G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə62/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Bir hujayralilarning kelib chiqishu Dastlabki tirik organizmlar bundan 3 - 3,5 mlrd yil oldin dengizlarda paydo bo‘lgan. Ular eng sodda tuzilgan hujayrasiz
organizmlar bo‘lib, dengiz suvida erigan organik moddalami tana yuzasi orqali shimib oziqlangan. Asta-sekin murakkablashib borishi natijasida ular sodda tuzilgan bir hujayrali organizmlarga aylangan. Keyinchalik ulardan ayrimlari tanasida yashil pigmentning paydo bo‘lishi bilan barcha tirik organizmlar hayvonot va o‘simliklar dunyosiga ajralgan. Shu yo‘l bilan eng qadimgi bir hu- jayralilardan hozirgi bir hujayralilar kelib chiqqan.
Tuban ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi. Barcha ko‘p hujayralilaming rivojlanishi bitta urug‘langan tuxum hujayradan boshlanadi. Bu hol ko‘p hujayralilarning bir hujayralilar bilan qarindosh ekanligini ko‘rsatadi. Dastlabki ko‘p hujayralilar volvoksga o‘xshash bo‘lgan; lekin tayyor oziq bilan oziqlanadigan koloniya bo‘lib yashovchi hayvonlardan kelib chiqqan. Dastlabki ko‘p hujayralilar tanasi ikki qavat hujayralardan iborat bo‘Igan. Keyinchalik hujayralar har xil vazifalami bajarishga moslasha borishi bilan ulaming tuzilishida ham farq paydo bo‘lgan. Tashqi qavat hujayralari harakatlanish va oziqni ushlashga, ichki qavat esa oziqni hazm qilishga ixtisoslashgan. Ana shu yo‘l bilan bo‘shliqichililar paydo bo‘lgan. Darhaqiqat. bo‘shliqichlilar entodermasida xivchinli hujayralaming bo‘lishi ulaming koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqanligiga dalil bo‘ladi.
Hayvonot dunyosining rivojlanishi; 1 - xivchinlilar: 2 - soxta oyoqlilar; 3 - bo‘shliqichililar. 4 - yassi chuvalchanglar: 5 - paypaslagichlilar: 6 - to'garak chuvalchanglar: 7 - halqali chuvalchanglar: 8 - molluskalar. 9 - bo‘g‘imoyoqlilar:10

  • ignatanlilar; 11 - ichak bilan nafas oluvchilar: 12 - qobiqlilar: 13-bosh qutisizlar; 14 -jag‘sizlar;

  1. tog‘ayli baliqlar; 16-suyakli baliqlar: 17-suvda hamda quruqlikda yashochilar; 18- sudralib yuruvchilar; 19-qushlar: 20 sutemizmchilar.

Yuksak коp hujayralilaming kelib chiqishi Hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyoti uch qavatli hayvonlaming paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Dastlabki uch qavatli hayvonlar hozirgi sodda tuzilgan kiprikli chuvalchanglarga o‘xshash bo‘lgan. Evolutsiya davomida hujayralar tobora ixtisoslasha borishi natijasida to‘qimalar kelib chiqqan. Muskul to‘qimasi paydo bo‘lishi harakatlanishning
murakkablashuviga, nerv to‘qimasi sezgi organlari va reflekslaming rivojlanishiga olib kelgan.
Xordalilaming kelib chiqishi. Xordalilar orasida eng sodda tuzilgan lansetnik ayirish va qon aylanish sistemasining tuzilishi, bosh miyasi va yuragining bo‘lmasligi, muskullarining bo‘g‘im bo‘lib joylashganligi bilan halqali chuvalchanglarga o‘xshab ketadi. Bu o‘xshashlik ulaming qarindosh ekanligini ko‘rsatadi. Lansetnikka o‘xshash tuban xordalilar eng qadimgi tuban tuzilgan halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Xordalilar tarixiy taraqqiyot davomida halqali chuvalchanglarga nisbatan bir qancha progressiv belgilarga ega bo‘lgan. Chunonchi, ularda ichki skelet paydo bo‘lgan; nerv sistemasi naysimon, muskullari, qon aylanish va nerv sistemasi ancha mukammal tuzilgan. Evolutsiya jarayonida tuban xordalilar xordasi umurtqa pog‘onasiga aylangan; qon aylanish sistemasida yurak paydo bo‘lgan. Ana shu yo‘l bilan lansetnikka o‘xshash tuban xordalilardan baliqlar kelib chiqqan.
Hayvonlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatda hayvonlar ham, o‘simliklar kabi, katta ahamiyatga ega. Hayvonlarning hayoti o‘simliklar bilan bog’liq. Yashil o‘simliklar o‘txo‘r hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Ammo hayvonlar ham o‘simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O‘simliklarning o‘sishi va ekinlarning hosildorligi to‘proqning unumdorligiga bog’liq. To‘proq hosil bo‘lishi jarayonida esa turli mikroorganizmlar bilan birga hayvonlar ham ishtirok etadi. Daraxtlardan to‘kilgan barglar, kuz kelishi bilan qurib qolgan o‘tlar turli xil bakteriyalar, zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar, har xil chuvalchanglar, hasharotlar va boshqalar uchun oziq hisoblanadi. To‘proq organizmlarining faoliyati natijasida o‘simliklar qoldig’i maydalanadi, tarkibidagi organik moddalar parchalanib chiriydi va tuproqda boshqa o‘simliklarninig o‘sishi uchun zarur moddalar to‘planadi.
Tuproqda yashovchi hayvonlar; yomg’ir chuvalchanglari, zahkashlar, chumolilar, hasharotlar va ayrim sut emizuvchilar (kemiruvchilar, chumolixo‘rlar) to‘proqni aralashtiradi, yumshatadi, kislorodga boyitadi va unga suv shimilishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, bir qancha hayvonlar gulli o‘simliklarning
changlanishida ishtirok etib, ularning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Kungaboqar, grechixa, qoqio‘t, sebarga kabi bir qancha o‘simliklar faqat hasharotlar bo‘lgandagina changlanadi. Ko‘pchilik gulli o‘simliklar hasharotlar yordamida changlanganida ancha yuqori hosil berishi ma’lum.
Hayvonlar tabiatda sanitar vazifasini ham bajaradi. Bir qancha hayvonlar o‘lgan hayvonlarning murdasi, o‘simliklar qoldig’i, to‘qilgan barglar bilan oziqlanib, ulardan Yer yuzini tozalaydi. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni o‘z ichagidan filtrlab o‘tkazib, o‘ziga oziq topadi va suvni ifloslanishdan saqlaydi.
Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. Odamlar hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Odamlar qadimdan hayvonlarni ov qilib kun kechirishgan. Hayvon go‘shti ibtidoiy odamlar uchun oziq-ovqat bo‘lgan, ularning terisidan kiyim-bosh, suyaklaridan turli ov qurollari tayyorlangan. Ular hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, xonakilashtira boshlashgan. Itlar qo‘lga o‘rgatilgan dastlabki yovvoyi hayvon bo‘lgan. Keyinroq odamlar cho‘chqa, qoramol va parrandalarni xonakilashtirganlar. Hozirgi davrda ham inson hayotida hayvonlarning ahamiyati katta. Uy hayvonlaridan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun teri, yung va pilla olinadi. Yovvoyi hayvonlar, xususan baliqlar, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar oziq- ovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, dori-darmon va vitaminlar olishda foydalaniladi. Ularning chiqindisidan tayyorlangan un chorva mollari ozuqasiga qo‘shib beriladi yoki Yerga solinadigan o‘g’it sifatida yerga solinadi. Yovvoyi hayvonlarning terisidan kiyim tikiladi, pati, shoxi va suyaklaridan ham sanoatda foydalaniladi. Yovvoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqon va kalamushlarni qirib, katta foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berish bilan birga, o‘simliklarni changlatib, hosildorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Tut ipak qurtidan to‘qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo olinadi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo‘jaligi ekinlari zarakunandalariga qarshi kurashda insonning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi.
Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradigan turlari ham bor. Ular ekinlarni eb, hosildorlikni pasaytiradi, oziq-ovqat qishloq xo‘jalik mahsulotlari (teri, yung, yog’och) va ulardan
tayyorlanadigan buyumlarni buzib, katta zarar keltiradi. Ko‘pgina hayvonlar odam, chorva mollari va uy hayvonlarida parazitlik qilib, har xil kasalliklar keltirib chiqaradi. Ayrim hasharotlar va kanalar odam va hayvonlarga turli xavfli kasalliklar (vabo, bezgak, tif va boshqalar) ni yuqtiradi. Bir qancha hayvonlar: baqalar, dengiz cho‘chqalari, kalamushlar, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar, hasharotlar (masalan, drozofila pashshasi) va boshqalardan biologiya, tibbiyot, veterinariya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda laboratoriya hayvonlari sifatida ilmiy maqsadlarda foydalaniladi.
Vatanimizda Yer va uning boyliklari suv, o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot duyosini muhofaza qilish haqida juda ko‘p muhim davlat qarorlari qabul qilingan. Ana shunday muhim xujjatlardan biri O‘zbekiston «Qizil kitobi» hisolanadi.
«Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butn duyo bo‘yicha kelajakda xaf ostida turgan o‘simlik va hayvonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan rasmiy xujjatdir.
1948 yili BMT ning Yunesko tashabbusi bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalkaro ittifoqi tuzildi. Ushbu tashkilot maxsus komissiya tuzib Yer yuzida yuqolib borayotgan va noyob o‘simlik va hoyvon turlarini aniqlash hamda ularni saqlash, tiklash dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1948-1954 yillari komissiya yuqolish xavfi ostidagi hayvonlar ro‘yxatini tu’zib chiqdi. Buning uchun maxsus kriteriyalar ishlab chiqildi. U yoki bu turni ro‘yxatga olish uchun Ushbu kriteriyalar asos bo‘lgan. Qabul gilingan kriteriyalar. Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan maqullanib, muhofazaga olish uchun o‘simlik va hayvon turlarini ayrim kategoriyalarga ajratgan holda «Qizil kitob» yaratishiga asos bo‘ldi. 1966 yili stol ustidi foydalaniladigan kalendar sifatida turli ranglarga ega bo‘lgan varaklardan iborat birinchi xalqaro «Qizil kitob» nashr qilindi. 1978-1979 yillar O‘zbekistonda davlat qarorlari va fanlar akademiyasining ilmiy kengashi O‘zbekiston «Qizil kitobi» ni ta’sis etdi. 1983 yili nashr qilingan
«Qizil kitob» ning birinchi tomida 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar bor. «Qizil kitob» da hayvonlar soni va uning o‘zgarish sabablari ayrim turlarning ahvoli va ularning ko‘payishiga, muhofaza
qilish bo‘yicha belgilangan hamda mo‘ljallangan tadbirlarga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, biotexnik tadbirlar qo‘riqlanadigan zonalar va qo‘riqxonalar barpo etish, kishilarning ekologik bilimini oshirish taklif etilgan. Respubliakamiz
«Qizil kitob» ni har 5 yilda yangilab turish ko‘zda tutilgan. «Qizil kitob» ning hayvonot dunyosini O‘zbekiston fanlar Akademiyasining «zoologiya va parazitologiya» instituti zimmasiga yuklatilgan. Hozirgt kunda O‘zbekiston «Qizil kitob» ga kiritilgan ayrim turdagi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazorat ostidadir. O‘zbekiston hayvonot dunyosini chuqurroq o‘rganish natijasida «Qizil kitob» ning ikkinchi nashriga qoshiqburun va qorabosh qulog’ichni kiritishni olimlar tavsiya etmoqda. O‘zbekiston «Qizil kitob» da faqat umurtqali hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qayta Chop etiladigan «Qizil kitob» da umurtqasiz jonivorlar vakillari ham kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak.
O‘zbekiston «Qizil kitob» ning ikkinchi tomi davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 163 tur o‘simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitob» dagi o‘simlik turlari tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikastiyaga binoan 4 kategoriyaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat.

  1. – yuqolib yoki yuqolish arafasidagi turlar:

  2. – noyob turlar (ma’lum kichik maydonlarda o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan va tez yuqolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar) :

  3. – yuqolib borayotgan turlar:

  4. – kamayib borayotgan turlar:

«Qizil kitob» ning Yangi nashirga olingan o‘simlik turlari soni 300 ga boradi.
«Qizil kitob» da o‘simlikning har bir turi nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta’rifi, tarqalishi haqida ma’lumot keltirgan. Ilmiy ma’lumotlar asosida tabiatdagi miqdori va Ushbu tur arealining o‘zgarish sabablari keltirilgan. Tabiiy sharoitda ko‘payish yullari va nihoyat muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shunday qilib «Qizil kitob» ning mohiyati shundaki, ular nabotot va hayvonot olamining noyob, yuqolib ketish xavfi ostidagi turlar haqida ma’lumot
beruvchi xujjatdir. Uning vazifasi jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiatni muhofazasi muammosiga jalb etishda va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat. «Qizil kitob» lar vatanimizda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng muhim xayrli ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

  1. Noyob hayvonlar.

Gepard,qoplon, Irbis, Ko‘k sug’ur, Katta shomshapalak, Ustyurt, quyi, arxal, Xongul, Shalpanquloq, ko‘rshapalak, Qizilqum, yovvoyi quyi, O‘rta Osiyo qunduzi, Malin, Mapxur, Mitti qo‘shoyoq, Olako‘zan, Silovsin, Sirtlon, Buxoro quyi, Tiyanshan qo‘yi, arxar.
Buxoro bug’usi - bu kelishgan, chiroyli, extiyotkor hayvon. Xavf tug’ilganda bug’ilar sergak tortib, diqqat bilan quloq sola boshlaydi va qisqa o‘tkir ovoz chiqaradi. Bug’u tanasining uzunligi 86 sm, balandligi 60 sm atrofida, vazni 100 kg gacha etadi. Erkak bug’uning shoxi o‘zun va 5 ta butoqli bo‘ladi. Mart-aprel oylarida shoxlari tushib ketadi. Tanasining rangi sargishko‘l rang bo‘ladi. Yozda qishdagiga nisbatan ochroq bo‘ladi. Yangi tug’ilgan bolalari oq, biqinlarida dog’lari bo‘ladi. Bu Bug’u butunlay yuqolib ketish xafi ostida bo‘lganligi uchun «Qizil kitob» ga kiritilgan.
Ilvirs – yirik to‘q qo‘ng’ir dog’lari bo‘lgan, ko‘ng’ir-kulrang yirik (bahaybat) mushuk. Epchil, tanasi cho‘ziq, u’zunligi 140 sm, oyoqlari kalta bo‘ladi. Dumi tanasining 3\4 qismidan o‘zunroq, vazni 40 kg gacha keladi. Urg’ochisi yerkagidan kichikroq bo‘ladi. Ilvirs tog hayvoni. Qoyali jarliklarda yashaydi. Qishda oziq izlab tog’dan pastga tushadi. Qyaning yorilgan joylariga, jarliklarga in qu’radi. Yakka- yakka yashaydi. Kun botishiga yaqin yoki tongotarda, kamdan-kam kunduzi ovga chiqadi. O‘ljasini bekinib poylab yotadi. Bilintirmay, tovush chiqarmay, osoyishta, Mayin harakat qiladi. Ilvirs hatto yaralangan bo‘lsa ham, odamga hamla qilmaydi. Uning soni tobora kamayib ketayotganligi uchun noyob hayvon hisoblanib, «Qizil kitob»ga kiritilgan.
Turkiston silovsini – gavdasi katta itdek keladigan hayvon. Qishda elka junlari qung’ir-kulrang bo‘ladi. Ularning ostida sariq rangli Mayin momiq juni bo‘ladi.
Qorni tanasining ostlari va oyoqlari sariqroq dog’li oq tusda bo‘ladi. Quloqlarining uchida o‘tkir uchburchak shaklidagi qora dog bor, eng uchi qora popuksimon. Lunjlaridagi juni juda uzun, quloqlari oldidagi juni qora. Dumining yuqorigi yarmi sarg’ishroq kulrang, uchi qora. Oyoqlari uzun, tanasi kalta. Yurgainida dumida elka chizig’iga nisbatan 300 burchak ostida ko‘tarib yuradi. Bir joyda yashirin yashaydi. Yashash joyidan ketayotganida u Yerni qor bilan ko‘madi, qolgan ozig’ini ham qor tagiga yashiradi. Tekis qiyaliklarda ham, qoyalarda ham, jarliklarda ham archazorlarni yoqtiradi. Silovsin kamayib borayotgan kenja tur, u «Qizil kitob» ga kiritgan.

  1. Noyob qushlar.

Bolta yutar,burgut, jingilador, bir qozon, ilon burgut, itolgi, yo‘rg’a tuvaloq, kichik burgut, kichik oq qush, laylak, lochin, malla bosh lochin, oq turna,oq qush – Oqqul, suv qiyg’ir, tuvaloq
Burgut – eng katta qushlardan biri. Yerkagi kanotlarining o‘zunligi 59-66 sm, urgochisiniki 65-74 sm keladi. Katta (voyaga etgan) burgutlarning umumiy rangi qo‘ng’ir, tanasining ust tomoni qoramtir qo‘ng’ir, ostki tomoni bir muncha oqroq bo‘ladi. Qanot (katta) patlarining asosida kulrang naqshlar bor, dum patlari to‘q- qo‘ng’ir rangda. Tog’larga va pastlik joylarga in quradi. Burgut bir joyda yashovchi (qishlovchi) qush. Lekin qishda ba’zan in qoymaydigan joylarda ham paydo bo‘ladi. Burgutlar soni kamayib ketganligi sababli «Qizil kitob» ga kiritgan.
Oq laylak – Ilgari Toshkentga ham laylak inlari uchrab turar edi. Hozir Toshkent atroflaridagi Yangibozor, Oxangaron, va Chinoz yaqinida laylak inlarini uchratish mumkin. Oq laylak O‘zbekistonning deyarli hamma voxalarida uchraydigan qushdir. Oq laylak Arabiston, Afrika, Hindiston va janubiy-sharqiy Osiyoda qishlaydi. O‘zbekistonga mart boshlarida uchib keladi. Laylak Toshkent atroflaridan avgust oxiri-sentyabr boshlarida uchib keta boshlaydi. Ko‘pchilik qismi oktyabr o‘rtalarida uchib ketadi.
v) Noyob sudralib yuruvchilar.
Kapchabosh ilon,xentogqurbaqasi,shtraux qurbaqasi,chipor,echkemar
g) Noyob baliqlar.
Baxri baliq, kichik kurakburun balig’i, marmar o‘rdak, osiyo loyxo‘ragi, oqbosh o‘rdak, oq dumli suv burguti, oq laylak, muylov baliq, sugyon, sirdaryo ko‘rakburun balig’i, qilquyruq, katta ko‘rakburun baliq.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin