G’. M. Sayfullayev


Sinfda amaliy mashg'ulotlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə98/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Sinfda amaliy mashg'ulotlar. Sinfda amaliy mashg'ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi, bu o'quvchilarga o'rganilayotgan narsani bir necha sezgi a’zolari bilan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko'ribgina qolmasdan, uning ustida har xil tajribalar o'tkazadilar, uning xususiyatini (masalan, tirnab ko'rish, bolg'acha bilan urib ko'rish orqali narsaning mo'rtligini, egish bilan — qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar. Tarqatma material sifatida geografiya darslarida jonsiz va jonli tabiat jismlari (toshlar, foydali hasharotlar, o'simliklar va ularning qismlari, mayda hayvon va boshqalarjdan foydalaniladi.
Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:

  • ish maqsadini e’lon qilish;




  • o'qituvchining yo'l-yo'riqlar berishi;




  • topshiriqni tushuntirish;




  • materiallarni tarqatish;




  • kuzatish;




  • o'tkazilgan ish natijalarini tushuntirish — suhbat;




  • xulosalami daftarga yozish;




  • rasmlar chizish.

Amaliy ish vaqtida o‘qituvchi topshiriq tushunarsiz tuyulganda yoki murakkab bo'lganda ayrim o'quvchilaiga yordamlashadi. Lozim bo‘lsa ish mazmunini butun sinfga takroran tushuntirish kerak bo'ladi. Amaliy ishning asosiy qiyinchiligi kuzatilayotgan hodisalarni anglash, eng muhimlarini ajrata bilish, xulosalami ifodalay olishdir.


Tirik tabiat burchagidagi amaliy mashg'ulotlar uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar bilan bog'liqdir. Tirik tabiat burchagida amaliy ish o'tkazishga bag'ishlangan darsda uning maqsadi va bajarish izchilligi tushuntirilishi kerak. O‘quvchilarga savolnoma berish mumkin. Tabiat burchagidagi ishlarning natijalaridan tegishli mavzular o'rganilayotganida foydalaniladi.
O‘simliklami o'stirish bo'yicha maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar sinfdagi darslarda olingan bilimlarni kengaytiradi va chuqurlashtiradi, o'quvchilami amaliy o‘quv va ko'nikmalar bilan qurollantiradi, ularda tabiatga va qishloq xo'jaligi mehnatiga qiziqish uyg'otadi.
Maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar va ular bilan bog'liq boTgan hamda o‘quvchilarning kuzatishlari bilan birga olib boriladigan suhbat va o‘qituvchining tushuntirishlari sinf mashg‘ulotlari soatlarida ochiq havodagi dars sifatida o‘tkazilishi lozim. Dars nazariy va amaliy qismlaiga bo'linadi.
Darsning nazariy qismida o'qituvchi oldinda turgan ishning ahamiyati va mohiyatini tushuntiradi, o‘quvchilarni mehnat qurollari va ish uslublari vositasida o‘rganilishi kerak bo‘lgan o'simliklar bilan tanishtiradi.
Darsning bu qismini rejalashtirishda geografiya bo'yicha o'quvchilar oladigan va o‘zlashtiradigan bilimlarni aniq belgilab olmoq zarur. Ishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirib, o‘qituvchi bolalarga uni bajarishning to‘g‘ri uslublarini ko'rsatadi va uni nima uchun boshqacha emas, shunday bajarish kerakligini aytadi. Keyin o'qituvchi bir-ikki o'quvchiga ishni bajarishni taklif qiladi va faqat ular ishni to‘g‘ri bajara olgach, butun sinfga ishga kirishishga ruxsat beradi.
Darsning ikkinchi qismi bolalaming amaliy ishidir.
Amaliy ish vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilami kuzatib, qo‘shimcha tushuntirishlar olib boradi, ish sifatini baholaydi, yaxshilarini alohida ta’kidlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolami bartaraf qilishni taklif etadi. Darsga yakunlovchi suhbatda yakun yasaladi: darsda bolalar qanday yangi ma’lumotlarni bilib olganliklari, nima qila olishga o‘rganganliklari, ish vaqtida o'zlarini qanday tutganliklari aniqlanadi. Xotimada o'qituvchi ekilgan urug'lami yoki o'tqazilgan o'simliklarni qanday parvarish qilish kerakligi, bu ish qanday tashkil qilinishi haqida ma’lumot beradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin