74
harakatini amalga oshirilayotganda esa u texnik mahoratini namoyish qiladi.
Demak, texnika o‗yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo‗lib
xizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a‘lo darajada bo‗lsagina xilma-xil taktik
harakatlarni bajarish mumkin.
Kuchi teng jamoalar uchrashuvidagi g‗alabaga ko‗pincha mag‗lub
bo‗lganlarda iroda kamlik qilgani yoki jismoniy va texnik tayyorgarlik bo‗sh
bo‗lgani sabab qilib ko‗rsatiladi. Lekin qo‗l to‗pi o‗yinidagi g‗alaba
ko‗pincha taktik rejalar kurashi bilan belgilanadi. Taktika ikki jamoaning
jismoniy, texnik va irodaviy tayyorgarlikdagi darajalari teng bo‗lganda,
ulardan birini g‗alaba qilishini ta‘minlab beradigan muhim omildir. Oldindan
mukammal o‗zlashtirib ishlatilgan taktika muvaffaqiyat keltira oladi. Ba‘zi
jamoalar har qanday raqibga qarshi o‗ynaganda ham bir xil taktika
ishlataveradilar. Taktik jihatdan bunday qashshoqlik, bir xillik mahoratning
o‗sa borishiga to‗sqinlik qiladi. Har bir jamoa, ayniqsa, yuqori malakali
jamoa xilma-xil taktik rejada o‗ynay bilishi kerak, aks holda u, ayrim
yutuqlari bo‗lishiga qaramay, musobaqalarda katta g‗alabaga erisha olmaydi.
O‗quv-mashg‗ulot jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e‘tibor
beriladi. Har bir o‗yinchi, va, umuman jamoa harakatlarning xilma xil
variantlarini mukammal egallagan bo‗lishi lozim.
Hujum va himoyada qo‗llaniladigan taktik harakatlar qarama-qarshi
vazifalarni echish uchun qo‗llaniladi. SHuning uchun taktika ikki katta
turkumga-hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: