkin – muntazam bir vaqtda osmonning doimiy bir xil qismida paydo bo‘luvchi meteorlarning doimiy massasidir. Ular Quyosh tizimining ichki qismidan o‘tar chog‘ida, erish jarayonida yemirilgan kometalardan hosil bo‘lishadi. Meteor oqimlardan ko‘proq mashhurlari Perseidlar (har yili avgust oyida Persey yulduzlar turkumi atrofida paydo bo‘ladi), Leonidlar (noyabr oyi o‘rtalari, Arslon yulduzlar turkumi) va Kvadrantidlar (dekabr oxiri – yanvarning boshi, Volopas yulduzlar turkumi).

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin