G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə66/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Xivchinlilarning ko‘payishi. Yashil evglena faqat jinssiz bo‘yiga ikki bo‘linib ko‘payadi. Volvoks jinssiz ko‘payganida genyerativ hujayralar ketma-ket bo‘linib, yangi yosh koloniyalarni hosil qiladi. Jinsiy ko‘payishda esa genyerativ hujayralardan ayrimlari yirik tuxum hujayra-makrogametani, boshqalari ko‘p marta bo‘linib, juda mayda, ikki xivchinli urug’ hujayralar mikrometalarni hosil qiladi. Mikrogametalardan biri suv orqali borib, makrogametani urug’lantiradi. Zigota qishlab qoladi. Bahorda undan volvoksning yangi koloniyasi hosil bo‘ladi.
Hayvonsimon xivchinlilar. Hayvonsimon xivchinlilar - yakka yashovchi bir hujayralilar. Ular barcha hayvonlar singari geterotrof oziqlanadi. Hayvonsimon xivchinlilar orasida chuchuk suv havzalarida erkin hayot kechiradigan hamda odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan turlari bor.
Tripanozomalar. Odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashaydi. Hujayrasi bir xivchinli tasmaga o‘xshaydi o‘lchami 20-70 mkm keladi. Rodeziya tripanosomasi Afrikaning tropik qismida tarqalgan bo‘lib, mahalliy aholi o‘rtasida og’ir uyqu kasalligini paydo qiladi. Bemor odam juda ozib ketadi; ko‘p uxlaydi; davolanmaganida halok bo‘ladi. Tripanosoma tabiatda antilopalarda uchraydi. Parazitni odamga se-se pashshasi yuqtiradi.
Trixomonoslar. Trixomonoslar - to‘rtta yoki undan ko‘proq xivchinlar yordamida harakatlanadigan parazit hayvonlar. Trixomonoslarning bir turining kattaligi 7-10 mkm bo‘lib, ichakda yashaydi. Boshqa bir turi odamning siydik tanosil yo‘llarida parazitlik qiladi. Vagina (jinsiy qin) trixomonasi keng tarqalgan. O‘n ikki barmoq va ingichka ichakda lyambliya yashaydi; sakkizta xivchini bo‘ladi. Tez
ko‘payib ketganida parazit ichak faoliyatini buzadi; ba’zan o‘t yo‘llarini yallig’lantiradi.
Leyshmaniyalar. Leyshmaniyalar odam terisi hujayralari ichida parazitlik qiladigan hayvonsimon xivchinlilardir. Ular orasida teri leyshmaniyasi ko‘proq uchraydi. Bu parazit terining ochiq joylarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan yara hosil qiladi. Kasallik xalq orasida “avg’on yara”, “yomon yara” yoki “sharq kuydirgisi” nomlari bilan ma’lum. Yara to‘zalib ketgandan so‘ng o‘rni chandiq bo‘lib qoladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin