O‘qitishdamuntazamlilikvaizchilliliktamoyili. Maktab geografiya kursi geografiya fanining turli sohalarining qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialning bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari tabiat to‘g‘risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy obyektlar, keyin esa murakkabrog'i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan geografiya o`qitish da muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi. O'qitishning muntazamliligi, ya’ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog'lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy geografiya bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o'yinlar (bu boshlang'ich sinflardagi o'qitish uchun xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar)ni; 3) mehnat ta’limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bog‘lanishni nazarda tutadi. Geografiya kurslarining izchilligi o'quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek, mazmunda vorislikka rioya
qilish zaruratiga qarab o‘quv materialining tushunarli bo‘lishi bilan belgilanadi.
Chunonchi: 1) maktab geografiya kursi jonsiz tabiatdagi o'simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o‘zgarishlarni;
jonajon o‘lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini;
Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni aks ettiruvchi materialni izchillik bilan o'rganishni talab qiladi.
O‘quv materialining ilmiy va tushunarli bog`lash tamoyili. Uzoq vaqtlar boshlang‘ich sinflarda geografiyani mustaqil o‘quv predmeti sifatida o‘qitishga yetarli darajada e’tibor berilmadi. U goho tabiyot deb nomlanib kelindi, goho predmetli darslar va izohli o‘qish bilan almashtirildi. XX asrning 60-yillaridan boshlab geografiya mustaqil predmet sifatida o‘qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab
geografiya kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Geografiya o`qitishda ilmiylik tamoyili hozirgi zamon fanida qat’iy qaror topgan tamoyillami o‘quvchilarga o‘zlashtirish uchun taklif etilishini nazarda tutadi. Geografiya bo‘yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta’minlash uchun kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining idrok qilabilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma’lumotlarni tanlab olish kerak. O‘quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o‘quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to‘g‘ri aniqlash o‘quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o‘quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng to‘g‘ri metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko'tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O‘quv materialining ilmiyligi tushunarli bo‘lishi kerak, bunga uni o‘quvchilarning aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Geografiya materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida o'qishga qiziqish uyg'otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlash, taqqoslash va xulosalar chiqarish amaliy masalalarni yechishga undaydi.