G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə67/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Infuzoriyalar tipi


Info‘zoriyalar eng murakkab tuzilishga ega bo‘lgan bir hujayralilar bo‘lib, dastlab pichan ivitmasidan topilgan. “Info‘zoriya” so‘zi ham pichan ivitmasida yashaydigan hayvonlar ma’nosini aglatadi. Ularning tanasi juda ko‘p mayda kipriklar bilan qoplangan. Kipriklar yordamida harakat qiladi. Hujayrasida ikki xil yadro bor. Kichik yadrosi – mikronukleus va katta yadrosi – makronukleus (mikro
– kichik, makro – katta, nukleus – yadro) deyiladi. Kichik yadrosi irsiy belgilarni saqlovchi genYerativ yadro bo‘lib, ko‘payishda ishtirok etadi. Info‘zoriyalar jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Info‘zoriyalarning tipik vakili tufelka info‘zoriyasini chiriyotgan o‘simliklar qoldig’i bilan ifloslangan chuchuk ko‘lmak suvlarda, suvi eskirib qolgan akvariumlarda uchratish mumkin. Tufelka tanasining shakli tuflining tagcharmiga o‘xshash bo‘lganligi tufayli unga shunday nom berilgan Uning tanasi cho‘ziq, o‘zunligi 0,1-0,3 mm kattalikda, oldingi tomoni to‘mtoq, keyingi tomoni esa ingichkalashgan bo‘ladi. Tufelka hujayrasi sirti qattiq pellikula qobiq bilan o‘ralganligi tufayli shakli doimiy bo‘ladi. Pellikula ostida otiluvchi tayo‘qchasimon tanachalar joylashgan. Tanachalar himoya vazifasini bajaradi. Yirtqich hayvon hujum qilganida tufelka otiluvchi tanachalarini otib chiqaradi. Tanachalar hayvon tanasiga so‘qilib uni cho‘chitadi. Endoplazmasida ikkita qisqaruvchi vakuola, juda ko‘p hazm vakuolalari, loviyasimon makronukleus va dumaloq mikronukleusi joylashgan.
Oziqlanishi. Tufelka tanasining yon tomonida chuqurchasi bo‘ladi. Chuqurchaning chetlari kipriklar bilan o‘ralgan, uning tubida esa og’iz teshikchasi
joylashgan. Chuqurcha chetidagi kiprikchalarning harakatlanishi tufayli suvdagi mayda organizmlar (bakteriyalar) va organik moddalar og’iz teshigi tomonga yo‘naladi. Og’iz teshigi qisqa halqum bilan tutashgan. Oziq moddalar ana shu halqum tubida to‘plangandan so‘ng, ularga sitoplazmadan bir tomchi hazm suyuqligi ajralishi bilan hazm qilish vakuolasi hosil bo‘ladi. Hazm qilish vakuoli halqum tubidan ajralib, sitoplazmaga tushadi. Vakuola sitoplazma oqimi bilan aylanib yurib, uning ichidagi oziq hazm bo‘ladi va sitoplazmaga so‘riladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldig’i tanasining keyingi qismida joylashgan maxsus chiqaruv teshigi (poroshista) orqali organizmdan chiqarib yuboriladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin