Suv o‘tlar o‘simliklarning eng qadimiy vakillaridan biridir. Bugungi kunda uchraydigan suvo‘tlarining tuzilishi qadimgi turlarning tuzilishidan ortiqcha farq qilmaydi, bu esa ularning suv muhitida vujudga kelganligini tasdiqlaydi.
Hozirgi zamon fani suv o‘tlarini bir hujayrali suvda yashaydigan xivchinlilardan paydo bo‘lgan deb taxmin qilyapti. Ular orasida xlorofilli (avtotrof) va rangsiz (geterotrof) organizmlar uchraydi. Birinchi tur organizmlar o‘simliklarga yaqin, ikkinchisi esa hayvon organizmlaridir. Ko‘pchilik sistematiklar xivchinlilarni o‘simlik va hayvon organizmlarini bog’lovchi oraliq guruh vakillari deb qaraydi. Suv o‘tlar tanasida xlorofill bo‘lganligi sababli ular avtotrop oziqlanadi. Ana shu yashil rang ayrim suv o‘tlarida boshqa ranglar bilan niqoblanib, turli nom bilan atalishiga sabab bo‘ladi.
Suv o‘tlarning tallomi bir hujayrali, koloniyali, hujayrasiz va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Vegetativ hujayra tashqi tomondan qattiq devor bilan qoplangan. Hujayra devori stellyuloza va pektin moddasidan tashkil topgan. Ayrim hollarda esa qumtuproqlashgan ham bo‘lishi mumkin. Hujayra sitoplazmasi devor atrofida joylashgan bo‘lib hujayrani to‘ldirib turadi. Hujayrada bitta yoki bir nechta mayda hujayra shirasiga ega bo‘lgan vakuolalar mavjud, Yadroning soni ham bir yoki bir nechta bo‘lishi mumkin. Hujayradagi xromatoforlarda pigmentlar saqlanadi. Ularning asosiy funkstiyasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdir. Xromatoforning shakllari turli-tuman: plastinkali, spiral, lentasimon, to‘rsimon, yulduzsimon. Ana shu shakllarga qarab suvo‘tlarning turini aniqlash oson. Xromatoforda pirenoid joylashgan, uning atrofida kraxmal to‘planadi. Shuningdek, xromotoforlar yog’li, moy, lipoproteid, oqsillardan valyutin kabi oziq moddalar to‘plash xususiyatiga ham ega.
Suv o‘tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Bir hujayrali suvo‘tlarda hujayralarning bo‘linishi natijasida vegetativ ko‘payish sodir bo‘ladi.
Koloniyali suv o‘tlari, ko‘p hujarali suv o‘tlarida esa tallomning qismlarga bo‘linishi yoki gormogoniy natijasida ayrim hollarda maxsus vegetativ ko‘payish organlari hosil qilib Jinsiy ko‘payish izogamiya, geterogamiya yo‘llari bilan amalga oshadi.