5.2 Hujum va himoya texnikasining tasniflanishi.
Hujum o‗yini texnikasi: To‗pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan
raqiblar darvozasiga to‗p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiligini
faqat maxsus usullar yordamida engishi mumkin.
O‗yin texnikasining bu qismiga to‗pni ilish, ushlash, to‗pni erga urib olib
yurish va egallab olish, chalg‗itish (fint) va to‗siq (zaslon) qo‗yish usullari
kiradi.
60
To‗pni ilish. Bu to‗pni egallashga imkon beruvchi usul. To‗pni bir va
ikki qo‗llab ilish mumkin. To‗pni ikki qo‗llab ilishda qo‗llarning panjalari
bir-biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar
to‗pga tekkanidan so‗ng, uchib kelgan to‗p tezligini pasaytirish uchun qo‗llar
bukiladi.
To‗pni bir qo‗lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo‗lni silkitish
ko‗pincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi.
To‗p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‗g‗ri ushlash lozim.
Agar o‗yinchi uni ikki qo‗llab ushlasa to‗p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin
to‗pni bir qo‗llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin.
Faqat bu holda to‗pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo‗lning
panja bo‗g‗imlari qotishiga olib keladi.
To‗pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To‗p uzatish ko‗p usullar
yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‗proq yuqoridan va qo‗l
panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‗p otish
usulida ham farq qiladi.
Qo‗llarni tirsak qismida bukgan holda yuqoridan to‗pni uzatish - qo‗l
to‗pida to‗p uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda - orqadan, bosh ortidan, oyoqlar
orasidan to‗p uzatish ko‗proq ahamiyatga ega bo‗lmoqda. To‗p uzatish
panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo‗l panjalari yordamida
uzatilgan to‗p aniqlik va tezlikdan yutadi.
To‗pni erga urib olib yurish. Bu usul bir joyda turganda, ko‗proq
yurganda, yugurganda bajarilib, qo‗l to‗pi o‗yinchisining harakat qilishda
qo‗llaniladigan asosiy usullaridan hisoblanadi. To‗pni erdan har-xil:
yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda qo‗l to‗pi
o‗yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to‗pni pastga tushirib va keng
yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo‗lini bukib, to‗pni biroz yuqoriga
61
uzatadi, so‗ng uni yana maydonga malum burchak bo‗yicha keskin itaradi.
Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh to‗g‗ri tutilgan bo‗lishi
kerak.
To‗pni erga urib olib yurish to‗g‗ri chiziq, yoysimon chiziq va doira
bo‗ylab har xil yo‗nalishlarda bajarilishi mumkin. Yo‗nalishni, tezlikni,
sapchish balandligini o‗zgartirib hamda to‗pga qaramasdan erga urib olib
yurishlar
hozirgi zamon qo‗l to‗pi o‗yinida katta ahamiyatga ega bo‗lmoqda.
To‗pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog‗liq, shular orasida
muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo‗nalishini va usulini
o‗zgartirishdir.
To‗pni ko‗zlagan joyga yo‗naltirishda, ayniqsa, tezlik muhim rol
o‗ynaydi uning kuchi tezligiga bog‗liq.
To‗p otish texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini hisobga
olish zarur, to‗p otayotgan qo‗lning keng amplitudadagi harakati mushaklar
qisqarishiga va gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qulay sharoit
yaratadi. Lekin o‗yinda bir necha qadamdan so‗ng, keng amplitudada qo‗lni
silkitib to‗p otishni qo‗llash anchagina mushkul. SHuning uchun o‗yinchilar
va murabbiylarning ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish texnikasini
(harakatni tezlashtirib, to‗p ilgandan so‗ng darrov sakrab va hokazo)
yaratishga qaratilgan.
Darvozaga to‗p otish joydan, yurib kelib, sakrab va tayangan holatda
bajariladi.
Eng ko‗p tarqalgan usul – harakatda yuqoridan qo‗lni bukib to‗p
otishdir. Qo‗llarni silkitish natijasida to‗pni otish holati o‗zgaradi. To‗p otish
boshning orqa tomonidan, elka ustidan yoki yon tomondan bo‗lishi mumkin.
Bu vujudga kelgan holat va texnikani bajarish xususiyatiga qarab aniqlanadi.
62
Harakatda qo‗lni yuqorida bukib to‗p otish uch xil vaziyatda bajariladi:
chalishtirma qadamlardan (skrest qadamlar) so‗ng otish, chalishtirma
qadamlarsiz otish va to‗xtab otish.
CHalishtirma qadamlardan so‗ng o‗yinchi yugurib kelib sakrab to‗p
otishi yoki ruxsat etilgan uch qadam qoidasidan foydalanishi mumkin. Agar
o‗yinchi to‗pni o‗ng qo‗li bilan otmoqchi bo‗lsa, birinchi qadamni chap oyoq
bilan boshlaydi, bu holda ikkinchi qadamini qo‗yishda shu oyoq kaftining
ichki tomonini yugura boshlagan tarafiga qarab qo‗yadi. SHu holda to‗p
ushlagan qo‗l to‗g‗rilanib, boshning orqa tomoniga o‗tkaziladi va gavdaning
yon tomoni darvozaga qaratiladi. To‗p bilan bo‗lgan qo‗lga qarama-qarshi
oyoqga tayanilgandan so‗ng to‗p otish harakati boshlanadi; bu holda
gavdaning og‗irligi oldinga o‗tkazilib, darvoza tomon buriladi va to‗p
ushlagan qo‗l bukilib oldinga qarab tezlanish harakatini boshlaydi. SHuni
hisobga olish kerakki, qo‗l harakati davomida tirsak panjalardan oldinda
bo‗lmog‗i kerak. To‗pni qo‗ldan chiqarishda vujudga keladigan kaft va bilak
silkitilishi, keyinchalik gavdaning yuqori qismlariga nisbatan pastki
qismlarini to‗xtatishga olib keladi.
YUqoridan qo‗lni bukib to‗p otish qo‗lni tez siltash yordamida
bajariladi. Birinchi oldinga qo‗yilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‗l to‗p bilan
orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga
siltanadigan qo‗l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi
qadamni qo‗yishda gavda darvoza tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi
va to‗pni qo‗ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‗p otish bir oyoqqa
tayangan holda bajariladi.
YUqoridan qo‗lni bukib to‗xtab to‗p otish - bu eng tez otish usulidir. Bu
erda dastlabki zaruriyat to‗pni sakrab ilish hisoblanadi, bunda to‗p otayotgan
o‗yinchi qo‗lini siltashni boshlashi mumkin. Bu holda o‗yinchi avval o‗ng
63
oyog‗ini, so‗ng chap oyog‗ini bosadi, tovon esa harakatning to‗xtashini tamin
etish uchun xizmat qiladi.
To‗p otayotgan o‗yinchi qadam qo‗yishda gavdaning og‗irligini darhol
oldingi oyoqqa o‗tkazadi va gavdani darvoza tomon burib, qo‗l tirsagini
bukkan holda to‗pni keskin oldinga yuboradi.
Qo‗lni yuqorida bukib, sakrab (yuqoriga) to‗p otish uzoq masofadan (10-
12 m) darvozaga hujum qilishda qo‗llaniladi. Qo‗lni siltash va to‗pni qo‗ldan
chiqarish havoda bajariladi. Depsinish keyinchalik oyoqda bajarilishi kerak.
To‗p otayotgan o‗yinchi to‗p ushlagan qo‗lini orqa tomonga yuborib, to‗psiz
qo‗lini oldinga chiqaradi, gavdaning yuqori qismini otayotgan tomonga
burib, depsinishdan bo‗sh oyog‗ini bukishi lozim
To‗pni darvozaga otish o‗yinchining sakragandan keyingi parvozining
eng yuqori nuqtasida, ko‗krak darvoza tomon burilib, oyoqlarning orasi keng
ochilib bajariladi.
Bazan
qo‗lning
aylanma
harakatini
(oldinga,pastga,orqaga)
sekinlantirgan va ularni ikki tomonga yozgan holatida himoyachilar
tomonidan qo‗yilgan to‗siq yonidan to‗p otishga ijozat beriladi.
O‗yinda yiqilib otish zaruriyati tez-tez vujudga keladi. Bu to‗p otayotgan
o‗yinchiga himoyachilardan qutulish, yo bo‗lmasa o‗zi bilan darvoza
orasidagi masofani yaqinlashtirish imkonini beradi.
To‗pni tayangan holda yiqilib darvozaga otish sakrab-yiqilib darvozaga
to‗p otishdan farq qiladi. Birinchisi bekik vaziyatdan hujum boshlashda
qo‗llanilib, ikkinchisi olti metrlik chiziqdan hujum qilishda ishlatiladi.
Darvozaga bunday xilma-xil usulda to‗p otish muvozanat saqlash
munosabatida anchagina murakkabdir, chunki o‗yinchi to‗pni muvozanatini
yo‗qotgan holda dar-vozaga otadi. Boz ustiga, o‗yinchi yiqilishining
yo‗nalishi har xil - oldinga va yon taraflarga bo‗lishi mumkin.
64
YUqorida qo‗lni bukkan holda yon tarafga egilib va yiqilib to‗p otish
bekik vaziyatda hujum qilishga imkon beradi.
YOn tomonga egilib to‗p otish bir yoki ikki oyoqqa tayangan holda
bajariladi. Himoyachi qo‗llari bilan yon tomonidan qo‗ygan to‗siqdan
qutulish uchun hujumchi to‗p otishni bajarishda gavdasini to‗psiz qo‗li
tomonga egib, to‗pni boshi ustidan va himoyachilar qo‗llari yonidan
darvozaga yo‗naltiradi.
YOn tarafga yiqilib to‗p otish. Bu usulni o‗yinchi to‗p otish vaqtida
himoyachidan uzoqroq ketish imkoniyatini yaratish uchun qo‗llaydi. Bunga
«yolg‗on» to‗p otishda qo‗llaniladigan fintlar yordam beradi. Hujumchi
chalg‗itishdan so‗ng oldinga bir qadam qo‗yib, tayanch oyoqlarini himoyachi
oyog‗ini darvozaga to‗p otayotgan tomonga yaqinroq qo‗yishi kerak.
SHundan so‗ng gavda og‗irligi oldingi egilgan oyoqqa o‗tkaziladi. Gavda
yon tomoni bilan darvoza tarafiga buriladi, to‗p bilan bo‗lgan qo‗l esa to‗p
otishning oxirgi holatiga ko‗tariladi. O‗yinchi tayanch bo‗lmagan bo‗sh
oyog‗ini oldinga ko‗tarib, bo‗sh qo‗l tomon egiladi va himoyachi belidan
sirpanganga o‗xshab yiqiladi. U gorizontal holatga yaqinlashganda, darvoza
tomonga ko‗kragini qaratib, to‗pni boshining orqasidan darvozaning
ko‗zlangan joyiga yuboradi, so‗ng bo‗sh qo‗lini erga tekkizib yiqiladi.
Bunday to‗p otish usulini to‗p otayotgan qo‗l tomondan ham bajarish
mumkin, lekin bunday holatda tayanch oyoq ish bajarayotgan qo‗l tarafdagi
oyoq bo‗lishi kerak.
YUqorida qo‗lni bukib, sakrab, yon tomonga egilgan holda yiqilib to‗p
otish usulidan asosan chiziq bo‗ylab va burchakdan hujum qiladigan
o‗yinchilar foydalanadilar. O‗yinchi to‗pni ikki qo‗l bilan egallab, tez olti
metrli chiziqqa yaqinlashadi, tayanch oyoq kaftlarini shu chiziqqa parallel
qo‗yib «zonaga» sakraydi va to‗pni havoda to‗p otadigan qo‗lga o‗tkazib,
darvozaga otadi. To‗p ushlagan qo‗l tomondagi oyoq bilan depsinganda,
65
yiqilish shu tarafga bajariladi va o‗yinchi erga depsingan oyoqda, keyin
qo‗llarga tushadi; boshqa oyoq bilan depsinganda esa oldin bo‗sh qo‗lga va
keyin depsinishdan bo‗sh oyoqqa tushadi. O‗yinchi elkalari orqali aylanib
o‗rnidan turadi
Qo‗lni yozib, yon tomondan to‗p otish - bekik vaziyatda ko‗p
qo‗llaniladigan usullardan biridir. Uni bel, son, tizza balandligida bajarish
mumkin. Siltash yuqoridan to‗p otishdagiday bajariladi. CHalishtirma
harakat qilgandan so‗ng o‗yinchi to‗p otishning dastlabki holatiga keladi:
oyoqlar keng qo‗yilgan, qo‗l to‗p bilan orqa tomonga o‗tkazilgan, gavda
darvozaga yon tomon bilan burilib, to‗p otadigan qo‗l tomon egilgan bo‗lishi
kerak. SHundan keyin gavdaning og‗irligi oldinda turgan oyoqqa o‗tkaziladi,
ko‗krak darvoza tomon buriladi, qo‗l tirsak bo‗g‗inida bukilib, maydonga
parallel oldinga cho‗ziladi. Keyinchalik qo‗l silkitish harakati tufayli
to‗g‗rilanadi, unga elka harakati qo‗shilib, to‗p darvozaga yuboriladi
Himoyachidan to‗pni uzoqroq olib ketish uchun, o‗yinchining oldingi
tayanch oyog‗ini, himoyachi oyog‗in sirtqi tomoniga qo‗yishi maqsadga
muvofiqdir (odatda o‗ng tarafga).
Gavdaning yuqori qismini burish yordamida qo‗lni bukmasdan to‗g‗ri
to‗p otishni bajarish mumkin. To‗p ushlagan qo‗l tomonidagi oyoq bilan
depsinish himoyachilardan to‗pni yanada uzoqroq olib ketishga imkon
beradi. Ko‗pincha bunday to‗p otishlar yuqoriga va yon tomonga sakragan
holda bajariladi. Balandga sakrab, odatdagiday yuqoridan to‗p otmoqchidan
harakat qilgan hujumchi oxirida to‗p otayotgan qo‗li harakatini o‗zgartirib,
to‗pni yuqoridan emas, balki himoyachilar gavdasi yoki qo‗llari bilan
qo‗ygan to‗siqlar yonidan darvozaga yuboradi.
Darvozadan qaytgan to‗pni qayta urish. Darvoza ustunlariga urilib yoki
darvozabondan qaytgan to‗pni bir yoki ikki qo‗llab darvozaga otish mumkin.
Bu harakat sakrab, keyin esa yiqilgan holda bajariladi.
66
Keyingi vaqtlarda darvozabonning to‗p otayotgan o‗yinchiga peshvoz
chiqishi amalda ko‗p qo‗llanilmoqda. Bunday holatda, depsinib, yuqoridan
baland traektoriyada to‗p otishlar (darvozabon ustidan oshirib) ma‘lum
bo‗lishicha, juda sermahsul hisoblanadi. To‗p otishning bajarilishi odatdagi
usulda boshlanib, oxirida esa to‗pning traektoriyasi o‗zgartiriladi.
To‗pni erga urib sapchitib otish - darvozabonlar uchun eng murakkab
to‗p otishdir. Ayniqsa, otgandan so‗ng sapchib aylanib, o‗z traektoriyasini
o‗zgartiradigan to‗pni olish darvozabonlar uchun juda katta qiyinchilik
tug‗diradi. Odatda, bu usul burchakdan hujum qilish paytida qo‗llaniladi.
To‗pni otilish joyiga qarab o‗ngga yoki chapga aylantirib otish mumkin.
To‗pni aylantirishga bilak va kaftning tezkor harakatlari va barmoqlarning
faolligi tufayli erishiladi.
CHalg‗itishlar (fint). Bu usulni to‗psiz va to‗p bilan bajarish mumkin.
To‗psiz chalg‗itishlardan ko‗proq uni qarshiliksiz qabul qilish uchun
himoyachilarning
yaqinida
turganda
ta‘qibdan qutilish maqsadida
foydalaniladi. To‗p bilan chalg‗itishlar uzatishni, otishni yoki erga urib
yurishni qarshiliksiz bajarish uchun qo‗llaniladi.
CHalg‗itishlar murakkab harakatlar yordamida bajariladi, hammasidan
ko‗proq bir-biriga bog‗liq bo‗lgan bosqich (faza): anchagina sekin chalg‗itish
xarakati texnik usulining qulay paytida qo‗llanilishi va tez asosiy usulni
amalga oshirishga bog‗liqdir.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan chalg‗itishlar ikki turga
bo‗linadi: oddiy va murakkab. Bir harakatdan ikkinchi harakatga o‗tishda
qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o‗tishga shuncha imkoniyat
yaratiladi.
To‗pni uzatishda usullarni o‗zgartirib to‗p yo‗nalishini va to‗p uzatishda
to‗xtab qolish paytlarida chalg‗itishlar qo‗llaniladi. Eng ko‗p tarqalgan
67
chalg‗itish-bu to‗pni otmoqchi bo‗lib, so‗ng to‗pni uzatishdir (bosh
orqasidan, orqa va yon tomondan).
To‗p otishda to‗pni uzatayotganday harakat qilish yoki bir usulda to‗p
otmoqchi bo‗lib, ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to‗p otmoqchi bo‗lib
erga tushib himoyachini aldab o‗tish juda foydalidir.
CHalg‗itishlarni, ayniqsa, himoyachini aldab o‗tishda qo‗llash
muhimdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo‗lishi mumkin. CHalg‗itish
sifatida qadam qo‗yish, hamla qilish va to‗p uzatishlardan foydalaniladi.
To‗siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutulishi uchun
qo‗llaniladigan foydali vositadir. Qo‗l to‗pi o‗yinida to‗siqlar yakka holda va
o‗yinchilar guruhi tomonidan qo‗yilishi mumkin.
Guruh bo‗lib to‗siq qo‗yish 9 metrli erkin to‗p tashlash chizig‗idan to‗p
otishda qo‗llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin turib, to‗p
egallamoqchi bo‗lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo‗lini
to‗sishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |