G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə71/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Qushlar sinfi.


Qushlar sinfi 8 mingdan ortiq turni birlashtiridi. Qushlar tashqi ko‘rinishi va tuzilishi jihatdan turli-tumandir. Ular tuzilishining xilma-xilligi hayot tarzining, harakatlanish usullarining, oziqlarining turlari va ularni topish uslublarining har xil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Evolyutsiya jarayonida qushlar turli muhitni: o‘rmonni, ochiq joyni va botqoqlikni tanlaydi. G’oyat xilma-xil sharoitda hayot kechirish qushlarning tuzilishi va ko‘rinishi jihatdan keskin farq qiluvchi ekologik guruhlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Haqiqatdan ham o‘rmon qushi hisoblangan chilqushni,
havoda hayot kechirishga moslashgan uzunqanot qaldig’ochni, suvda suzuvchilardan o‘rdakni, botqoqlik qushi qarqaraning umumiy qiyofasi va tashqi tuzilishini bir-biridan farq qilishlariga ishonch hosil qilish mumkin. Ko‘pchilik Yer yuzasida yashaydigan qushlar singari. Chilqush o‘rtacha tanaga, tez va tik uchishni ta’minlovchi keng qanotga ega. Bu xususiyatlar o‘rmonda biror xavf tug’ilganda katta ahamiyatga ega. Eng yaxshi uchuvchi uzunqanot qaldirg’ochning qanotlari ensiz va uzun oyoqlari qisqa, tumshig’i qisqa va keng ochiladigan (havoda hasharotlarni tutishga moslashgan) bo‘ladi. Suvda suzuvchi qushlardan o‘rdak uchun patlarning ko‘p bo‘lishi va zich joylashishi, oyoq barmoqlaridagi pardaning rivojlanganligi tumshuqning keng hamda yassi va uning suzuvchi moslamalarining bo‘lishi xarakterlidir. Nihoyat, qarqarada bo‘yin va oyoqlarining uzunligi ko‘zga tashlanadi. Bu xususiyatlar botqoqlik sharoitida hayot kechirishga imkon beradi. Yirtqich qushlarning qiyofasi tamomila boshqachadir. Ularning oyoqlari baquvvat, barmoqlari o‘tkir tirnoqlarga ega, tumshug’i ilgakka o‘xshab egilgan bo‘ladi. Bu xususiyatlar yirtqich o‘ljalarni tutishga moslashishdir.
Qushlarning tuzilishi va xilma-xilligi, ayniqsa ularning qanot, tumshuq, oyoq, bo‘yin va dum tuzilishiga yaqqol namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon qushlar uch turkumga: pingvinlar, tuyaqushlar va ko‘krak taroqli qushlarga bo‘linadi.
Pingvinlar Janubiy yarim sharning asosan Antarktida qirg’oqlarida va ularga yaqin orollarda keng tarqalagan. Uya qurish davridan boshqa vaqtlarda ular ochiq dengizda hayot kechiradi. Avstraliya, Afrika va Janubiy Amyerikaning janubiy qirg’oqlarida ham uchraydi. Pingvinlar suvda yaxshi so‘zadi, lekin ucha olmaydi. Ularning oldingi oyoqlari kurakka aylangan. Quruqlikda pingvinlar tanasini tik tutadi, chunki oyoqlari ancha orqaroqda joylashgan. Ularning tik turishiga dumi yordam beradi, ya’ni tayanch vazifasini o‘taydi. Pingvinlar sekin yuradi ammo, qorinlari bilan tez sirg’anishlari ham mumkin, bunda ular qanot va oyoqlariga tayanib, itariladi. Ularning patlari tangachaga o‘xshaydi, chunki yaxshi rivojlanmagan. Pingvinlar bir yilda bir marta tullaydi. Bunda eski tangacha patlar ostidan yangilari o‘sib chiqadi. Tullash vaqtida pingvinlar quruqlikda bo‘ladi va
hech narsa yemaydi. Ko‘payish davrida pingvinlar juft hosil qiladi, bu juft ko‘pchilik turlarda umr bo‘yi davom etishi mumkin (monogamiya). Uya qurishda deyarli barcha turlar ming va hatto yuz ming juftdan iborat kaloniya hosil qiladi. Tuxumni bosib yotishda har ikkalasi ishtirok etadi. Kamdan-kam hollarda esa yerkak pingvinlar o‘zi tuxum bosib yotadi. Pingvinlarning eng yiriki impyerator pingvinidir, uning balandligi 110-120 sm ga, massasi 45 kg yetadi. Unga uzunligi 96 sm bo‘lgan qirol pingvin yaqin turadi. Adeli pingvin ko‘p sonli va keng tarqalgan turlardan hisoblanadi. Tillar sochli pingvinning ko‘zlari usti toj ko‘rinishidagi tillarang patlar bilan qoplangan. Eng kichik turlardan biri Galapagos pingvinidir, tanasining uzunligi 50 sm ga etadi. Tuyaqushlar ucha olmaydigan, qadamlab yugurish bilan harakatlanadigan ko‘krak taroqsiz qushdir. Ular g’oyat yirik qush hisoblanib, qanotlari rivojlanmagan. Oyoqlari baquvvat bo‘lib 2-3 barmoqli bo‘ladi. Qopchiq yog’ bezi yo‘q, patlari diffyerensialashmagan. Tuyaqushlar Afrika, Avstraliya, Janubiy Amyerika va Yangi Zelandiyada hayot kechiradi Afrika, Amyerika (nandu) va avstaraliya tuyaqushlar (kazuarlar), kivilar ko‘krak taroqsizlarning muhim vakilidir. Ko‘krak taroqli qushlar turkumi hozirgi ko‘pchilik turlarni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiy qismi ucha olmaydigan qushlardir. Bu qushlarning ko‘kragida taroq bor, kontur patlari rivojlangan, yelpig’ichlarga ega, suyaklarning ichi kovak, havo qopchilari rivojlangan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin