Hayot kechirishi. Amyobaning sitoplazmasi doim harakatlanib turishi tufayli sitoplazma sirtida turli shakldagi soxta oyoqlardeb ataladigan o‘simtalar hosil bo‘lib va yo‘qolib turadi. Soxta oyoqlari yordamida amyoba harakatlanadi va ozig’ini tutadi. Harakatlanayotgan amyoba duch kelgan turli bir hujayrali suv o‘tlari, bakteriyalar va boshqa mayda organizmlarni soxta oyoqlari ordamida qamrab oladi. Tutilgan oziq sitoplazmaga o‘tganida unga bir tomchi hazm shirasi ajralishi bilan hazmvakuolishakllanadi. Oziq hazm vakuoli bilan birga sitoplazma bo‘ylab harakatlanadi va hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmay qolgan oziq sitoplazmaning to‘g’ri kelgan joyidan chiqarib yuboriladi.
Amyoba sitoplazmasiga hujayra membranasi orqali tashqi muhitdan doim suv diffo‘ziya orqali o‘tib turadi. Sitoplazmada joylashgan qisqaruvchivakuolyordamida amyoba hujayrasidan ortiqcha suyq moddalar almashinuvining zararli
mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Qisqaruvchi vakuolaning faoliyati tufayli sitoplazmadagi suv doim yangilanib turadi. Suv bilan birga sitoplazmaga nafas olish uchun zarur bo‘lgan kislorod ham kirib turadi. Kislorod ishtirokida sitoplazmadagi murakkab organik moddalar oddiy moddalarga parchalanadi. Natijada organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya va zararli bo‘lgan karbonat angridrid gazi yoki boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Karbonat angridrid gazi tana yuzasi orqali, zararli moddalar qisqaruvchi vakuolalar orqali tashqariga chiqariladi. Hosil bo‘lgan energiya amyobaning hayot faoliyati uchun sarflanadi.
Ko‘payishi.Amyoba faqat jinssiz ko‘payadi. Qulay sharoitda amyoba yadrosi bevosita ikkiga bo‘linadi. Shundan so‘ng sitoplazma ham ikkiga bo‘linadi va ikkita yosh amyoba hosil bo‘ladi. Ular birmuncha vaqt oziqlanib, o‘sadi. Ana shundan keyin bo‘linish yana takrorlanadi. Noqulay sharoitda amyoba yumaloqlanadi va sitoplazmasi atrofiga qalin qobiq hosil qilib, sistagaaylanadi. Sista amyobani noqulay sharoitdan himoya qilishi bilan birga uni shamol va chang zarralari orqali tarqalishiga ham imkon beradi. Qulay sharoit kelishi bilan sista yorilib, undan amyoba chiqadi va uning hayoti davom etadi.