“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/36
tarix18.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99732
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
gandbol o\'yin tarixi

Hujum taktikasi. 
Hujum o‗yinni hal qiluvchi omildir, ya‘ni muvaffaqiyat ko‗pincha uning 
oxirgi natijasiga bog‗liq bo‗ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu 
raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to‗p otishda 
shaxsiy qarshilikni engishdir. Hozirgi kunda qo‗l to‗pi o‗yini xujumning tez-
tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy qo‗l 


75 
to‗pi o‗yinida himoyadan hujumga o‗tish tezligi, taktik «kombinatsiya»larni 
bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning 
bajarilish vaqti qisqardi
.
Jamoa harakatlari. 
Hujumda jamoalar asosan ikki taktik tizimni qo‗llaydilar. Tez yorib 
o‗tish va pozitsiya hujumi. Bu tizimlarning har qaysisi bir-birini to‗ldiradi va, 
shuning uchun hamma jamoalar qurollangan bo‗lishi kerak. 
Tez yorib o‗tish. Bu hujumda ko‗proq natija beradigan usuldir. Ammo, 
uni qo‗llaganda o‗yinchilarning o‗zaro yonma-yon holatda bo‗lib qolishi 
qiyin. SHuning uchun pozitsiyada hujum qilishning solishtirma og‗irligi 
biroz baland hisoblanadi. SHunga qaramasdan, tez yorib o‗tish qanchalik 
ko‗p qo‗llansa, hujumchilar to‗p otishni shunchalik ko‗p bajaradilar. 
Zamonaviy qo‗l to‗pi faqat shuning hisobiga rivojlanmoqda. 
Tez yorib o‗tishning maqsadi raqiblarning to‗pni yo‗qotib, hujumdan 
himoyaga o‗tishi paytida sodir bo‗ladigan vaqtincha uyushmagan harakatidan 
foydalanishdir. SHuning uchun tez yorib o‗tishga albatta raqiblardan to‗pni 
kutilmaganda olib qo‗yilganda kirishiladi. Bu ko‗pincha to‗pni olib 
qo‗yishda, to‗siqlardan, darvoza-bondan yoki darvoza ustunlariga urilib 
qaytgan to‗pni egallaganda va hujumchilar tomonidan o‗yin qoidasi buzilgan 
hollarda amalga oshiriladi. 
Tez yorib o‗tishdagi o‗zgarishlar uning shiddati bilan bog‗liq hujum 4-7 
s davom etadi, o‗zaro harakatlar oddiy bo‗lsa ham, oz sonli o‗yinchilar bilan 
ustunlik vujudga keltiriladi. 
Vaqtdan yutish va bo‗shliq, son jihatdan ustunlikni vujudga keltiradi va 
darvozani ishg‗ol etish uchun qulay sharoit yaratadi. Ammo buning uchun 
barcha himoyachilar harakati imkon boricha tezkor, dadil va yaxshi 
kelishilgan bo‗lishi kerak. 


76 
Tez yorib o‗tishda ayniqsa, darhol qulay vaziyatni tanlash va birinchi 
to‗pni to‗g‗ri uzatish muhimdir. Tez yorib o‗tish yolg‗iz va jamoaning 
hamma o‗yinchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tez yorib 
o‗tishga qanchalik ko‗p o‗yinchilar qatnashsa, ularga qarshi kurashish 
shunchalik murakkablashadi. 
Darvoza tomon tez yorib o‗tishda hujumchilar butun maydon kengligida 
bir yoki ikki qator bo‗lib joylashadi. Birinchi bo‗lib start olgan (1-3-o‗yinchi) 
o‗yinchilarni orqadagi o‗yinchilar qo‗llashi kerak. Hujumchilar to‗pni 
yo‗qotishi va ularga javoban hujum uyushtirilishi mumkinligi sababli bir 
o‗yinchi orqada qoladi. Agar old qator o‗yinchilari son jihatidan ustunlikka 
erisha olmasa, unda hujumning muvaffaqiyatli yakunini himoyachilar 
orasidagi bo‗sh joyga kirishga harakat qilayotgan orqa qator o‗yinchilari 
amalga oshiradi. Bunday birin-ketin rivojlanadigan va orqa qator o‗yinchilari 
yakunlaydigan tez yorib o‗tish hujumi «rivojlangan hujum» deb nom olgan. 
Uzoq masofaga to‗p uzatib tez yorib o‗tish oddiy va muddatidan ilgari 
yakunlanadigan 
hujumning 
mas‘uliyatli usulidir. Odatda uzatishni 
darvozabon yoki to‗pga ega bo‗lgan o‗yinchi bajaradi. Tez yorib o‗tishni 
boshlagan o‗yinchi maydonning yon chizig‗i bo‗ylab yoki maydon markazi 
tomon chaqqon oldinga intiladi. Muvaffaqiyat uchun oldinga intilgan 
o‗yinchi boshqalardan o‗zib ketishi mumkin. Odatda, buni oldinga chiqib 
o‗ynayotgan himoyachi yoki to‗p otilgan joyga qarama-qarshi burchakdagi 
himoyachi amalga oshiradi.
Taqibdan qutilgan o‗yinchiga to‗pni tez va aniq uzatish kerak.
YAxshisi, to‗pning yo‗nalish traektoriyasi pastroq bo‗lgani ma‘qul. 
SHuningdek, to‗p uzatish masofasi juda uzoq bo‗lmasligi kerak, chunki 
bunday to‗pni raqiblar darvozaboni egallab olishi mumkin. Agar tez yorib 
o‗tgan o‗yinchiga darvozabonning darhol to‗p uzatishiga xalaqit berishsa, u 


77 
holda bu o‗yinchi to‗pni kechiktirmasdan o‗z sheriklariga, ular esa oldindagi 
o‗yinchilarga uzatishi zarur. 
To‗pni qisqa masofada uzatib tez yorib o‗tish. Ushbu harakatni birinchi 
bo‗lib boshlagan o‗yinchining har tomondan pana qilinganiga ishonch hosil 
qilinganda amalga oshiriladi. Ular orqasidan boshqa o‗yinchilar ham tez 
yorib o‗tishga intiladi. Raqiblarni hujumni to‗xtatish imkoniyatidan mahrum 
etish uchun, to‗pni egallagan o‗yinchi qoidani buzib bo‗lsa ham, avvalo, 
o‗yinning borish vaziyatini aniqlaydi, himoyachi bilan munosabatga 
kirishmasdan tez mo‗ljal olishga harakat qiladi va to‗pni bo‗sh sheriklariga 
uzatadi. 
Hujumchilar butun maydon kengligida oldinga qarab harakat qiladilar. 
Birinchi qatorda 3-4 o‗yinchi bo‗lib, ular qisqa yo‗l bilan oldinga intiladilar. 
Odatda, himoyachidan bo‗sh bo‗lgan hujumchini topish uchun 3-4 marta to‗p 
uzatishni bajarish kifoyadir. 
Tez yorib o‗tish hujumi bir-biriga bog‗liq bo‗lgan uch bosqichdan 
tuzilgan: to‗pni egallab hujumga o‗tish, son jihatdan ustunlikka erishish va 
hujumni yakunlash. 
Hujumchi tez yorib o‗tish harakatining birinchi bosqichida irg‗ib oldinga 
tashlanadi va o‗zini ta‘qib qiluvchi o‗yinchidan qutulishga harakat qiladi. 
To‗p uzatmoqchi bo‗lgan o‗yinchi, qaysi o‗yinchiga to‗p uzatishni, vaziyatni 
to‗g‗ri baholab, to‗p traektoriyasini va yo‗nalishini aniqlashni, agar kerak 
bo‗lsa, himoyachilarni chalg‗itish uchun qilinadigan harakatni to‗g‗ri 
tanlashni bilishi kerak. Tez yorib o‗tgan hujumchilarning asosiy maqsadi 
himoyachilar orqasiga o‗tgan sheriklariga bo‗ylama yoki diagonal to‗p 
uzatishdir. 
Tez yorib o‗tishning ikkinchi bosqich hujumchilar hujum kuchini imkon 
boricha kengaytiradi va maydon kengligida bir va ikki qator bo‗lib 
joylashadi. To‗p hujumning oldingi qatoriga uzatiladi. 


78 
Uchinchi bosqichining vazifasi - hujumni muvaffaqiyatli yakunlashdir. 
Yaxshisi, himoyachilardan hujumchilar soni ko‗p bo‗lishi kerak. Ammo son 
jihatdan tenglik bo‗lgan holatda hujumning yakunlanishi o‗yinda tez-tez 
uchrab turadi. SHuning uchun hujumchilar kam kuch bilan tez harakat 
qilishga doim tayyor bo‗lishi kerak. Bunday holatlarda birinchi qatordagi 
hujumchilar 
o‗rin 
almashtirish, 
chalg‗itishlar 
yordamida 
hujumni 
yakunlashga intiladilar yoki ikkinchi qatordagi o‗yinchilarning o‗yinga 
qo‗shilishiga qulay sharoit yaratishga urinadilar, bu alohida ahamiyatga 
egadir. Noqulay xolatdan shoshilib otilgan to‗p raqiblarning xujumga o‗tish 
uchun kuch jihatdan ustunlikka erishuviga olib kelishi mumkin. 
SHunday qilib, tez yorib o‗tish yuksak uyushqoqlik bilan tashkil topgan 
xarakatdir. Uni qo‗llaganda yaxshi natijaga erishish uchun texnik-taktik 
tayyorgarlikning yuksak darajasi etarli emas; ruhiy holat, dadillik, jur‘at va 
ba‘zan tavakkal harakat qilishlar hujumni yaxshi natija bilan yakunlashga 
yordam beradi. 
Pozitsion xujum. Jamoa tez yorib o‗tish hujumini yakunlay olmasa, unda 
hujumchilar 
majburan 
himoyachilarning 
uyushqoqlik 
bilan 
tuzilgan 
himoyasiga qarshi kurashmog‗i kerak. Buning uchun ular maydonning 
o‗zlariga qarashli yarmiga qaytib, raqiblar to‗liq himoyaga o‗tganda, ularga 
qarshi hujum uyushtiradilar va bu «pozitsion xujum» deb ataladi. Zamonaviy 
sharoitda himoyachilarning hamjihatlik bilan tashkil etilgan mudofaasini tez 
engib chiqish nihoyatda muhim, chunki hujumchilarning to‗p bilan hujum 
qilishiga 1 min dan ortiq vaqt berilmaydi. 
Pozitsion hujumni qo‗llash quyidagi holatlarda o‗rinlidir:
- to‗pni o‗yinga kiritish uchun ko‗p vaqt sarflansa; 
- o‗yin tezligi jihatidan raqiblarning ustunligi yaqqol sezilib tursa; 
- o‗yin sur‘atini o‗zgartirish zaruriyati tug‗ilganda, qayta tiklanish uchun 
tanaffus qilishda; 


79 
- o‗yinchilarni almashtirish kerak bo‗lsa. 
Pozitsion hujum uch bosqichdan iborat: boshlang‗ich, tayyorlovchi va 
yakunlovchi. Birinchisida o‗yinchilarni joy-joyiga qo‗yish amalga oshiriladi. 
Vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo‗lish yoki hujum zonalaridan birida 
qulay vaziyat yaratish uchun to‗p va o‗yinchilarning o‗rin almashishi 
ikkinchi fazada boshlanadi. Oxirgi fazada esa darvoza olinishiga erishiladi 
yoki kuchlar qayta tiklanib, hujumni davom ettirish va hujumdan himoyaga 
o‗tish uchun qulay vaziyat yuzaga keltiriladi. 
Pozitsion hujumni uyushtirish uchun jamoa ikki taktik guruhga 
bo‗linadi. Birinchi guruhchani oldingi qatorda darvoza maydonchasi chizig‗i 
yaqinida ikkitasi burchakdan va bir chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar 
tashkil etadi. Ikkinchi qatorni markaziy va ikki yarim o‗rtalikda o‗ynaydigan 
o‗yinchilar egallaydi. Birinchi qatordagi o‗yinchilar zimmasiga murakkab 
vazifa yuklangan ular raqiblar mudofaasi orasida harakat qiladilar. SHuning 
uchun birinchi qator o‗yinchilari to‗pni egallab, chalg‗itishlarni qo‗llab, 
himoyachini aldab o‗tib va to‗p otishga qulay vaziyat yaratish uchun joy 
tanlashni bilishi zarurdir. Bu o‗yinchilarning o‗z qatoridagi sheriklari bilan 
hamkorlikda o‗yin xolatlarini vaqti-vaqti bilan almashib turishni bilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchi qator o‗yinchilari o‗yinni tashkil etish bilan bir qatorda hujumni 
yakunlash funksiyasini 
ham bajaradi. SHuning uchun ular yuqori 
tayyorgarlik darajasiga, ham texnikada ham taktikada yuksak malakaga 
erishmog‗i kerak. 
Birinchi va ikkinchi qatorda o‗ng tomondan chap qo‗l bilan, chap 
tomondan esa o‗ng qo‗l bilan to‗p otadigan o‗yinchilarning o‗ynashi raqib 
darvozasiga unumli hujum uyushtirishga imkoniyat beradi. 
Pozitsion hujumning har xil variantlarida chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan 
o‗yinchilar soni o‗zgarishi mumkin. Pozitsion hujumda o‗yinchilarning 3-3 


80 
yoki 4-2 bo‗lib chiziq bo‗ylab joylashishi ko‗p tarqalgandir. Pozitsion 
hujumda yana boshqacha joylashishlari ham mavjud. 
Joylashish variantini tanlash ularning imkoniyatiga va raqiblar himoya 
tizimining tuzilishiga bog‗liq. Pozitsion hujumda hujumchilar orasidagi 
o‗zaro asosiy taktik harakatlar joylashish variantiga bog‗liq bo‗lmaydi. Ikki 
o‗yinchi orasidagi «qaytar va chiq», «aldamchi hujum», «joy almashtirish», 
«to‗siq» singari oddiy harakatlar boshqalariga nisbatan ko‗proq ishlatiladi. 
«Qaytar va chiq» – bu eng oddiy taktik kombinatsiya. U o‗yinchining 
to‗pga peshvoz chiqib uni bo‗sh joyga uzatishi va yana o‗ziga qaytarib 
olishidan iborat bo‗ladi. Bunday holatda himoyachiga tasodifan kirishni 
boshlagan o‗yinchining tezlik jihatdan ustunligi yaxshi natija beradi. 
«Aldamchi hujum» – bu o‗zaro harakat bo‗lib hujumchining to‗p bilan 
ikki himoyachi orasidan o‗tib, uni otmoqchi bo‗lganda himoyachilarni shu 
hujumchi yo‗lini to‗sish uchun oldinga chiqishga majbur etishda va 
ishontirishda qo‗llaniladi. Bunday hollardan so‗ng boshqa xujumchilar uchun 
ochilgan «yo‗lakcha»da erkin harakat qilish imkoniyati yaratiladi
«Joy almashtirish» - o‗zaro harakatda bo‗lgan o‗yinchilardan birini 
himoyachilardan yashirincha ozod etish uchun qo‗llaniladi. To‗p egallagan 
o‗yinchi sherigi tomon harakat qiladi va to‗pni orqadagi bo‗sh joyga o‗tgan 
sherigiga uzatadi. 
Hujumchilarning o‗zaro harakatida to‗siq qo‗yish alohida ahamiyatga 
ega. Uning yordamida himoyachilar qarshiligini bartaraf etish, zonaga 
kirayotgan hujumchi-ning ta‘qib qilinishiga halaqit berish mumkin. To‗siq 
qo‗yishning turlari quyidagilar: joyda turib va harakatda, tashqaridan va 
ichkaridan bulardan boshqalarga qaraganda birinchi qatordagi hujumchilar 
samarali foydalanadilar. 
Pozitsion xujumda jamoa harakatlarini tashkil etishda chiziq bo‗ylab 
o‗ynaydigan o‗yinchi orqali xujum qilish etakchi o‗rinni egallaydi. CHiziq 


81 
bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar soni har-xil bo‗lishi mumkin. (1-2) va 
ularning o‗yindagi asosiy o‗rni - markazda, darvoza qarshisidadir. Ammo u 
yon tarafga chiziq bo‗ylab harakat qilishi, oldinga erkin to‗p tashlash 
chizig‗iga chiqishi va to‗pni o‗yinga kiritishda ishtirok etishi mumkin. 
Chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchining asosiy vazifasi to‗pni egallab, 
uni darvozaga otishdir. Buning uchun u xamisha xiyla ishlatib (manevr) holi 
joyga «ochilishga», to‗p otish uchun kuchli qo‗lini bo‗shatishiga harakat 
qiladi. 
Keyingi harakatlari uning himoyachidan qutulishini va orqa bilan turgan 
holda uni chalg‗itib, har qaysi tomonga aldab ketishini ta‘minlaydi; chiziq 
bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi o‗zi to‗siq qo‗yishni va to‗p uzatishda 
sheriklariga yordam qilishni bilishi shart. 
Umuman, oldinga qo‗yilgan vazifani amalga oshirish uchun hujumchilar 
keng joylashishi va butun maydon bo‗ylab hujum qilishi, to‗siq qo‗yishi, 
burchak va uzoq masofadan to‗p otishni bajara olishi kerak. CHiziq bo‗ylab 
o‗ynaydigan o‗yinchi holi joyga kirib «ochilsa» va darvoza maydoniga 
sakrab kirsa, u holda unga darxol to‗p uzatiladi. 
Bir necha o‗yinchilar chiziq bo‗ylab hujum qilishganda ularning vazifasi 
chegaralangan bo‗ladi: biri hamisha darvozaga xavf tug‗diradi, boshqalari esa 
ko‗pincha sheriklariga yordam qiladi. 
Joy almashishga kelishib hujum qilish samarali usuldir. Buning uchun 
hujumchilar o‗yinning har bir vaziyatida muvaffaqiyatli o‗ynay olishi, to‗pni 
uzatish va darvozaga otishni bilishi, o‗yin jarayonini yaxshi tushunishi va 
uning rivojlanish yo‗lini oldindan ko‗ra bilishi zarur. Joy almashishga 
kelishib hujum qilishni, himoyaning har qanday tizimiga qarshi qo‗llash 
mumkin. Bunday hujum usullarida ko‗p tarqalgan variantlar: «vosmerka», 
«ikki burchak» hisoblanadi. 


82 
Bu variantlarga bir necha o‗yinchilar harakatining uchrashuv tamoyili 
asos solgan (3-6). Bunda hujumchilar guruhlarga bo‗linadi va o‗zlarining 
yo‗nalishi bo‗yicha harakat qilishi mumkin. Bir-biriga qarama-qarshi harakat 
qilib uchrashishi to‗p harakatining muntazamligiga to‗siqlar qo‗yishga, bir 
himoyachi zonasiga ikki hujumchining tasodifiy kirishiga qulay sharoit 
yaratadi. 
Ko‗pincha hujumning «vosmerka» variantida bu tamoyil to‗la yoritilgan. 
Uning nomi hujumchilar haraka-tining shaklidan kelib chiqqan bo‗lib katta 
va kichik «vosmyorka» degan ikki turga ajratiladi
O‗yinchilar kombinatsiyasi bir-biriga qarama-qarshi «skrest» harakat 
qilib bog‗laydi. Har qachon to‗p uzatilganda o‗yinchi diagonal bo‗ylab 
maydon burchagiga ketadi va o‗zi to‗p uzatgan joyiga qaytadi. Bu bir necha 
marta takrorlangandan so‗ng himoyachilar o‗rganib qoladi, shundan 
foydalangan hujumchilar to‗satdan boshqa sheriklarini ham jalb qilgan holda 
hujum shaklini o‗zgartiradi va raqiblar mudofaasini vaqtincha sarosimaga 
soladi. 
Olti metrli chiziq bo‗ylab, burchak va chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan 
o‗yinchilarning muntazam harakat qilishi, himoyachilar harakati uchun undan 
ham ko‗p qiyinchiliklar tug‗diradi. Ikki kichik «vosmerka»da yoki ikki 
uchburchak bilan harakat qilish oddiy o‗zaro harakatni; 2-3 o‗yinchi orasiga 
to‗siq qo‗yish va asosiy to‗p uzatishlarni qo‗llash yaxshi natijaga erishishga 
imkon beradi. Harakat qilishda muhimi bir pozitsiyada ikki xujumchining 
to‗xtab qolmasligi; to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchi esa himoyachilarning oldinga 
chiqishiga majbur etuvchi hujum harakatlarini ishlatishi kerak. 
Zonali himoyaga qarshi hujumda muhimi himoyachilarga noqulay 
bo‗lgan joylashtirishdan foydalanishdir. SHunday qilib, 6-0 va 5-1 zonasiga 
qarshi kurashda yaxshisi ikki chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi bilan 


83 
hujum qilish. 4-2 va 3-3 zonali himoyaga qarshi kurashda esa, bir o‗yinchi 
chiziq bo‗ylab o‗ynasa yaxshi natija beradi. 
Pozitsion hujum muvaffaqiyatining oxirgi natijasi o‗yinchilarning o‗zaro 
kelishib qilinadigan harakatiga, oldindan o‗rganganini qo‗llashiga va o‗yinda 
vujudga keladigan holatlarni ijobiy hal qilishiga bog‗liq. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin