G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


Who (whom) kim, kimni, whose



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə144/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

Who (whom) kim, kimniwhose kimningwhat nimawhich qaysi.
2. Who ikki kelishikda ishlatiladi: Bosh kelishikda who, obyektiv
kelishikda whom. Who va whom odamlarga nisbatan ishlatiladi.
3. Who olmosh-ot bo‘lib gapda ega yoki ot-kesim tarkibida keladi:
Who came here yesterday?
Kecha bu yerga kim keldi? (ega)
Who is that man?
U kishi kim? (ot-kesim)
4. Who ega bo‘lib kelganda undan keyin kelgan fe’l birlikda ishlatiladi:
Who is there?
U yerda kim bor?
Who has taken my pencil?
Mening qalamimni kim oldi?
5. Who ot-kesim tarkibida kelganda bog‘lovchi fe’l gapning egasi bilan
shaxs va sonda moslashadi:
Who is that boy (he)?
U bola kim?
Who are those boys(they)? 
U bolalar kim?
6. Whom to‘ldiruvchi bo‘lib keladi, og‘zaki nutqda ko‘pincha whom 
o‘rnida who ishlatiladi:
Who (whom) did you meet there?
U yerda kimni uchratdingiz?
Who(whom) did you ask about it?
Bu haqda kimdan so‘radingiz?
7. Whom istagan predlog bilan ishlatilishi mumkin:
To whom did you show the letter?
Siz xatni kimga ko‘rsatdingiz?
By whom is the letter signed?
Xat kim tomonidan imzolangan?
From whom did you receive the
telegram?
Telegrammani kimdan oldingiz?
Of whom are you speaking?
Kim haqida gapirayapsiz?
With whom did you come yesterday?
Kecha kim bilan keldingiz?
8. Whomga taalluqli predlog odatda gapning oxirida fe’ldan keyin, agar
to‘ldiruvchi bo‘lsa, o‘sha to‘ldiruvchidan keyin keladi. Predlog gap oxirida
kelganda whom o‘rnida ko‘pincha who ishlatiladi:
Who (whom) did you show the let-
ter to?
Xatni kimga ko‘rsatdingiz?

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin