Toshko‘mir davrining oxirlarida Yer sharining iqlimi o‘zgarishi natijasida o‘simlik dunyosi ham tubdan o‘zgara boshlagan. O‘sha davr o‘simliklari bo‘lgan paporotniksimonlar qirilib ketgan, ularning o‘rnini esa ochiq urug’li o‘simliklar egallagan va o‘sha davrning hukmron o‘simligi bo‘lgan. Ochiq urug’li o‘simliklarda birinchi bo‘lib urug’ etishadi. Ularning urug’lari yopiq urug’li o‘simliklarniki singari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug’li o‘simliklar deb ataladi. Ochiq, urug’li o‘simliklarning urug’ ko‘rtagida barcha sporali yuksak o‘simliklarning urug’ kurtagi singari arxegoniy rivojlanadi. Ochiq urug’lilarda o‘tkazuvchi to‘qima troxeidlardan iborat bo‘lib, ularda yopiq urug’li o‘simliklar uchun xos bo‘lgan naylar bo‘lmaydi. Qadimgi ochiq urug’lilardan urug’li paporotniklar va sagovniklarning poyasida — o‘zak va po‘stlok kuchli bo‘lib, yog’ochlik zaif rivojlangan. Hozirgi ochiq urug’li o‘simliklarning vakillari ninabarglilarda poyaning po‘stlog’i yupqa bo‘lib,
yog’ochlik qismi kuchli rivojlangan. bo‘ladi. Ochiq urug’lilarning hozir 660 ga yaqin turlari ma’lum. Ochiq urug’li o‘simliklarning vakillari asosan daraxt yoki buta bo‘lib, o‘tsimon vakillari uchramaydi.
Ochiq urug’li o‘simliklar 3 sinfga bo‘linadi: sagovniklar sinfi qubbalilar sinfi qobiqli urug’lilar sinfi
Sagovniklar sinfi. Sagovniklar sinfiga kiradigan o‘simliklarning barglari yirik, patsimon bo‘lib, poyasining uchki qismida joylashadi. Sagovniklar sinfi 3 tartibga; urug’li paporotkiklar sagovniklar va bennittitlarga bo‘linadi.
Urug’li paporotniklar katta va kichik daraxt bo‘lib, qisman liansimon shaklda ham uchraydi. Urug’li paporotniklar hozir faqat qazilma holda mavjud bo‘lib, paporotniklar bilan ochiq urug’larni bog’lovchi zveno hisoblanadi. Ular yuqori devon davrida paydo bo‘lib, toshko‘mir davrida intensiv rivojlangan. Urug’li paporotniklar tashqi ko‘rinishidan hozirgi daraxtsimon paporotniklarni eslatadi.1905 yilda ingliz paleobotaniklari F. OlivYer va D. Skott urug’li paporotniklar ochiq urug’li o‘simliklarning alohida guruhi ekanligini va ularda ham paporotniklarning ham ochiq urug’li o‘simliklarning belgisi borligini aniqlaganlar. Urug’li paporotniklar turli xil tuzilishga ega bo‘lib, urug’ kurtagi, harakatchan spermatazoidlari borligi bilan hozirgi vaqtdagi sagovniklar hamda ginkoglarga yaqin va o‘xshash ekanligidan dalolat beradi.