OLMOSH Umumiy ma’lumotlar Olmosh deb, ot va sifat o‘rnida ishlatiladigan so‘zlarga aytiladi.
KISHILIK OLMOSHLARI (PERSONAL PRONOUNS) 1. Kishilik olmoshlari har doim olmosh-ot bo‘lib keladi. Ularda ikki ta
kelishik bor: bosh kelishik (the Nominative Case) va obyekt kelishigi (the Objective Case). Shaxs
Bosh kelishik
Obyekt kelishigi
I
II
III
I
II
III
Birlikda
I men
—
he
she
}
u
it
Ko‘plikda
we biz
you siz
they ular
Birlikda
me
—
him
her
it
Ko‘plikda
us
you
them
2. Bosh kelishikdagi kishilik olmoshlari gapda ega va ot kesim tar kibida
keladi:
I saw that picture (ega).
Men u suratni ko‘rdim.
It is I (he, we va h.k.).
Bu men (u, biz va h.k.).
Izoh: Og‘zaki nutqda ot kesim tarkibida kishilik olmoshining obyektiv kelishikdagi shakli
ham uchraydi: it’s me (him, us). It’s me shakli ayniqsa ko‘proq uchraydi.
3. I olmoshi har doim bosh harf bilan yoziladi. I olmoshi boshqa
olmoshlar yoki otlar bilan birga kelganda, har doim ulardan keyin
ishlatiladi:
You and I (yoki: he and I) must
be there at seven o’clock.
Siz bilan men (yoki: u bilan men)
soat yettida u yerda bo‘lishimiz
kerak.
My brother and I will help you.
Akam bilan men Sizga yordam be-
ramiz.
4. Heu olmoshi erkaklarga nisbatan, she u xotin-qizlarga nisbatan, it u jonsiz buyumlarga va hayvonlarga nisbatan ishlatiladi:
Peter is an engineer. He works at
a factory.
Piter — muhandis. U zavodda
ishlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi