Hujum taktikasi.
Hujum o‗yinni hal qiluvchi omildir, ya‘ni muvaffaqiyat ko‗pincha uning
oxirgi natijasiga bog‗liq bo‗ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu
raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to‗p otishda
shaxsiy qarshilikni engishdir. Hozirgi kunda qo‗l to‗pi o‗yini xujumning tez-
tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy qo‗l
75
to‗pi o‗yinida himoyadan hujumga o‗tish tezligi, taktik «kombinatsiya»larni
bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning
bajarilish vaqti qisqardi
.
Jamoa harakatlari.
Hujumda jamoalar asosan ikki taktik tizimni qo‗llaydilar. Tez yorib
o‗tish va pozitsiya hujumi. Bu tizimlarning har qaysisi bir-birini to‗ldiradi va,
shuning uchun hamma jamoalar qurollangan bo‗lishi kerak.
Tez yorib o‗tish. Bu hujumda ko‗proq natija beradigan usuldir. Ammo,
uni qo‗llaganda o‗yinchilarning o‗zaro yonma-yon holatda bo‗lib qolishi
qiyin. SHuning uchun pozitsiyada hujum qilishning solishtirma og‗irligi
biroz baland hisoblanadi. SHunga qaramasdan, tez yorib o‗tish qanchalik
ko‗p qo‗llansa, hujumchilar to‗p otishni shunchalik ko‗p bajaradilar.
Zamonaviy qo‗l to‗pi faqat shuning hisobiga rivojlanmoqda.
Tez yorib o‗tishning maqsadi raqiblarning to‗pni yo‗qotib, hujumdan
himoyaga o‗tishi paytida sodir bo‗ladigan vaqtincha uyushmagan harakatidan
foydalanishdir. SHuning uchun tez yorib o‗tishga albatta raqiblardan to‗pni
kutilmaganda olib qo‗yilganda kirishiladi. Bu ko‗pincha to‗pni olib
qo‗yishda, to‗siqlardan, darvoza-bondan yoki darvoza ustunlariga urilib
qaytgan to‗pni egallaganda va hujumchilar tomonidan o‗yin qoidasi buzilgan
hollarda amalga oshiriladi.
Tez yorib o‗tishdagi o‗zgarishlar uning shiddati bilan bog‗liq hujum 4-7
s davom etadi, o‗zaro harakatlar oddiy bo‗lsa ham, oz sonli o‗yinchilar bilan
ustunlik vujudga keltiriladi.
Vaqtdan yutish va bo‗shliq, son jihatdan ustunlikni vujudga keltiradi va
darvozani ishg‗ol etish uchun qulay sharoit yaratadi. Ammo buning uchun
barcha himoyachilar harakati imkon boricha tezkor, dadil va yaxshi
kelishilgan bo‗lishi kerak.
76
Tez yorib o‗tishda ayniqsa, darhol qulay vaziyatni tanlash va birinchi
to‗pni to‗g‗ri uzatish muhimdir. Tez yorib o‗tish yolg‗iz va jamoaning
hamma o‗yinchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tez yorib
o‗tishga qanchalik ko‗p o‗yinchilar qatnashsa, ularga qarshi kurashish
shunchalik murakkablashadi.
Darvoza tomon tez yorib o‗tishda hujumchilar butun maydon kengligida
bir yoki ikki qator bo‗lib joylashadi. Birinchi bo‗lib start olgan (1-3-o‗yinchi)
o‗yinchilarni orqadagi o‗yinchilar qo‗llashi kerak. Hujumchilar to‗pni
yo‗qotishi va ularga javoban hujum uyushtirilishi mumkinligi sababli bir
o‗yinchi orqada qoladi. Agar old qator o‗yinchilari son jihatidan ustunlikka
erisha olmasa, unda hujumning muvaffaqiyatli yakunini himoyachilar
orasidagi bo‗sh joyga kirishga harakat qilayotgan orqa qator o‗yinchilari
amalga oshiradi. Bunday birin-ketin rivojlanadigan va orqa qator o‗yinchilari
yakunlaydigan tez yorib o‗tish hujumi «rivojlangan hujum» deb nom olgan.
Uzoq masofaga to‗p uzatib tez yorib o‗tish oddiy va muddatidan ilgari
yakunlanadigan
hujumning
mas‘uliyatli usulidir. Odatda uzatishni
darvozabon yoki to‗pga ega bo‗lgan o‗yinchi bajaradi. Tez yorib o‗tishni
boshlagan o‗yinchi maydonning yon chizig‗i bo‗ylab yoki maydon markazi
tomon chaqqon oldinga intiladi. Muvaffaqiyat uchun oldinga intilgan
o‗yinchi boshqalardan o‗zib ketishi mumkin. Odatda, buni oldinga chiqib
o‗ynayotgan himoyachi yoki to‗p otilgan joyga qarama-qarshi burchakdagi
himoyachi amalga oshiradi.
Taqibdan qutilgan o‗yinchiga to‗pni tez va aniq uzatish kerak.
YAxshisi, to‗pning yo‗nalish traektoriyasi pastroq bo‗lgani ma‘qul.
SHuningdek, to‗p uzatish masofasi juda uzoq bo‗lmasligi kerak, chunki
bunday to‗pni raqiblar darvozaboni egallab olishi mumkin. Agar tez yorib
o‗tgan o‗yinchiga darvozabonning darhol to‗p uzatishiga xalaqit berishsa, u
77
holda bu o‗yinchi to‗pni kechiktirmasdan o‗z sheriklariga, ular esa oldindagi
o‗yinchilarga uzatishi zarur.
To‗pni qisqa masofada uzatib tez yorib o‗tish. Ushbu harakatni birinchi
bo‗lib boshlagan o‗yinchining har tomondan pana qilinganiga ishonch hosil
qilinganda amalga oshiriladi. Ular orqasidan boshqa o‗yinchilar ham tez
yorib o‗tishga intiladi. Raqiblarni hujumni to‗xtatish imkoniyatidan mahrum
etish uchun, to‗pni egallagan o‗yinchi qoidani buzib bo‗lsa ham, avvalo,
o‗yinning borish vaziyatini aniqlaydi, himoyachi bilan munosabatga
kirishmasdan tez mo‗ljal olishga harakat qiladi va to‗pni bo‗sh sheriklariga
uzatadi.
Hujumchilar butun maydon kengligida oldinga qarab harakat qiladilar.
Birinchi qatorda 3-4 o‗yinchi bo‗lib, ular qisqa yo‗l bilan oldinga intiladilar.
Odatda, himoyachidan bo‗sh bo‗lgan hujumchini topish uchun 3-4 marta to‗p
uzatishni bajarish kifoyadir.
Tez yorib o‗tish hujumi bir-biriga bog‗liq bo‗lgan uch bosqichdan
tuzilgan: to‗pni egallab hujumga o‗tish, son jihatdan ustunlikka erishish va
hujumni yakunlash.
Hujumchi tez yorib o‗tish harakatining birinchi bosqichida irg‗ib oldinga
tashlanadi va o‗zini ta‘qib qiluvchi o‗yinchidan qutulishga harakat qiladi.
To‗p uzatmoqchi bo‗lgan o‗yinchi, qaysi o‗yinchiga to‗p uzatishni, vaziyatni
to‗g‗ri baholab, to‗p traektoriyasini va yo‗nalishini aniqlashni, agar kerak
bo‗lsa, himoyachilarni chalg‗itish uchun qilinadigan harakatni to‗g‗ri
tanlashni bilishi kerak. Tez yorib o‗tgan hujumchilarning asosiy maqsadi
himoyachilar orqasiga o‗tgan sheriklariga bo‗ylama yoki diagonal to‗p
uzatishdir.
Tez yorib o‗tishning ikkinchi bosqich hujumchilar hujum kuchini imkon
boricha kengaytiradi va maydon kengligida bir va ikki qator bo‗lib
joylashadi. To‗p hujumning oldingi qatoriga uzatiladi.
78
Uchinchi bosqichining vazifasi - hujumni muvaffaqiyatli yakunlashdir.
Yaxshisi, himoyachilardan hujumchilar soni ko‗p bo‗lishi kerak. Ammo son
jihatdan tenglik bo‗lgan holatda hujumning yakunlanishi o‗yinda tez-tez
uchrab turadi. SHuning uchun hujumchilar kam kuch bilan tez harakat
qilishga doim tayyor bo‗lishi kerak. Bunday holatlarda birinchi qatordagi
hujumchilar
o‗rin
almashtirish,
chalg‗itishlar
yordamida
hujumni
yakunlashga intiladilar yoki ikkinchi qatordagi o‗yinchilarning o‗yinga
qo‗shilishiga qulay sharoit yaratishga urinadilar, bu alohida ahamiyatga
egadir. Noqulay xolatdan shoshilib otilgan to‗p raqiblarning xujumga o‗tish
uchun kuch jihatdan ustunlikka erishuviga olib kelishi mumkin.
SHunday qilib, tez yorib o‗tish yuksak uyushqoqlik bilan tashkil topgan
xarakatdir. Uni qo‗llaganda yaxshi natijaga erishish uchun texnik-taktik
tayyorgarlikning yuksak darajasi etarli emas; ruhiy holat, dadillik, jur‘at va
ba‘zan tavakkal harakat qilishlar hujumni yaxshi natija bilan yakunlashga
yordam beradi.
Pozitsion xujum. Jamoa tez yorib o‗tish hujumini yakunlay olmasa, unda
hujumchilar
majburan
himoyachilarning
uyushqoqlik
bilan
tuzilgan
himoyasiga qarshi kurashmog‗i kerak. Buning uchun ular maydonning
o‗zlariga qarashli yarmiga qaytib, raqiblar to‗liq himoyaga o‗tganda, ularga
qarshi hujum uyushtiradilar va bu «pozitsion xujum» deb ataladi. Zamonaviy
sharoitda himoyachilarning hamjihatlik bilan tashkil etilgan mudofaasini tez
engib chiqish nihoyatda muhim, chunki hujumchilarning to‗p bilan hujum
qilishiga 1 min dan ortiq vaqt berilmaydi.
Pozitsion hujumni qo‗llash quyidagi holatlarda o‗rinlidir:
- to‗pni o‗yinga kiritish uchun ko‗p vaqt sarflansa;
- o‗yin tezligi jihatidan raqiblarning ustunligi yaqqol sezilib tursa;
- o‗yin sur‘atini o‗zgartirish zaruriyati tug‗ilganda, qayta tiklanish uchun
tanaffus qilishda;
79
- o‗yinchilarni almashtirish kerak bo‗lsa.
Pozitsion hujum uch bosqichdan iborat: boshlang‗ich, tayyorlovchi va
yakunlovchi. Birinchisida o‗yinchilarni joy-joyiga qo‗yish amalga oshiriladi.
Vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo‗lish yoki hujum zonalaridan birida
qulay vaziyat yaratish uchun to‗p va o‗yinchilarning o‗rin almashishi
ikkinchi fazada boshlanadi. Oxirgi fazada esa darvoza olinishiga erishiladi
yoki kuchlar qayta tiklanib, hujumni davom ettirish va hujumdan himoyaga
o‗tish uchun qulay vaziyat yuzaga keltiriladi.
Pozitsion hujumni uyushtirish uchun jamoa ikki taktik guruhga
bo‗linadi. Birinchi guruhchani oldingi qatorda darvoza maydonchasi chizig‗i
yaqinida ikkitasi burchakdan va bir chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar
tashkil etadi. Ikkinchi qatorni markaziy va ikki yarim o‗rtalikda o‗ynaydigan
o‗yinchilar egallaydi. Birinchi qatordagi o‗yinchilar zimmasiga murakkab
vazifa yuklangan ular raqiblar mudofaasi orasida harakat qiladilar. SHuning
uchun birinchi qator o‗yinchilari to‗pni egallab, chalg‗itishlarni qo‗llab,
himoyachini aldab o‗tib va to‗p otishga qulay vaziyat yaratish uchun joy
tanlashni bilishi zarurdir. Bu o‗yinchilarning o‗z qatoridagi sheriklari bilan
hamkorlikda o‗yin xolatlarini vaqti-vaqti bilan almashib turishni bilishi
maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi qator o‗yinchilari o‗yinni tashkil etish bilan bir qatorda hujumni
yakunlash funksiyasini
ham bajaradi. SHuning uchun ular yuqori
tayyorgarlik darajasiga, ham texnikada ham taktikada yuksak malakaga
erishmog‗i kerak.
Birinchi va ikkinchi qatorda o‗ng tomondan chap qo‗l bilan, chap
tomondan esa o‗ng qo‗l bilan to‗p otadigan o‗yinchilarning o‗ynashi raqib
darvozasiga unumli hujum uyushtirishga imkoniyat beradi.
Pozitsion hujumning har xil variantlarida chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan
o‗yinchilar soni o‗zgarishi mumkin. Pozitsion hujumda o‗yinchilarning 3-3
80
yoki 4-2 bo‗lib chiziq bo‗ylab joylashishi ko‗p tarqalgandir. Pozitsion
hujumda yana boshqacha joylashishlari ham mavjud.
Joylashish variantini tanlash ularning imkoniyatiga va raqiblar himoya
tizimining tuzilishiga bog‗liq. Pozitsion hujumda hujumchilar orasidagi
o‗zaro asosiy taktik harakatlar joylashish variantiga bog‗liq bo‗lmaydi. Ikki
o‗yinchi orasidagi «qaytar va chiq», «aldamchi hujum», «joy almashtirish»,
«to‗siq» singari oddiy harakatlar boshqalariga nisbatan ko‗proq ishlatiladi.
«Qaytar va chiq» – bu eng oddiy taktik kombinatsiya. U o‗yinchining
to‗pga peshvoz chiqib uni bo‗sh joyga uzatishi va yana o‗ziga qaytarib
olishidan iborat bo‗ladi. Bunday holatda himoyachiga tasodifan kirishni
boshlagan o‗yinchining tezlik jihatdan ustunligi yaxshi natija beradi.
«Aldamchi hujum» – bu o‗zaro harakat bo‗lib hujumchining to‗p bilan
ikki himoyachi orasidan o‗tib, uni otmoqchi bo‗lganda himoyachilarni shu
hujumchi yo‗lini to‗sish uchun oldinga chiqishga majbur etishda va
ishontirishda qo‗llaniladi. Bunday hollardan so‗ng boshqa xujumchilar uchun
ochilgan «yo‗lakcha»da erkin harakat qilish imkoniyati yaratiladi
«Joy almashtirish» - o‗zaro harakatda bo‗lgan o‗yinchilardan birini
himoyachilardan yashirincha ozod etish uchun qo‗llaniladi. To‗p egallagan
o‗yinchi sherigi tomon harakat qiladi va to‗pni orqadagi bo‗sh joyga o‗tgan
sherigiga uzatadi.
Hujumchilarning o‗zaro harakatida to‗siq qo‗yish alohida ahamiyatga
ega. Uning yordamida himoyachilar qarshiligini bartaraf etish, zonaga
kirayotgan hujumchi-ning ta‘qib qilinishiga halaqit berish mumkin. To‗siq
qo‗yishning turlari quyidagilar: joyda turib va harakatda, tashqaridan va
ichkaridan bulardan boshqalarga qaraganda birinchi qatordagi hujumchilar
samarali foydalanadilar.
Pozitsion xujumda jamoa harakatlarini tashkil etishda chiziq bo‗ylab
o‗ynaydigan o‗yinchi orqali xujum qilish etakchi o‗rinni egallaydi. CHiziq
81
bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar soni har-xil bo‗lishi mumkin. (1-2) va
ularning o‗yindagi asosiy o‗rni - markazda, darvoza qarshisidadir. Ammo u
yon tarafga chiziq bo‗ylab harakat qilishi, oldinga erkin to‗p tashlash
chizig‗iga chiqishi va to‗pni o‗yinga kiritishda ishtirok etishi mumkin.
Chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchining asosiy vazifasi to‗pni egallab,
uni darvozaga otishdir. Buning uchun u xamisha xiyla ishlatib (manevr) holi
joyga «ochilishga», to‗p otish uchun kuchli qo‗lini bo‗shatishiga harakat
qiladi.
Keyingi harakatlari uning himoyachidan qutulishini va orqa bilan turgan
holda uni chalg‗itib, har qaysi tomonga aldab ketishini ta‘minlaydi; chiziq
bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi o‗zi to‗siq qo‗yishni va to‗p uzatishda
sheriklariga yordam qilishni bilishi shart.
Umuman, oldinga qo‗yilgan vazifani amalga oshirish uchun hujumchilar
keng joylashishi va butun maydon bo‗ylab hujum qilishi, to‗siq qo‗yishi,
burchak va uzoq masofadan to‗p otishni bajara olishi kerak. CHiziq bo‗ylab
o‗ynaydigan o‗yinchi holi joyga kirib «ochilsa» va darvoza maydoniga
sakrab kirsa, u holda unga darxol to‗p uzatiladi.
Bir necha o‗yinchilar chiziq bo‗ylab hujum qilishganda ularning vazifasi
chegaralangan bo‗ladi: biri hamisha darvozaga xavf tug‗diradi, boshqalari esa
ko‗pincha sheriklariga yordam qiladi.
Joy almashishga kelishib hujum qilish samarali usuldir. Buning uchun
hujumchilar o‗yinning har bir vaziyatida muvaffaqiyatli o‗ynay olishi, to‗pni
uzatish va darvozaga otishni bilishi, o‗yin jarayonini yaxshi tushunishi va
uning rivojlanish yo‗lini oldindan ko‗ra bilishi zarur. Joy almashishga
kelishib hujum qilishni, himoyaning har qanday tizimiga qarshi qo‗llash
mumkin. Bunday hujum usullarida ko‗p tarqalgan variantlar: «vosmerka»,
«ikki burchak» hisoblanadi.
82
Bu variantlarga bir necha o‗yinchilar harakatining uchrashuv tamoyili
asos solgan (3-6). Bunda hujumchilar guruhlarga bo‗linadi va o‗zlarining
yo‗nalishi bo‗yicha harakat qilishi mumkin. Bir-biriga qarama-qarshi harakat
qilib uchrashishi to‗p harakatining muntazamligiga to‗siqlar qo‗yishga, bir
himoyachi zonasiga ikki hujumchining tasodifiy kirishiga qulay sharoit
yaratadi.
Ko‗pincha hujumning «vosmerka» variantida bu tamoyil to‗la yoritilgan.
Uning nomi hujumchilar haraka-tining shaklidan kelib chiqqan bo‗lib katta
va kichik «vosmyorka» degan ikki turga ajratiladi
O‗yinchilar kombinatsiyasi bir-biriga qarama-qarshi «skrest» harakat
qilib bog‗laydi. Har qachon to‗p uzatilganda o‗yinchi diagonal bo‗ylab
maydon burchagiga ketadi va o‗zi to‗p uzatgan joyiga qaytadi. Bu bir necha
marta takrorlangandan so‗ng himoyachilar o‗rganib qoladi, shundan
foydalangan hujumchilar to‗satdan boshqa sheriklarini ham jalb qilgan holda
hujum shaklini o‗zgartiradi va raqiblar mudofaasini vaqtincha sarosimaga
soladi.
Olti metrli chiziq bo‗ylab, burchak va chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan
o‗yinchilarning muntazam harakat qilishi, himoyachilar harakati uchun undan
ham ko‗p qiyinchiliklar tug‗diradi. Ikki kichik «vosmerka»da yoki ikki
uchburchak bilan harakat qilish oddiy o‗zaro harakatni; 2-3 o‗yinchi orasiga
to‗siq qo‗yish va asosiy to‗p uzatishlarni qo‗llash yaxshi natijaga erishishga
imkon beradi. Harakat qilishda muhimi bir pozitsiyada ikki xujumchining
to‗xtab qolmasligi; to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchi esa himoyachilarning oldinga
chiqishiga majbur etuvchi hujum harakatlarini ishlatishi kerak.
Zonali himoyaga qarshi hujumda muhimi himoyachilarga noqulay
bo‗lgan joylashtirishdan foydalanishdir. SHunday qilib, 6-0 va 5-1 zonasiga
qarshi kurashda yaxshisi ikki chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi bilan
83
hujum qilish. 4-2 va 3-3 zonali himoyaga qarshi kurashda esa, bir o‗yinchi
chiziq bo‗ylab o‗ynasa yaxshi natija beradi.
Pozitsion hujum muvaffaqiyatining oxirgi natijasi o‗yinchilarning o‗zaro
kelishib qilinadigan harakatiga, oldindan o‗rganganini qo‗llashiga va o‗yinda
vujudga keladigan holatlarni ijobiy hal qilishiga bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: |