G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə68/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Nafas olishi va ayirishi. Tufelka barcha sodda hayvonlar kabi tana yuzasi orqali suvda yerigan kislorod bilan nafas oladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan keraksiz mahsulotlar va ortiqcha suv tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan qisqaruvchi vakuolalar yordamida chiqarib tashlanadi. Har bir qisqaruvchi vakuola yig’uvchi o‘zun naychalar, suyuqlik saqlovchi pufakchalar va chiqarish naychasidan iborat. Suv va moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari dastlab yig’uvchi naychalarga, ulardan vakuola pufakchasiga o‘tadi. Pufakcha devori qisqarishi tufayli suyuqlik chiqarish naychasi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Tufelka tanasida nYerv tolalari topilmagan. Lekin u harorat, kimyoviy, Yorug’lik va turli mexanik ta’sirni sezish xususiyatiga ega.
Harakatlanishi. Tufelka hujayrasi sirtida joylashgan kiprikchalarning eshkakka o‘xshab bir me’yorda tebranishi natijasida so‘zib yuradi. Kiprikchalar tana sirtida spiral qator hosil qilib joylashganligi sababli tufelka o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiladi.
Ko‘payishi. Tufelka jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi oziq mo‘l bo‘lgan qulay ob-havo sharoitida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishi katta va kichik yadrolar qobig’ining emirilishidan boshlanadi. Shundan keyin tufelka tanasi o‘rta qismidan ingichka tortib, ikkiga ajraladi va ikkita yosh tufelka hosil bo‘ladi. Har qaysi yosh tufelkalarda etishmagan organoidlar va yadrolar qayta tiklanadi.
Jinsiy ko‘payishi ikkita tufelkaning og’iz oldi chuqurchasi joylashgan tomoni bilan yaqinlashuvidan boshlanadi. Har ikkala tufelkada pellikula qobig’ining bir-
biriga tegib turgan joyi yeriydi va ularning sitoplazmasi o‘rtasida bog’lanish hosil bo‘ladi. So‘ngra katta yadro emirilib, sitoplazmaga tarqalib ketadi va kichik yadro bir necha marta bo‘linadi. Dastlab kichik yadro 2 marta bo‘linib, 4 tadan yadrocha hosil qiladi. Ularning uchtasi emirilib ketadi, qolgan bittasi ikkiga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan yadrolardan biri harakatchan, ikkinchisi harakatsiz bo‘ladi. Info‘zoriyalar harakatchan yadrolarini almashinishadi. Almashingan harakatchan yadrolar harakatsiz yadrolar bilan qo‘shiladi. Ana shundan so‘ng info‘zoriyalar ajralib ketadi. Ulardagi yadro ikkiga bo‘linib, biridan kichik yadro, ikkinchisidan katta yadro hosil bo‘ladi. Bu hodisa ko‘p hujayrali hayvonlarning urug’lanishini eslatadi. Info‘zoriyalarning jinsiy ko‘payishi kon’yugastiya deyiladi. Jinsiy ko‘payishdan so‘ng info‘zoriyalar yana jinssiz ko‘payishga kirishadi. Bunday ko‘payishning mohiyati ikkita har xil organizm o‘rtasida irsiy belgilar almashinuvidan iborat. Jinsiy ko‘payishda info‘zoriyalar soni ortmaydi, lekin ularning nasli yaxshilanadi, yashovchanligi oshadi. Info‘zoriyalar ham noqulay sharoitda stista hosil qiladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin