G’. M. Sayfullayev


Quyosh sistemasi va sayyoralar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə11/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Quyosh sistemasi va sayyoralar.


Quyosh sistemasi - Quyosh va to‘qqizta katta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupetr, Satum, Uran, Neptun, Pluton) hamda bir necha o‘n ming sayyoralar (asteroidlar) dan, kometalardan, meteor jismlardan tarkib topgan bo'lib, ularning hammasi quyosh atrofida aylanadi. Quyosh - Quyosh sistemasining markazida bo‘lib, gaz holidagi o‘ta qizigan jismdan iborat. Bu qizigan gaz sharining diametri 1 mln. 391 ming km ga teng.
Quyosh juda katta - bu butun Quyosh sistemasi massasining 99,86% ini tashkil qiladi. Eng katta sayyora hisoblangan Yupetrga quyosh sistemasi umumiy massasining 0,093 % to‘g‘ri keladi. Quyosh yuzasi yer yuzidan 12 ming marta katta, hajmi esa Yer hajmidan 1 mln 300 ming marta ziyoddir. Yerning massasi esa Quyosh massasidan 333 ming marta kichik. Hamma sayyoralar massasini birga Qo‘shib hisoblaganda ham Quyosh massasi undan 750-marta katta. Quyosh diametri Yernikidan 109-marta ziyoddir. Quyoshning o‘rtacha zichligi Yerning o‘rtacha zichligidan 4-marta kam. Lekin Quyosh yuzasida tortishish kuchi Yer yuzasidagidan 25-marta ortiq. Quyosh qizigan va erigan jism bo‘lib chekkasidagi temperaturasi 5700°C ga, markazi esa 20 million darajaga yetadi. Quyosh nuri yerga 8 daqiqa 18 sekundda yetib keladi. Tovush tezligida (soatiga 1200 km) uchadigan reaktiv samalyot to‘xtovsiz uchsa, yerdan Quyoshga 14 yilda yetib borgan bo‘lar edi.
Quyosh tarkibida 66 kimyoviy element borligi ma’lum. Quyosh asosan vodorod (54%) va geleydan (45%) iborat. Bundan tashqari uning tarkibida kislorod, karbonat angidrid, azot, magniy, natriy, kaliy kabi elementlar ham mavjud. Quyoshning harorati 15-20 million daraja bo‘lgan ichki qismida termoyodro
reaksiyasi sodir bo‘lib turadi, natijada vodorod geleyga aylanadi. Buning oqibatida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Quyoshda bunday termoyadro reaksiyasi sodir bo‘lib turishdan yorug‘lik, issiqlik va elektromagnit energiyasi vujudga keladi.
Merkuriy Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi bilan bir- biridan farq qiladi. Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametri Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Sirtida tuproq yo‘q. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon jismlarining tushaverishidan sirti o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib ketgan. Sayyora sirtini turli gazlar o‘rab turadi. Merkuriy sirtida havo va suv yo‘q. Hayotdan hech qanday belgi mavjud emas. Merkuriy sirtida harorat kunduzi
+350°C, kechasi esa - 160°C atrofida bo‘ladi.
Merkuriy lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, simob degan ma’noni ifodalaydi. Bu nom uning tez harakat qilishidan kelib chiqqan. Chunki Merkuriy quyoshga eng yaqin joylashib, uning atrofini boshqa sayyoralarga nisbatan tez aylanib chiqadi. Merkuriyni “ qaynoq” sayyora desa bo‘ladi. Sababi, uning Quyoshga qaragan yuzasi sayyoralar ichida Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi.
Merkuriy órbita tekisligiga perpendikulardir. Shu sababli, uning yili bir merkuriy kunduziga Quyosh yoritib turgan tomoni (yoki bir merkuriy kechasiga Quyoshga teskari tomoni) bo‘linadi. Merkuriy kunduzi va kechasining uzunligi uch Yer oyiga teng, Merkuriy sutkasi esa yerning yarim yiliga to‘g‘ri keladi. Merkuriyda suv yo‘q, atmosfera bo‘lsada, lekin Yer atmosferasiga qaraganda 100 mlrd marta siyrak. Merkuriyning quyoshga qaragan tomoni juda isib ketsa, teskari tomoni juda sovib ketadi. Shu sababli Merkuriyda tirik mavjudodlarning yashashi uchun sharoit yo‘q.
Merkuriy yuzasidagi relyef shakllari bundan 5 mlrd yil oldin unga intensiv ravishda tushib turgan metiorit jismlaming ta’siri tufayli, so‘ngra esa vulqonlaming faol harakati hamda mayda meteorit jismlar ta’siri natijasida vujudga kelgan.
Venera sayyoralar ichida eng yorug’i bo‘lib, uni kunduzi ham oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Shu sababli, uni qadimiy yunonlar “nahorgi yulduz”, “tungi yulduz” yoki “yorugiik keltiruvchi” deb nomlaganlar. Venera yerdan biroz kichik
bo‘lsada, tortishish kuchi ko‘proq. Shu sababli unda gazlar bo‘lib, yuqori qismida bosim 300-600 millibarga teng. Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Yerga yaqinroq bo‘lgani uchun ba’zida erta tongda Venera yorqin bo‘lib ko‘rinadi. Bobokalonlarimiz uni Zuhro yulduzi deb yuritishgan. Sayyora sirtida vulkanlar otilishidan tog‘lar vujudga kelgan. Venera sirti zich karbonat angidrid, azot kabi gazlar bilan qoplangan. Sayyora sirtida kunduzi harorat +470°C gacha, kechasi
+80°C dan yuqori bo‘ladi. Venerada hayot yo‘q.
Mars diametri Yernikidan 2 marta kichik. Uning tashqi ko‘rinishi qizg‘ish rangda. Sayyora sirti tosh va qumliklardan iborat. Sirtida tog‘lar ko‘p. Balandligi 25 000 metrgacha bo‘lgan tog‘lar ham bor. Sirti karbonat angidrid, azot, argon kabi gazlar bilan qoplangan. Marsda kunduzi harorat +20°C, kechasi -100°C atrofida bo‘ladi. Marsdan muzlagan suv parchalari topilgan. Lekin bu sayyorada ham hayot yo‘qligi aniqlangan.
Yerga eng yaqin bo‘lgan sayyora Marsdir. Marsning bir yili 687 sutkaga, bir sutkasi 24,5 soatga yaqin bo‘lib, yerga nisbatan Quyoshdan ikki marta kam issiqlik oladi. Marsda magnit maydoni mavjud bo‘lsada, lekin yerdagidan bir necha yuz marta kuchsiz. Mars ham, Yerga o‘xshash órbita tekisligiga nisbatan 64°50 og’ishgan bo‘lib, yil fasllari Yernikiga o‘xshashdir. Marsda atmosfera mavjud bo‘lib, uning tarkibi asosan (95%) is gazidan, qisman esa argon va azot kabi gazlardan iborat. Shuningdek Marsda juda oz miqdorda ( 0,1%) kislorod va suv bug’i borligi ham so‘nggi vaqtlarda isbotlanmoqda. Mars atmosferasi tarkibida namlik yerdagiga nisbatan 1000 marta kam. Atmosfera siyrak yzasida bosim 7 millibar bo‘lganidan iqlim o‘ta kontinental, qish juda sovuq. Marsda o‘rtacha temperatura - 30° ( yerda 10°). Ekvator atrofida temperatura kunduzi +30 °C ga ko‘tarilsa, tunda - 90°C ga pasayib ketadi. Qutb qismida esa uzoq vaqt qutb kunduzlari bo‘lib, temperatura 0°C ga ko‘tariladi, lekin qishda - 100° sovuq bo‘ladi. Marsda kuchli bo‘ronlar bo‘lib, shamolning tezligi sekundiga 60-80 m ga teng. Hozircha marsda hayot bor yoki yo‘qligi haqida aniq malumot yo‘q.
Quyosh yuzasidagi katta sayyoralar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton Quyoshdan juda uzoqda bo‘lib unchalik zich emas, 70-80 % massasi vodoroddan
tarkib topgan, Atmosfera tarkibida metan va ammiak ko‘p, Quyoshdan kam issiqlik oladi, temperaturalari past. Yupeterda - 145°, Saturnda - 180°C. Uranda va Neptunda undan ham pastga tushib ketadi. Ulkan sayyoralardan eng kattasi va Quyoshga eng yaqini Yupiterdir. Yupiter diametri Yer diametridan 11 marta, massasi Yer massasidan 318 marta, hajmi Yer hajmidan 1300 marta katta. Aksincha zichligi Yer zichligidan 4 marta kam. Yupiteming Quyosh atrofida aylanish davri qariyb 12 Yer yiliga yaqin. Yupiteming aylanish o‘qi o‘zining orbita tekisligiga deyarli teng va shu tufayli unda hech qanday yil faslllari sodir bolmaydi. Yupiter o‘z o‘qi atrofida boshqa sayyoralarga nisbatan juda tez aylanadi. U 10 soat ichida o‘z o‘qi atrofida bir marta aylanib chiqadi. Buning natijasida hamda sayyora zichligining kamligi tufayli qutblari siqiq bo‘lib, ekvatorial radiusi (71400) qutb radiusidan (669000000 km) 450 km uzundir.
Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan bo‘lsada, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yo‘q. Chunki uning sirti asosan suyuq holatdadir. Sayyora sirti asosan vodorod va geliy gazlari bilan o‘ralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq bo‘lib, harorat -100°C gacha pasayadi.
Yupiterda kuchli magnit maydoni va atmosfera mavjud. Yupiter atmosferasi tarkibida vodorod, ammiak, metan, geliy va suv bug’lari mavjud. Yernikiga o‘xshash qattiq jismlardan emas, balki gazsimon, suyuq metallsimon, suyuq va metalli vodoroddan hamda qattiq yadrodan tashkil topgan.
Yupiter atmosferasi uning 1100 km chuqur qismigacha davom qilib, u asosan vodorod (82%), geliy (17%), qisman esa metan, suv va boshqa gazlardan (1%) tashkil topgan. Yupiterning temperaturasi uning gaz va suyuq holdagi vodorodli 1000 km (chuqur qismida + 2000°C ga yetadi. Yupiter haqidagi yuqorida qayd qilingan ma’lumotlar to‘la va butunlay isbotlangan emas, ular ilm-texnikaning tobora taraqqiy topishi natijasida o'zgarishi ham mumkin.
Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi. U Yupiterdan biroz kichikroq. Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti
suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Sirtidagi o‘rtacha harorat -178°C atrofida bo‘ladi.
Saturn - Quyosh sistemasidagi sayyoralar ichida kattaligi va massasiga ko‘ra yupiterdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. U qadimgi rimliklarning vaqt va hosil xudosi Saturn nomi bilan atalgan. Uning massasi Yer massasidan 93,2-marta katta, o‘z o‘qi atrofida aylanish tezligi Yernikidan 2,3-marta tez bo‘lib, 10° 14°ga teng. Satumni zichligi butun sayyoralar orasida eng kichik bo‘lib, 0,7 sm ni tashkil qiladi. Satumning “ qattiq yuzasi” Yupitemikiga o‘xshash bo‘lib, qattiq jismlardan emas, balki gazsimon-suyuq jismlardan tashkil topgan. Bu esa sayyora (o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli) qutblaming siqiq bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Uning (qutb diametri ekvatorial diametriga nisbatan 12000 km siqiqdir.
Saturn atmosferasi Yupiter atmosferasiga o‘xshash bo‘lib, asosan vodorod va geliydan, qisman metan, ammiak, etan gazlaridan iborat. Saturn yuzasi temperaturasi - 123°C ni tashkil etadi.
Satum atrofini bir necha kilometrga yetadigan ( kengligi 130 km, qalinligi 10- 15 km) yassi halqa o‘rab olgan. Hozircha Saturnmning 17 yo‘ldoshi kashf etilgan.
Uran sayyorasi diametri Yernikidan 3 marta katta. Sayyora sirti muzlagan moddalardan iborat. Sirti vodorod, geliy, metan kabi gazlar bilan qoplangan. Sayyora sirtidagi o‘rtacha harorat -210°C ni tashkil etadi.
Uran 1781-yil kashf etilgan. U osmon xudosi Uran nomi bilan atalgan Uning massasi Yer massasidan 14,4 marta katta bo‘lib, zichligi suv zichligidan bir oz ortiq. Uran o‘z o‘qi atrofida tez (10 soat 42 (daqiqa) aylanganligi sababli ikki qutbi siqiq.
Uran yuzasining tempiraturasi - 170°C bo‘lib, uning atmosferasida vodorod va metan borligi aniqlangan. Uranning oltinchi yo‘ldoshi 1986-yili kashf etilgan .
Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta. Sayyora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat. Sirtini vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi. Neptun sirtidagi o‘rtacha harorat -200°C atrofida bo‘ladi.
Neptun Quyoshdan uzoqda joylashib, uning atrofini 164 yil 280 sutkada aylanib chiqadi. U Quyoshdan kam enirgiya olinganligi sababli temperaturasi past bo‘lib, - 200°C. Uning atmosferasida metan va vodorod borligi aniqlangan. Neptun
sayyorasining ichki tuzilishi jihatidan Uranga o‘xshash deb taxmin qilinmoqda. Uning ikkita (Triton va nereyda) yo‘ldoshi bor.
Pluton yer osti qorong’ulik xudosi nomi bilan ataladi. U 1960- yil kashf etilgan bo‘lsada, lekin Quyoshdan uzoq joylashganligi sababli hali o‘rganilgan emas. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra Pluton Quyoshdan 5929 mln km uzoqda joylashib, o‘z o‘qi atrofida juda tez (6 sutka 9 soat 21 daqiqa 30 sekund ) aylanadi, aksincha Quyosh atrofini sekin, ya’ni 249,7 Yer sutkasida bir marta aylanib chiqadi.
Pluton atmosferasi va uning tuzilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning atmosferasi asosan geon gazidan tuzilgan bo‘lib, temperaturasi juda past 230°C ga teng.
Oy. Osmon jismlari ichida Yerga yaqin kosmik jismdir. Oy Yerning tabiiy yo‘ldoshi, uning diametri yernikidan to‘rt marta, massasi 81 marta kichik. Oyning o‘rtacha zichligi 3,3 bo‘lib, yernikidan kamdir.
Oyning Yer atrofida aylanish davriga siderik oy yoki yulduz oyi deyiladi; u 27,3 sutkaga teng. Oyning Yer atrofida Quyoshga nisbatan aylanish davriga sinodik oy deyiladi va 29,5 sutkaga teng. Sinodik oy - oyning bir xil fazalari orasidagi o‘tgan vaqtdir. Oyda havo va suvning yo‘qligini so‘ngi vaqtlardagi kuzatishlar tasdiqlamoqda. Oyda bulut, tuman, kamalak yo‘q. Shuningdek, oyda radiatsion mintaqalar yo‘q, lekin radioaktiv elementlar mavjud.
Oyda atmosferaning yo‘qligi kun bilan tunning uzoq vaqt davom etishi natijasida kun bilan tun temperaturasi keskin o‘zgaradi va bir biridan katta farq qiladi. Oy ekvatorining Quyoshga qaragan tomonida temperatura + 110°C issiq bo‘lsa, tungi yarim shar tomonida - 179°C sovuq bo‘ladi.
Amerika astronavtlari Oyda 2,5 m chuqurlikkacha temperaturani kuzatdilar. Oyda temperatura 1m chuqurlikdan boshlab pastga tomon ko‘tarila borishi aniqlandi. Bu esa oy ichki qismining o‘ta qizigan massa ekanligidan darak beradi. Oy Yer singari bir necha qismlarga - oy po‘sti (55-65 km chuqurlikkacha ), mantiya (1000-1100 km) va yadroga bolinadi. Oy yadrosi taxminan 1000-1100 km chuqurlikdan boshlab, elastik o‘ta qizigan jismlardan iborat. Uning temperaturasi + 1500°C ga yetadi.
“Lunaxod” stansiyasi va amerika astronavtlari keltirgan jinslar namunalari orasida hayot qoldiqlari topilmagan. Shuningdek, oyda erkin kislorod yo‘q.
Oy ko‘proq marganes, kremniy, kalsiy, titan, temir, bazalt, dala shpati kabi jinslardan tarkib topgan. O’sha jinslarni ba’zilarining yoshi 4,2-4, 6 mlrd. yil ekanligi ham aniqlangan. Demak, oy bundan 4,6 mlrd oldin vujudga kelgan.
Oy yuzasiga Amerika astronavtlari tomonidan o‘rnatilgan seysmograflarning ma’lumotiga ko‘ra, oy zilzilasi sodir bo‘lib turar ekan. Shuningdek ba’zi vulqon kraterlaridan gazlar ham chiqib turar ekan. Bular oyning ichki qismida tektonik jarayonlar natijasidir. Oydagi tog‘laming balandliklari bir necha kelometrga yetib tekisliklami halqa kabi o‘rab olgan. Bu tog’ halqasining ichki qismidagi botiq joylami sirklar yoki kraterlar deb ataladi. Kraterlaming diametri bir necha ki- lometrdn 250 km gacha yetishi mumkin. Eng katta kraterlardan biri Klavdiy hisoblanib, diametri 234 km, marzasining balandligi 1600 m. Krateming eng past qismida hisoblaganda, marzasi balandligi 4900 m ga yetadi. Oy yuzasida kraterlar ko‘p bulardan eng muhimlari Tixo, Kopemik, Kepler, Prokl va boshqalar bo‘lib Yer Galley kometasi dumidan o‘tgan. Kometaning dumida is gazi ( karbon 2 oksidi) bor bo‘lib, u juda siyrak. Gazlar katta kometa boshida ham nihoyatda siyrak bo‘ladi. Yeming kometa nuqtasi bilan to‘qnashishi nihoyatda kam bo‘ladigan voqeadir. Agar Yer kometa yadrosi bilan to‘qnashgan taqdirda ham Yer uchun xavfli emas. Chunki yadrodagi muzlar havoda qizib bug’lanib ketadi, ozod bo‘lgan qattiq zarrachalar - meteor jinslar esa uchar yulduzlar yoki meteorlar yomgirini vujudga keltirishi mumkin, xolos.
Sayyoralarning vujudga kelishi haqidagi dastlabki ilmiy gepotezani 1745-yili fransuz olimi J.Byuffon yaratgan. Uning fikricha sayyoralar Quyoshning katta kometa bilan to‘qnashishi natijasida undan ajralib chiqqan qismlaming sovushidan vujudga kelgan.
J. Byuffoning yer va boshqa sayyoralar dastlab Quyosh plazmasidan vujudga kelgan gepotezasidan foydalanib, 1755-yili nemis filosofi I. Kant va 1796-yili fransuz matematigi P. Laplas sayyoralaming vujudga kelishi haqidagi yangi nazariyani mustaqil ravishda yaratdilar. Ulaming fikriga ko‘ra Quyosh sistemasi
changli-to‘zonli tumanliklaming evolutsion qonuniyatlari asosida vujudga kelgan bunda to‘zonli-changli tumanliklaming o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida ulaming shakli diskasimon holatga kelgan, so‘ngra uning sovushi tufayli hajmi kichrayib, aylanish tezligi ortgan, oqibatda markazdan qochish kuchi kattalashgan. o‘sha diskasimon tumanlikning ekvatorial qismida tortish va itarish kuchi ortib ketganligi tufayli aylanma harakat vujud kelib, uning chetki qismlari halqasimon, zichroq moddalar to‘plami ajralib chiqqan. Natijada sayyoralar, ulaming yoidoshlari, gazli- changli tumanli diskaning yadrosida esa Quyosh vujudga kelgan. Bu gepoteza Kantlaplas gepotezasi nomini oldi. Lekin Quyosh sistemasining vujudga kelishi haqidagi ba’zi masalalar bo‘yicha I.Kant va P.Laplasning fikrlari bir-biridan farq qiladi.
I.Kant fikricha gazli-changli tumanliklaming evolutsion rivojlanishida u sovuq bo‘lib, tumanlik halqasi markazida Quyosh vujudga kelgan, so‘ngra sayyoralar paydo bolgan. P. Laplas esa tumanliklar avvolo o‘ta qizigan gaz holida bo‘lib, tez aylangan, oqibatda markazdan qochish kuchi ta’sirida tumanliklardan halqa ajralib chiqqan, so‘ngra o‘sha tumanliklar halqasi ichidagi moddalar quyiqlashib, zichlashib, sovib, sayyoralar, keyin halqa ichida esa Quyosh paydo bo‘lgan degan nazariyaga asoslangan. Kant-Laplas gepotezasi
Quyosh sistemasi paydo bo‘lishini o‘sha davr taraqqiyoti darajasida tushuntirib bergan. Bu esa ularning kosmogoniya faniga, ya’ni osmon jismlari paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi fanga qo‘shgan muhim hissasi edi. Hozirgi kunda bir necha kosmogonik gepotezalar mavjud. Ular ichida ko‘pchilik tan olgan va ommalashgan nazariyani akad O.Y.Shimdt va akad. V.G. Fisingovlar ishlab chiqqan kosmogonik nazariyalardir.
O.Y.Shimidtning fikricha, Quyosh bundan bir necha milliard yil burun gallaktikaning o‘qi atrofida aylanayotganda, u chang- to‘zonlardan iborat bo‘lgan bulutlar orasidan o‘tgan. Bu chang- to‘zonlardan iborat bo‘lgan bulutlar Quyoshning tortishish kuchi ta’sirida uning atrofida ergashib borgan. Provardida Quyosh chang zarrachalaridan iborat ellips órbita bo‘ylab aylana boshlagan o‘sha qattiq jismlarning ulkan to‘plami orasida qolgan. Quyosh atrofida aylanayotgan chang bulutlarning
zarrachalari bir-biri bilan to‘qnashgan va ularning harakat enirgiyasi issiqlikka aylangan. So‘ngra bu zarrachalar bir-biri bilan to‘qnashgan va ularning harakat energiyasi issiqlikka aylangan. So‘ngra bu zarrachalar bir- biri bilan zichlashib quyuqlashgan, bora-bora sayyoralar vujudga kelgan.
Mayda zarrachalardan iborat bo‘lgan о‘sha chang-to‘zon bulutlarning Quyoshga yaqin kelganlari ancha qizigan. Aksincha, quyoshdan uzoq turganlarining temperaturalari past bo‘lgan. Shu sababdan Quyoshga yaqin bo‘lgan о‘sha zarrachalarda haroratning yuqoriligi sababli har xil gazlar bug’lanib ketib, qattiq qotishmali kremniy va metalli birikmalar qolgan va natijada kichik sayyoralar vujudga kelgan. Aksincha Quyoshdan uzoq turgan mayda zarrachalar tempera- luraning pastligi tufayli gazlar bilan aralashib, qotib tashqi (ulkan) sayyoralami hosil qilgan.
Paydo bo‘lgan sayyoralar o‘z ta’sir doirasida kosmik changdan biron qismini o‘ziga ergashtirib olgan va natijada sayyoralaming yo‘ldoshlari vujudga kelgan. Sayyora qancha katta bo‘lsa u o‘zida ko‘p yo‘ldosh yarata olgan, aksincha, sayyora kichik bo‘lsa, oz zarrachalami ergashtirgan va kam yo‘ldoshlar yaratgan.
Sayyoralar vujudga kelgan dastlabki davrda hajmi atrofidagi mayda zarralami ilashtirib olish hisobiga kattalashib borgan. So‘ngra ularning o‘sishi sustlashgan, chunki bu davrga kelib sayyoralaming kattalashishi atrofidagi chang-to‘zonlami ilashtirish hisobiga emas, balki kosmosdan tushadigan zarrachalar hisobiga bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, O. Y. Shimidt gepotezasiga ko‘ra, sayyoralar tarkibi va solishtirma og’irligi turlicha bo‘lgan sovuq jismlar sifatida vujudga kelgan. Bu sovuq zarrachalar orasida esa radioaktiv moddalar ham bo‘lgan va ulaming o‘z- o‘zidan parchalanishi tufayli keyinchalik sayyoralaming ichki qismlari qiziy boshlagan. Natijada sayyora yumshab, yengilroq elementlar asta-sekin sayyora sirtiga suzib chiqqan, aksincha og’irroq moddalar esa markaziga tushgan. Bunday
hodisa biz yashab turgan sayyora - Yerda ham sodir bo‘lgan.
O.Y.Shimidt nazariyasiga ko‘ra, Quyosh sistemasidagi sayyoralar bir xil yo‘li bilan vujudga kelgan va shuning uchun jismlarning kimyoviy tarkibi ham, ichki tuzilishi ham bir-biriga o‘xshashdir. Sayyoralar qanday zarrachalar yigindisidan
iborat bolsa, ulaming yoldoshlari, asteroidlar, kometalar ham shunday to‘plamdan iborat.
Metioretlarda ko‘proq temir, oltingugurt, nikel, magniy, kremniy, alyminiy, kalsiy, platina, oltin, uran, kislorod, qisman uran, qisman xlor, kosfit, karbonat angidrid gazi, vodorod va geliy mavjud. Oyda esa marganes, kremniy, kalsiy, temir kabi kimyo elementlar bor. Yerda kislorod, vodorod, kalsiy, temir, kaliy, kremniy, aluminiy, natriy, magniy, uglerod va titan kabi kimyo elementlari ko‘p tarqalgan. Bu esa Yer bilan Quyosh sistemasidagi boshqa jismlaming kimyoviy tuzilishi o‘xshash ekanligini ko‘rsatadi. V. G. Fesenkov gipotezasiga ko‘ra Quyosh va sayyoralar bir vaqtda gigant gazli-changli tumanliklardan biridagi jismlaming zichlashishi oqibatida vujudga kelgan. Bu tumanlik jismlari siyrak bo‘lib , asosan vodorod, geliy va qisman og’ir elementlardan tashkil topgan. O‘sha tumanlikning zichlashgan yadrosida yulduzsimon bo‘lg‘usi quyosh joylashib, u hozirgiga nisbatan issiq va katta bo‘lib, tez aylangan. Quyosh atrofidagi gazli- changli moddalar tez aylanish tufayli tumanlikning zichlashgan markaziga qo‘shila olmay undan uzoqlashavergan. Bu markazdan uzoqlashgan jismlar so‘ngra tashqariga zichlashib, sayyoralar vujudga keltirgan. Shunday qilib, V. G. Fesenkovning gepotezasiga ko‘ra sayyoralar vujudga kelish mexanizmi Shimidt gepotezasiga yaqin kelsada, lekin sayyoralami vujudga keltirgan birlamchi moddalar, bu Quyosh jismlarning zichlashgan bo‘lakchalar hisoblanganligi bilan farq qiladi. 0.Y.Shimidt va V.Fesenkov nazariyalari sayyoralami vujudga kelishini ilmiy jihatdan asoslab bersa-da, lekin bu gepoteza sayyoralarning vujudaga kelishini to‘la isbotloychi va nihoyasiga yetgan nazariya emas. Shu sababli, bu gepoteza kosmosni o‘zlashtirish natijasida, yangi materiallaming to‘planishi oqibatida yanada boyib, takomillashib boradi.

      1. Yüklə 0,61 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin