Tasvirlash metodi- tahlil qilish uchun zarur va etarli bo‘lgan axborotlarni
to‘plash, aniqlangan dalillarning o‘ziga xosligi, obyektivligi, guruhlanishi,
tizimlanishi va tasnif etilishini tadqiq qilish uchun qo‘llaniladi. Ta‘lim tizimidagi
yagona va o‘ziga xos hodisalarni aniqlashni nazarda tutadi. Ko‘p hollarda
tasvirlash metodi ilmiy va badiiy adabiyotlarni o‘rganish orqali turli mamlakatlarda
ta‘lim va tarbiya jarayonining yorqin lavhalarini ifodalash imkonini beradi.
Masalan, rus jurnalisti va yozuvchisi V.V.Ovchinnikovning publististik asarlari-
―Qayin ildizi(Angliya va inglizlar haqidagi fikrlar va taassurotlar)‖, ―Sakura
novdasi (Yaponlar qanday odamlar ekanligi haqida hikoya)‖da biz Buyuk
Britaniya va Yaponiyadagi ta‘lim va tarbiya hamda bolalarni ijtimoiylashtirish
to‘g‘risida ajoyib lavhalar tasvirlanganligining guvohi bo‘lamiz. XVIII asrda
yashab ijod etgan faylasuf Chesterfiltning ―O‘g‘limga xat‖ deb nomlangan
mashhur asarida hozirgi zamondoshlarimiz uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
Angliyaning oqsuyak bolalari tarbiyasining o‘ziga xos qadriyatlarini ko‘rishimiz
mumkin.
Tarixiylik metodi- turli davrlarda ijtimoiy-siyosiy davlatchilik shakliga ega
bo‘lgan mamlakatlarda ta‘lim tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi va
taraqqiyoti, uning o‘ziga xos muammolarini qiyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganish
imkoniyatini beradi.
Tadqiqotning tarixiy metodi qiyosiy pedagogikada pedagogik hodisalarga
nisbatan qo‗llanishi mumkin. Milliy maorif tizimining paydo bo‗lishi va
shakllanishi, maorif va madaniyatning paydo bo‗lishi va shakllanishi, maorif va
madaniyatning rivojlanishidagi asosiy an‘analar, xalq maorifi sistemasining
tuzilishi, uning tarixiy davrda o‘zgarishi, mamlakatda davlatning maktab siyosatiga
maktab va dinning o‘zaro munosabatiga xarakteristika, maorif taraqqiyotidagi
traditsiyalar, muammolar va tendensiyalarni aniqlash, pedagogik g‘oyalar,
nazariyalar va maorifning ayrim muammolarini tadqiq etish va hokazo. Pedagogik
muammoga oid xulosalashning genezisi va taraqqiyot xususiyatlarining tahliliga
asoslangandagina ilmiy natija olish mumkin.