ABU ALI IBN SINO. Buyuk olim Abu Ali ibn Sino (980— 1037) ham Beruniy kabi tabiiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan.
Abu Ali ibn Sino dunyoga mashhur «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Mazkur asar 5 ta kitobdan iborat. Ularda odam tanasi a’zolarining tuzilislii, vazifalari, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar, ularni tayyorlash va bu dorilarning tana a’zolariga ko‘rsatadigan ta’siri haqida ma’lumotlar keltiriladi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko‘zga ko‘rinmas organizmlar orqali paydo bo‘lishini e’tirof etadi. Inson salomatligini yaxshilashda to‘g‘ri ovqatlanish, tana a’zolarini chiniqtirish muhim
ahamiyatga ega ekanligini aytadi. Uning fikricha, Yer asta-sekin o‘zgaradi, dengiz va daryolar vaqti kelib o‘z o‘rnini quruqlikka bo‘shatadi. Shu tufayli ko‘pgina kishilar suvda yashaydigan hayvonlarni, chunonchi, chig‘anoq qoldiqlarini quruqlikda uchratadilar. Ibn Sino o‘simlik, hayvon va odamda o‘xshashliklar mavjudligi, ularning oziqlanishi, ko‘payishi, o‘sishi haqida to‘xtalib o‘tadi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tabiat fanlarining rivojlanishida buyuk qomusiy olimlarning bajargan ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiiyot tarixini o‘rganishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Geografiyani o‘qitishni rivojlantirishga hissa qo‘shgan jahon
metodistlari. Geografiyaning o‘quv predmeti sifatida rivojlanishi bilan bog’liq bo‘lgan bu fannig o‘z tarixi bor. Vasiliy Fedorovich Zuev (1754-1794) birinchi metodist hisobdanadi, chunki u xalq bilim yurtlarida geografiya darslarini olib bordi, o‘qituvchilar seminariyasida ma’ruzalar o‘qidi. 1786 yili V.F Zuev Tabiat tarixining ko‘rgazmalari" nomli darsligini nashr qildi. Unda:
qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat),
o‘simliklar dunyosi (botanika),
hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko‘rsatildi.
U maktab o‘quvchilarining tabiiy ob’ektlarini o‘rganishni talab qildi. Minerallarni, o‘simlik va hayvonlarni sezgilar orqali qabul qilib olinishini yuqori baholadi. O‘z o‘lkasining tabiatini o‘rganish zarur dedi, bu o‘qitishning hozirgi o‘lkashunoslik prinsipiga muvofiq keladi.
asr o‘rtalarida pedagogik fikrlarni ifodaluvchi K.D.Ushinskiy (1824- 1870) bo‘ldi. U kuzatish metodini tabiatni bilib olishda eng muhim metod sifatida ko‘rsatdi. "Ona tili" va "Bolalar dunyosi" nomli o‘qish kitoblarida tabiat to‘g’risida juda ko‘p material kiritdi. K.D. Ushinskiy o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishni o‘z joyi, o‘z o‘lkasini o‘rganish bilan boshlashni taklif qildi. O‘qigan kitobi yoki o‘qituvchining tushuntirishidan olgan taasurotlarini kuzatish yordamida tekshira olsin dedi.
K.D. Ushinskiy “o‘z joyi tabiatini o‘rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki ular kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi”, degan va kuzatishlar asosida tabiatni bolalarga tanishtirgan.
"Bolalar dunyosi" kitobida bolalarni nutqini rivojlanishining asosida yotuvchi oddiy mantiqiy ishlarga o‘rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko‘rsatib beradi. U o‘quvchilar mustaqil qabul qilganlari xotirasida mustahkam saqlab qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayonga kuzatish metodining rolini yuqori ko‘tardi.
Tabiat o‘qitish sistemasini taklif qilgan olimlarning biri Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888). A.YA. Gerd ko‘rgazmali o‘qitish bola idrokining bor holatiga muvofiq bo‘lishi kerak. Gerd shunday sistemani tuzdiki, tabiatni o‘rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang’ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o‘qitish metodikasini ishlab chiqdi. “Tabiat qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek “Yer, havo, suv” nomli o‘quv qo‘llanma va ularni o‘qitishga oid “Boshlangich maktablarda predmetli darslar” nomli metodik qo‘llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq yillargacha jonsiz tabiat kursi bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi.
asr boshlarida maktablarda tabiat o‘qitilishida uch yo‘nalish belgilandi. Dimitriy Ivanovich Tixomirov “Boshlang’ich maktabda rus tili darslarida nimani va qanday o‘qitish kerak” (1901) kitobida tabiatni izohli o‘qitishga kiritish o‘rniga asosiy o‘quv predmeti sifatida ajiratib chiqarishni taklif qildi. Bu yo‘nalishlarga Vladimir Aleksandrovich Gerd (1870-1926) o‘zining "Boshlang’ich maktab kursidagi tabiat alohida predmet sifatida”, (1917) nomli kitobida jiddiy qarshi chiqdi. Tixomirov takliflarini tanqiydiy tahlil qilib, tabiat darslarini izohli o‘qish darslari bilan almashtirish mumkin emas degan xulosaga keldi. Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich boshqacharoq qaradi.
1917 yillarda kompleks tarbiya g’oyalariga asoslangan vazifalar bilan bogliq bo‘lgan yangi tipdagi maktablar vujudga keltirish to‘g’risidagi masalalar kelib chiqdi. Endi mustaqil fan sifatida tabiatga munosabat ham o‘zgardi. Oldin bu fanga e’tibor berilmagan bo‘lsa, endilikda u boshlang’ich va o‘rta maktablarda asosiy o‘quv predmetlaridan biri bo‘lib qoldi. 1923 yili boshlang’ich sinflar uchun kompleks
dasturlar joriy qilindi. Bunda barcha o‘quv materiali o‘qitish yiliga qarab tabiat, mehnat bo‘limlariga va o‘rmon, "Shahar", "Kuz", "Qish", "Bahor", "Yoz", mavzulari bo‘yicha taqsimlandi.
M.N.Skatkin bilimlar holatining qoniqarsiz bo‘lishi tabiatda kuzatishlar o‘tkazilmasligidan deb ko‘rsatdi.
V.A.Zavitaevning tajriba uchatkasida va sinfda kuzatish va tajribalar o‘tkazish zarurligi to‘g’risida “Boshlang’ich maktabda tabiat bo‘yicha kuzatish va tajribalar” nomli kitobida har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan material o‘qish bilan to‘ldirish va mustahkamlashni talab qiluvchi tajribalarning aniq metodikasini bayon qildi.
Shuningdek XIX, XX asrlarda geografiya o‘qitish metodikasi fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlardan S.A.Pavlovich, A.A.Pleshakov, Z.A.Klepinina, V.D. Vinogradovalarning o‘quv-metodik qo‘llanmalar, dasturlar, darslik va kundalik kuzatish daftarlari ko‘p yillar davomida umumta’lim maktabning boshlang’ich sinf o‘qituvchilari tomonidan foydalanib kelgan.
1969 yillardan boshlab geografiya alohida fan sifatida 2 va 3 sinflarda o‘qitila boshlandi 1- sinfda esa tabiiy tushunchalar nutq o‘stirish va o‘qish darslarida kiritilgan.
1986 yillda umumta’lim muassasalarida o‘qish 10 yillikdan 11 yillikka o‘tilishi bilan bog’liq o‘zgarishlar 1-2 sinflarda yangi fan “Atrofimizdagi olam” kiritilgan. 3-4 sinflarda “Geografiya” fani o‘qitilishi davom etgan.
O‘zbekistonda birinchi o‘zbek tiliga tarjima qilingan tabiiy fanlar bo‘yicha adabiyotlar 1919 yilda kiritilgan. Ular “Boshlang’ich geografiya”, “Turkiston”, o‘qituvchi uchun “Tabiat bo‘lagi” nomli qo‘llanmalar Qori Niyoziy tomonidan tayyorlangan. 1927-29 yillarda birinchi bosqich maktablari uchun “Bizning o‘lka”, “Geografiyadan o‘qish kitobi” nomli o‘lkashunoslik darsliklari chop etilgan.
1948 yillardan tabiat bilan tanishtirish o‘qish darslarida amalga oshirilgan, faqat 4 - sinfda geografiya o‘qitilgan. Shu vaqtlarda “O‘zbekistonning rus maktablari uchun dasturli metodik ko‘rsatmalar” barpo etilgan (Belskaya E.).
1986 yidan Atrofimizdagi olam va geografiya fanlaridan dasturlar, o‘quv- metodik majmualar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, kundalik kuzatish daftarlar, “Atrofimizdagi olam” va “Geografiya” kurslaridan didaktik materiallari Belskaya E. va Grigoryans A. Tomonidan ishlab chiqilgan.
Mustaqillik sharofati bilan 1998 yildan davlat ta’lim standartlari qabul qilingan, o‘quv reja va dasturlar qayta ko‘rib chiqilgan, xususan geografiya fanidan ham.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Tabiat bilan tanishtirish kursi 1-sinfdan boshlab o‘qitiladi, 2-sinfda tabiiy bilimlar chuqurlashtiriladi. 3-4 sinflar geografiya dasturi ilgari olingan bilimlarini davomi bo‘lib, keyingi sinflarda umumbiologik kurslarni asosi hisoblanadi.