G’. M. Sayfullayev


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə10/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:


    1. Geografiya fanining ta’limiy vazifalari nimalardan iborat?

    2. Geografiya darslarida mantiqiy tafakkurni rivojlantirish qanday amalga oshiriladi?

    3. O‘quvchilarga geografiya darslarida moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish qanday ahamiyatga ega?

    4. Geografiyani estetik qabul qilishning ahamiyatini qanday tushunasiz?

    5. Estetik tarbiyada qanday vositalardan foydalaniladi?

    6. Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    7. Geografiya dasrlarida odobiy tarbiya qanday o‘rin tutadi?

    8. Geografiya darslarida ekologik tarbiya berish xususiyatlari nimalardan iborat?

    9. Vatanparvarlik va baynalmilalchilikni tarbiyalashda geografiya fanining ahamiyatini qanday tushunasiz?



  1. MAVZU. QUYOSH SISTEMASI


Tayanch tushunchalar: Koinot, Galaktika, Somon yo‘li, metagalaktika, yorug’lik yili, Magellan, gepoteza, astronomiya, vulqon, atmosfera, astronavtl.
      1. Koinot. Asosiy kimyoviy moddalar. Galaktika, uning turlari va tuzilishi. Yulduzlar tizimi.


Bizni o‘rab turgan butun moddiy dunyo, shuningdek, Yerdan tashqarida bo'lgan kosmik fazo, sayyoralar va yulduzlar Koinotni tashkil qiladi. O'z hayoti davomida turli shakllarga kiradigan materiyaning boshi ham, oxiri ham yo‘q. Ko‘pchilik munajjimlar, Koinot bundan 15 000 mlrd.yil muqaddam sodir bo‘lgan kuchli portlash natijasida vujudga kelgan, deb hisoblaydi. Olimlar «Katta Zarba» deb ataydigan bu kuchli portlash qaynoq gazlarni turli tomonlarga haydab yubordi va, nihoyat, o‘sha gazlardan galaktikalar, yulduzlar va sayyoralar tashkil topdi. Koinotning chek-chegarasi yo‘q. Buning ustiga, u tobora kengaymoqda, ya'ni uni tashkil etuvchi galaktikalar, yulduzlar va quyosh sistemalari o‘z o‘rnini ozgartirib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha markazidan uzoqlashib bormoqda. Hatto eng zamonaviy astronomik vositalarning ham butun Koinotni qamrab olishga kuchi yetmaydi. Vaholonki, ular bizdan 2 milliard yorug’lik uzoqligida bo‘lgan yulduzlar nurini ham ilg’ash quvvatiga ega. Balkim, o‘sha yulduzlar so‘nib ketgan bo‘lishi mumkin, lekin teleskop ularni ko‘radi (sababi, ularning shu'lasi Yerga yetib kelgunga qadar milliardlab yillar o‘tadi). Koinotning kattaligi qancha? U shu darajada kattaki, munajjimlar uning ko‘lamini yorug’lik yillari bilan o‘lchashga majbur bo‘lishadi. Yorug’lik yili yorug’lik bir yil davomida bosib o‘tadigan
masofani anglatadi. Yorug’lik sekundiga 300 000 (186 000 mil) kilometr tezlik bilan harakat qiladi. Shunga asosan, bir yorug’lik yili 9 500 000 mln. km.ga teng.
Odamzot Koinotning haqiqiy o‘lchamlarini tasavvur qilishi qiyin. Biz uning nechog’li katta ekanini bilmaymiz, binobarin, qanchalik masofaga cho‘zilib ketganini tasavvur qilishimiz ham qiyin. Agar biz Yerdan uzoqlasha boshlasak, buning sababini anglab yetamiz. Yer — Quyosh sistemasining kichik bir zarrasi. Quyosh sistemasiga uning atrofida aylanadigan sayyoralar, kichik sayyoralardan iborat asteroidlar va meteorlar kiradi. Bizning butun Quyosh sistemamiz o‘z navbatida «galaktika» deb ataluvchi boshqa bir katta sistemaning kichik qismidir. Galaktika million- million yulduzlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘sha yulduzlarning ko‘pchiligi bizning Quyoshimizdan ancha kattadir va o‘z quyosh sistemalariga ega. Shunday qilib, biz Somon yo‘li deb ataydigan va kechalari kuzatadigan galaktikadagi yulduzlarning barchasi «quyoshlar»dir. Ularning o‘rtasidagi masofa kilometrlar bilan emas, yoruglik yillari bilan o‘lchanadi. Yorug’lik bir yil davomida 9 500 000 000 000 km masofani bosib o‘tadi. Bizga eng yaqin va yorqin yulduz
bo‘lmish Sentavr Alfasi Yerdan 46 000 000 000 000 km uzoqlikda joylashgan. O‘z navbatida bizning galaktikamiz ham undanda kattaroq sistemaning kichik bir bo‘lagidir. Bundan boshqa yana millionlab galaktikalar mavjud bo‘lib, ulardan eng yaqini bilan bizning galaktikamiz o‘rtasidagi masofa 2 000 000, eng uzog’i bilan bizning galaktikamiz o‘rtasidagi masofa esa trillionlab yorug’lik yillariga tengdir. Bularning barchasi bizga ma'lum bo‘lgan Koinotning faqat bir bo‘lagidir. Haqiqatda esa uning o‘lchamlari bundan ham katta bo‘lishi mumkin.
Munajjimlarning fikri ham shunday. Asosiy muammo Koinotning aynan qanchalik katta ekanini bilishdadir. Olimlar bu savolga javob topishga harakat qilganda, fazoning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlariga to‘g’ri keladi. Zamonaviy nazariyalarga kor’a, fazo o‘z atrofida egila boradi. Buning ma'nosi shuki, fazoning «tashqarisi»ga chiqish mumkin emas, chunki siz ma'lum bir chiziq bo‘ylab oldinga qanchalik harakat qilmang u baribir, egilib, fazo «ichida» qolib ketaveradi. Munajjimlarning fikricha, fazodagi har qanday harakat xuddi shu holatda sodir bo‘ladi, yagona farqi shundaki, fazoning egilishi o‘ta murakkab hodisadir. Uni
biror surat yoki model yordamida tasvirlab bo‘lmaydi, faqat oliy matematika qonunlari yordamida hisoblab chiqish mumkin.
Asosiy kimyoviy moddalar. Koinot — makon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obʼyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln. marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaqtga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish geografiyaning asosiy vazifasidir. Moddaning Koinotda makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, Koinotning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat Koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan. Koinot usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, Koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda Koinot deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi Koinot hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley,
I. Kepler, I. Nyuton va boshqalarning ishlari Koinot haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning Koinotdagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va boshqa fanlarga asos solindi.
Galaktika - Quyosh sistemasidan va 150 mlrd yulduz hamda yulduzlaro fazodan iborat sistemadir. Galaktikaning deametri taxminan 100000 yorug‘lik yiliga teng. Galaktika sistemasiga kiruvchi yulduzlar to‘plamining shakli uzoqdan qaraganda yasmiqqa o‘xshagan bo‘lib, ikki tomoni qabariqdir. Yulduzlar yasmiq markazida juda zich joylashib, gallaktika yadrosini hosil qiladi. Quyosh gallaktika spiral tarmoqlaridan birining ichida galaktika markazidan 10 kiloparsek2 uzoqlikda joylashgan.
Galaktikadagi hamma yulduzlar galaktika markazidan o‘tadigan va galaktika tekisligiga tik bo‘lgan o‘q atrofida aylanadi. Quyosh va galaktika markazida 25 ming yomg‘lik yili baravarida uzoqlikka joylashib, sekundiga taxminan 250 km tezlik bilan harakat qiladi va 200 mln yorug‘lik yilida galaktika atrofini bir marta aylanib chiqadi. Buni galaktika yili deb ataladi. Galaktikada Quyosh va boshqa yulduzlardan tashqari yulduzlararo fazoda gazlarning bulut kabi to‘plamlaridan tashkil topgan juda siyrak tumanliklar mavjud. Bu tumanliklar sovuq bo‘lib, yaqin turgan yulduzlar nuri bilan yorishib turadi. Olamda bir-biridan o‘n va yuz milliardcha yorugiik yiliga barobar bo‘lgan masofa orqali ajralib turadigan ko‘pdan ko‘p galaktikalar mavjud. Galaktikalar juda uzoq joylashgan. Masalan, janubiy yarim shardagi Magellan galaktikasining uzoqligi 80 ming yorugiik yiliga teng. Bizdan eng uzoqda bolgan galaktikalarning masofasi 1 milliard yorugiik yiliga teng. Yulduzlar ichida Yerga eng yaqin Alfa Tsentavr bo‘lib, uning nuri bizga 4 yil 3 oyda yetib keladi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, metagalaktika butun olam degan so‘z emas. Chunki olam cheksiz bo‘lib u o‘z navbatida son - sanoqsiz metagalaktikalar to‘plamidan tashkil topgan. Galaktika kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosan vodorod (86,7%), geliy (13.2%) dan iborat. Qolgan barcha elementlar (uglerod, azot, aluminiy, ftor, litiy, berilliy, magniy, temir va boshqalar) uning 0,1 massasini tashkil etadi. Galaktikaning vujudga kelishi haqida turli gepotezalar mavjud. Ba’zi gepotezalarga ko‘ra galaktika asosan vodoroddan iborat gaz bulutlaridan hosil qilingan deb taxmin qilinadi. Boshqa bir gepotezaga ko‘ra galaktikaning kelib chiqishini bizga boshqa bir gepotezaga ko‘ra galaktikaning kelib chiqishi bizga xususiyati noma’lum yulduzlardan oldin mavjud bolgan o‘ta zich modda (materiya) laming gigant “portlashi” oqibatida vujudga kelgan mahsulotlaming Ifonsentratsiyasi bilan bog’laydi. Bu juda katta portlash taxminan bundan 10-20 mlrd yil avval sodir bo‘lib, oqibatda koinotning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Gravitatsion kuch ta’sirida koinotning turli qismlarida haroratning pasayib borishi esa o‘sha portlashdan vujudga kelgan moddalaming asta-sekin konsentratsiyalashuviga sabab bo‘lgan. Portlash oqibatida vujudga kelgan ana shu mahsulotlaming tobora to‘planishi va sovushi oqibatida galaktika vujudga kelgan.
Yulduzlar - o‘zidan yorug‘lik va issiqlik chiqarib turadigan qizigan jismlardir. Ular hajmi, massasi va zichligiga ko‘ra bir xil emas. Ba’zi yulduzlar ( qizil yulduzlar) hajmiga ko‘ra quyoshdan milliard marta katta bo‘lib, gigant yulduzlar deyiladi. Mitti yulduzlar esa quyoshdan kichik, rangi oq u qadar issiq emas. Yulduzlaming yuzasidagi harorat 3000°C dan 30000°C gacha yetishi mumkin. Ularning tarkibida vodorod va geliy ko‘p bo‘ladi. Reaksiya tufayli vodorod geliyga aylanadi, buning natijasida energiya va nur hosil bo‘ladi.

      1. Yüklə 0,61 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin